O’zlashma neologizmlarning morfologik tuzilishi




Download 4,89 Mb.
bet10/22
Sana23.05.2024
Hajmi4,89 Mb.
#251560
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
AHMADOVA

O’zlashma neologizmlarning morfologik tuzilishi.
Barcha o’zlashma neologizmlar tuzilishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi:
sodda o’zlashma neologizmlar – Avoid – bekor qilmoq, Credit - kredit (pul yoki tovar shaklida Кредит (ссуда в денежной - qarz berish) или товарной форме) ;
murakkab o’zlashma neologizmlar – Book-keeper– hisobchi buxgalter –счетовод, бухгалтер
atama so’z - Capital income – Kapitaldan olinadigan daromad – Доход от капитала
Ilmiy-texnik matnlarda bir necha komponentlardan iborat o’zlashma neologizmlar ko’plab uchraydi. Ko’p komponentli amalar quyidagicha:
a) komponentlarning bitishuv yo’li orqali ifodalanishi.
Masalan: Cargo scale – Yuk o’lchami
Carrying charge – Saqlash qiymati
b) grammatik jihatdan ya’ni predloglar yoki qo’shimchalar orqali ifodalanishi. Masalan: rate of exchange – valyuta kursi, Lack of credit – Kredit tanqisligi. Ushbu atama – so’zlar umumiy ma’noni tashkil etadi. Atama–so’zlarning uch turi mavjud.
1. Komponentlarning ikkalasi ham lug’at tarkibida alohida ma’noga ega. Masalan , Cash – Naqd pul, balance – hisob va boshqalar.
Ammo, ushbu komponentlardan tuzilgan ayrim atama - so’zlar yangi ma’no ifodalaydi :
Cash balance – Kassa qoldig’i
Cash payment – Naqd pul bilan to’lash
Cash discipline – Kassa intizomi
Cash flow – Pul oqimi
Bu turdagi atama – so’zlarning xarakterli jihati shundaki, ularning mustaqil ma’nolarining ajratilishidadir.
Terminalogik sistemadagi o’zlashma neologizmlar ma’lum bir sohadagi tushunchani ifodalab, ular ma’lum predmetlar guruhiga, jarayonlariga oid tushunchalardir. Har bir terminologik guruhda umumiy bir unsur bo’ladi. Masalan, til birlikaridan agro so’zi – agronomiya, agroiqtisodyot, agrobiznes, agrosanoat kabi o’zlashma neologizmlar uchun asosiy unsur hisoblanadi.
O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgunga qadar va u amal qila boshlangandan keyin qator-qator matbuot xodimlari, hatto ayrim tilshunoslar Davlat tili haqidagi qonunni to’liq joriy etish o’rniga, uning ayrim bandlariga deyarli e’tibor bermay, ko’pdan buyon qo’llanib kelinayotgan va omma nutqiga singib ketgan ko’plab terminlarni, ularning ichki mazmunini o’rganmay turib, yangidan noto’g’ri hosil qilingan leksemalar bilan almashtira boshlashdi. Xatto “termin”, “terminologiya” kabilar “atama”, “atamashunoslik” leksemalari bilan almashtirib qo’llanadigan bo’ldi. Binobarin, “atama”, “atamashunoslik” kabi tushunchalar umumxarakterda bo’lganligi e’tiborga olinmadi. Chunki, “atama” deyilganda terminologiyaga mutlaqo aloqasi bo’lmagan onomastika (toponimiya, antroponomiya, oykonimiya kabilar)ga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi. Garchi, chet el va umuman, sho’ro tilshunosligida termin nazariy jihatdan nisbatan to’liqroq o’rganilgan bo’lsa ham uning ta’rifi, termin va termin bo’lmagan so’zlarning bir-biridan farqlanuvchi belgilari, terminning tarkibi (uning nechta elementdan iborat bo’lishi singari masalalar) hali oxirigacha o’rganilgan va hal qilingan, deya olmaymiz. Bu hol to’laligicha o’zbek tilshunosligi va terminologiyasiga ham taalluqlidir.
Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to’g’ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so’zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo’llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo’ladi. “Terminlar paydo bo’lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o’ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Shuningdek, oddiy so’zdan farqli ravishda, terminning ma’nosi kontekstga bog’liq bo’lmaydi, muayyan leksema terminologik ma’nosida va o’z terminologik maydonida qo’llanar ekan, ayni ma’no saqlanib qolaveradi. Biroq ko’p ma’noli terminlarning aniq ma’nosini ajratib olish uchun kontekstning zarurligi shubha tug’dirmaydi.
Terminologik birikmalarning ko’p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo’lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda.
Haqiqatan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko’p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to’laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo’llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to’rt komponentdan iborat bo’lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to’laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli birikmalar qo’shish orqali hosil qilinishi darkordir. Bu tushunchani ifodalashning dastlabki bosqichiga xos holat bo’lib, keyinchalik tushuncha haqida muayyan tasavvur yuzaga kelgach, u qadar ahamiyatsiz belgilarni ifodalagan komponent (so’z)lar qisqartirilishi, binobarin termin ixchamroq holga keltirilishi mumkin. Biroq bu jarayon boshboshdoqlik, tavakkalchilik asosida emas, balki ma’lum qonun-qoidalar asosida ongli ravishda amalga oshirilishi lozim. Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug’ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko’rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o’tish ko’plab sahifani egallagan bo’lardi. Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Umuman iqtisodiy so’z va terminlar uzoq davrlar mobaynida yaratilgan leksemalardir. Ma’lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o’ynaydi. Shu sababli iqtisodiyotga tegishli so’z va terminlar aniq, lo’nda va mantiqan asoslangan bo’lmog’i lozim. O’zbek iqtisodiy terminologiyasida milliylik va baynalmilallik masalasi murakkab masaladir, chunki u nafaqat o’zbek tilida, balki boshqa tillarda ham yetarlicha hal qilinmagan.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig’indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Terminologik tizimlarning boyish yo’llari har xil bo’lib, uning asosiysi so’z yasashdir. So’z yasash, umuman, qanday usul, qanday vosita orqali amalga oshirilmasin, yangi so’z hosil qilishdan iboratdir.
Tilshunoslikda yangi so’z yasalishining o’rni haqida V.V.Vinogradov tomonidan aytilgan fikr ibratlidir. Unga ko’ra, atama yasalishi tilshunoslik fanida salmoqli ahamiyat kasb etar ekan, u leksikologiya - tilning lug’at tarkibi haqidagi fan bilan, o’z o’rnida grammatika bilan yaqinlashar ekan - shakl yasash ta’limoti hamda so’z birikmasi sintaksisi bilan ham bo’g’liqdir. Bunday nuqtai nazarni qo’llab-quvvalovchilar soni kun sayin ortib bormoqda.
Yangi so’z yasalishini ko’rib chiqish davomida, bu sohada tillarning tipologik o’xshsashligi yaqqol ko’zga tashlanganidek, ularning farqlari ham shunchalik aniq-ravshan ko’rinib turishining guvohi bo’lish mumkin. Bu fikrning tasdig’i sifatida beshta slavyan tillari ustida (V.A.Nikonov 1962, c. 103-116) va uchta german tillari ustida olib borilgan (V.V.Gurevich, 1970) tadqiqot natijalarini keltirish mumkin.
Yangi so’z yasashda asosan morfologik, morfologik-sintaktik, leksik-semantik va leksik-sintaktik usullar mavjud. Hozirgi zamon tillar leksikasini boyituvchi eng mahsuldor usullardan biri – bu so’z yasashning morfologik usulidir. Bu usul affikslar va so’z qo’shish yordamida amalga oshiriladi. Affiksasiya – bu o’zakka u yoki bu so’z yasovchi vositalarni qo’shish orqali so’z yasashdir. Affikslar yordamida so’z yasashning uch turi mavjud: suffikslar yordamida, prefikslar yordamida va suffiks-prefikslar yordamida. Shunungdek, affikslarsiz va so’z qo’shish orqali ham so’z yasash mumkin.
1. Suffikslar yordamida atama yasalishi: Iqtisodiyot sohasida, umuman olganda kasb-hunarga oid o’zlashma neologizmlar yasalishishda -er, -r, -ment,

Download 4,89 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Download 4,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zlashma neologizmlarning morfologik tuzilishi

Download 4,89 Mb.