|
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi; -bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi
|
bet | 14/22 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #251560 |
Bog'liq AHMADOVA1. Ko’plab ma’lum bir sohani ifodalovchi umumiste’moldagi so’zlarning ishlatilishidir. Bunday holatda atama bu so’zning ma’lum ma’nolaridan biri hisoblanadi . Masalan, change so’zi o’zgartirmoq, ayirboshlamoq, chaqa, mayda pul ma’nolarida atama bo’lib ishlatiladi.
2. Umumtexnik o’zlashma neologizmlar ma’lum bir fan texnika sohasiga oid o’zlashma neologizmlar, masalan: Account – hisob-kitob, Accountance balance – buxgalteriya balansi, Advice – bildirish, xabarnoma.
Advice so’zi - bildirish, xabarnoma ma’nolarini anglatishdan tashqari maslahat ma’nosini ham anglatadi.
3. Bir sohani ifodalovchi maxsus o’zlashma neologizmlar. Masalan, bank of circulation –emissia banki – эмиссионный банк, bank of deposit – depozit bank – депозитный банк, bank of discount – hisob banki – учетный банк. Bunday holatlarda bu o’zlashma neologizmlar bir sohaga ya’ni bank sohasiga oid maxsus so’zlardir.
4. Zamonaviy texnik o’zlashma neologizmlarda bir necha sohalarda turli ma’nolar anglatuvchi o’zlashma neologizmlarga duch kelishimiz mumkin. Masalan, current density – tok zichligi, oqim zichligini ifodalasa, current price – joriy baho kabi turli sohaga oid tushunchalarni ifodalaydi. O’zlashma neologizmlarning o’ziga xos xususiyatlari bu aniq bir tushuncha, jarayon yoki xodisani ifodalab, bir ma’nolikka intilishdir.
Ilmiy-texnik matnlarda keng tarqalgan o’zlashma neologizmlar:
A claim for money – pul da’vosi
Abandonment of goods – tovarlarni qoldirish
After-payment – keyingi, qo’shimcha to’lov
Balance in hand – naqd pul
Balance of payment – to’lov balansi
Bank of deposit – depozit bank
Carry out – bajarmoq
Bank certificate – bank sertifikati
Bank confirmation - bank tasdig’i
Calculation number – hisob-kitob raqami
Calendar year - kalendar yili год
Credit card – kredit kartasi
Draft budget– byudjet loyihasi
Export duty – eksport boji
Entry visa – kirish vizasi
Economic growth – iqtisodiy o’sish
Foreign market – tashqi bozor
False bankrupt – soxta bankrotlik
Financial statements – moliyaviy hisobot
Basic price – asosiy narx
Briefing aids – ko’rsatma
Carrying capacity –yuk ko’tarish qobiliyati
Clearing Bank – hisob-kitob banki
Carrying charge – saqlash qiymati
Handling capacity – o’tkazish qobiliyati
Lending bank – kreditor bank –
Cardonised cargo – qutilardagi yuk
Packed goods – o’ralgan yuk
Damaged cargo – shikastlangan yuk
Directed cargo – manzilga ega yuk
Deferred payment – muddati uzaytirilgan to’lov
Declarated income, profit – bayon etilgan daromad
Finished goods – tayyor mahsulot
Retained earnings – taqsimlanmagan foyda
Hamisha qo’llanadigan so’zlar ular ko’p ma’noni yoki ilmiy texnikaviy har xil buyumlar ma’nosini matnda almashtirishga e’tibor qaratish lozim. Ayrim iqtisodiy terminlarga qaraydigan bo’lsak, masalan: ingilizcha “balance” termini“ muvozanat” ma’nosini bildiradi. “Balance of payment“ so’z birikmasini “to’lov balansi” deb tarjima qilinsa, “balance in hand” so’z birikmasi “naqd pul” deb tarjima qilinadi.
Bu so’zlar matnda kelishiga qarab, turlicha ma’nolarlarni anglatishi mumkin. Masalan: balance of an account so’z birikmasi “hisobdagi qoldiq“ va “balance in one’s favour” - kimningdir foydasiga qoldiq ma’nosini bildiradi.
Bunday ma’noni bildiruvchi so’zlar ma’no va mohiyati jihatidan matnda kelishiga tarjimon to’g’ri tarjima qilishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun matnning mavzusi maqsadi, mohiyati va nimani anglatishiga qarab tarjima qilish kerak. Ilmiy va ilmiy texnik matnlar tarjimasini ko’p chiligi umumiy tayyor qo’llaniladigan so’zlardan foydalanish ilmiy adabiyotda qo’llaniladi.
Ilmiy va ilmiy texnikaviy so’z tarjimasi maxsus zaxirasi bo’l’gani bilan asl so’z mohiyatini chiqarib olish uchun atalishdan tashqari tarjimon lug’atdan to’liq foydalanishi kerak. Tarjimada aynan ilmiy belgilangan so’zlardan tashqari so’zlar so’zma so’z tarjima qilinmasligi ham mumkin.Ammo matn mag’zi tarjima qilinayotganda tilni mazmunini ifodalab berish kerak.
Tarjimani ilmiy matn mazmunini asosiy vazifasidan biri aniq variantga tushib olishdir.
1-variant. Milliy til so’lari.
2-variant. Kerak bo’l’gan o’rindosh so’zlar.
3-variant. Mazmun mohiyati jihatidan tushunishi qiyin qisqa so’zlar
Umuman biz ilmiy- texnikaviy matnlar keng ma’no ko’rinishini ilmiy, ilmiy texnikaviy matnni o’z nomi bilan rang-barang tushunishimiz mumkin. Umumiy matn har xil ko’rinishdagi so’z birikmalari va katta-kichik bo’laklardan har xil o’zlashma neologizmlardan iborat bo’lishi mumkin.
|
| |