-ist suffikslari unumli hisoblanadi: Masalan: Import + er




Download 4,89 Mb.
bet11/22
Sana23.05.2024
Hajmi4,89 Mb.
#251560
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
AHMADOVA

-ist suffikslari unumli hisoblanadi:
Masalan: Import + er = Importer - Import qiluvchi, Импортер
Insure + r = Insurer – Sug’urtachi
Rent + er = Renter – Ijarachi
Pay + ment = Payment – To’lov
Special + ist = Specialist – Mutaxassis
Bu usulda yasalgan ayrim kasp hunarga oid o’zlashma neologizmlar baynalminallashib bormoqda:
Masalan: Auditor – Auditor, Banker – Banker
Broker –Broker (dallol), Dealer – Diler (sotuvchi),
Investor (pul bilan ta’minlovchi shaxs), Manager – Menejer
2. Prefikslar yordamida atama yasalishi :
Old qo’shimchalarni qo’shish orqali atama yasash bo’lib, bu usulda o’zlashma neologizmlar yasalishi unchalik keng tarqalmagan:
Ensure – Kafolat berish
Income – Daromad
Inloading – Yuk tushirish
Prepayment – Muddatdan oldingi to’lov
3. Suffiks-prefikslar yordamida yangi so’z yasalishi:
yangi so’z yasashning bu turida o’zak-negizga bir vaqtning o’zida ham prefiks, ham suffiks qo’shish orqali yangi so’z yasaydi.
Incorporated – Uyushma, birlashma sifatida ro’yxatga olingan, tasdiqlangan
Indebtedness – Qarzdorlik, qarz summasi
Inloading – Yuk tushirish
Outstanding – To’lov qarzlari
Overpricing – Narxlarning oshirilishi
Underestimated price – Pasaytirilgan narx
Shuningdek, ingliz tilida ko’plab o’zlashma neologizmlar affikslarsiz yasalishi ham mumkin.
Affikslarsiz so’z yasashda tovushlar almashinuvi va so’z yasash vositasi sifatida urg’uni ko’chirish orqali amalga oshiriladi. Lekin, so’z yasashning bu usuli ko’p tarqalmagan. Affikslarsiz so’z yasash usuliga ingliz tilida keng tarqalgan konversiyani, ya’ni berilgan o’zakni so’z o’zgartirishning boshqa paradigmasiga ko’chirish orqali so’z yasash usulini kiritish mumkin. Bunda yangi so’zning sintaktik birikuvi o’zgargani sababli konversiya so’z yasashning morfologik-sintaktik usulini taqozo etadi. Konversiya yo’li bilan yasalgan so’zlarning ko’pchiligini fe’llar tashkil qiladi: cost – to cost, value – to value, trade – to trade va hokazo. Yuqorida keltirilgan misollardan fe’llar turli so’z turkumlaridan, ya’ni otlardan, sifatlardan va ravishlardan yasalishi mumkinligi ko’rinib turibdi. Konversiya yordamida boshqa so’z turkumlari, masalan, ot yasalishi mumkin: to waste – waste, to work –work, to use – useva hokazo.
So’z qo’shish (Kompozitsiya) – hind-yevropa tillari uchun umumiy bo’lgan
morfologik so’z yasash turi bo’lib, unda yangi qo’shma yoki qisqartma so’z ikki yoki undan ortiq o’zak yoki so’zning qo’shilishidan yasaladi. Shuni inobatga olish kerakki, qo’shma so’zlar ikkita to’liq negizning qo’shilishidan yasaladi:
Masalan, Bribetaker – poraxo’r
Bookkeeper – Hisobchi buxgalter
Copyright – Mualliflik huquqi
Handbook –Ma’lumotnoma
Shunga o’xshash iqtisodiyot sohasida ko’plab ingliz tilidagi o’zlashma neologizmlar qo’llanilib kelinmoqda, hatto ularning ayrimlari baynalminallashib bormoqda.
Masalan, “businessman” terminini olib ko’radigan bo’lsak “business+ man“ ushbu termin kompozitsiya usulida yasalgan bo’lib “ot+ot“ shaklidagi komponentlardan yasalganligi ko’rinib turibdi. “Businessman” terminining tarjimasi “tadbirkor, ishbilarmon kishi “degan ma’nolarnini anglatadi. Ayni vaqda ushbu termining erkak tadbirkorga nisbatan qo’lanishini takidlab o’tishimiz lozim, chunki tadbirkor ayol kishiga nisbatan “businesswoman“ termini qo’llaniladi. Ingliz tilidagi ushbu o’zlashma neologizmlarning yasalishida jinsga ham alohida e’tibor berilganligi ko’rinib turibdi. O’zbek tilida ham bu jarayonga e’tibor beriladi, masalan: kotib-erkak, kotiba-ayol, muallim-muallima kabi.
Shuningdek, so’z qo’shish orqali ko’plab iqtisodiy o’zlashma neologizmlar hozirgi kunda faol ishlatilmoqda:
Masalan: Agrobusiness – agrobiznes deganda qishloq xo’jaligidagi biznes tushuniladi. Keng ma’noda, bunga qishloq xo’’jaligi bilan shug’ullanuvchi biznes turlari kiradi.
Agrofirm – agrofirma - muayyan turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxonadan iborat.
Giperinflation – giperinfyatsiya - haddan tashqari inflyatsiya, narx-navoning shiddat bilan o’sishi, pul qadrining g’oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi.
Macroeconomy – makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqyosida moddiy va nomoddiyishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Microeconomy – mikroiqtisodiyot - korxona, firmalar, ya’ni iqtisodiyotni birlamchi, boshlang’ich bo’g’ini haqidagi iqtisodiyotdir. U cheklanganlik, tanlash va muqobil qiymat singari tushunchalar bilan, shuningdek ishlab chiqarish va iste’mollar bilan shug’ullanadi. Hozirgacha iqtisodiyotga oid bo’lgan darsliklar, o’quv, uslubiy qo’llanmalarning ko’pchiligida noiqtisodiy o’quv yurtlari, jumladan, pedagog kadrlar tayyorlash yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlari talabalari uchun iqtisodiy o’zlashma neologizmlar va tushunchalar ancha murakkab yoritilgan bo’lib, ta’lim muassasalari spetsifikasiga kam e’tibor berilgan.



Download 4,89 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 4,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-ist suffikslari unumli hisoblanadi: Masalan: Import + er

Download 4,89 Mb.