2.3. O’zlashma neologizmlarning mavzuiy guruhlari
O’zbek tiliga ingliz tilidan o’zlashgan yangi so’zlar hozircha mamlakatimizda maxsus tadqiq etilganicha yo’q. O.Jumaniyozovning “O’zbek tilidagi german tillari o’zlashmalari” nomli monografiyasi (1987)da ingliz tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan so’zlar miqdori 150 ta deb ko’rsatiladi. Agar bu kitobning yaratilganiga qariyb yigirma yil bo’lganini, mustaqillikdan keyin mamlakatimizning xalqaro nufuzi yanada ortganini inobatga oladigan bo’lsak, o’zbek tiliga ingliz tilidan o’zlashgan so’zlar miqdori uch yuzdan ko’proq, deb taxmin qilish mumkin. Chunki biz prof. N.G.Komlevning lug’ati (2)ga tayangan holda tilimizga o’zlashayotgan inglizcha so’zlarni oddiy hisob-kitob qilganimizda bu miqdor hozircha uch yuzga yaqinlashib qoldi. Tilimizga o’zlashgan bunday inglizcha so’z va atamalarni quyidagicha mavzuiy guruh (MG)larga yoki leksik-semantik guruh (LSG)larga ajratish mumkin:
1. O’qish-o’qitish, maktab-maorif bilan bog’liq inglizcha o’zlashgan so’zlar guruhi: test, teyting, monitoring, standart, flomaster, kollej kabilar.
2. Tibbiyot va veterinariyaga oid so’zlar guruhi: blokada, vilt, gaymorit, brusellez, vegetarian kabilar.
3. Dengizchilik, kema va paroxodga oid so’zlar guruhi: yaxta, kater, tanker, trauler, tramp, bosman kabilar.
4. Transportga oid so’z va iboralar guruhi: karter, bufer, nipel, aerobus, layner va boshqalar.
5. Sanoat, qurilish va tipografiyaga oid so’zlar guruhi: ofset, kotej, vattman, trest, konsern, konveyer, veranda kabilar.
6. Harbiy ish va harbiy texnikaga oid so’zlar guruhi: radar, michman, revolver kabilar.
7. Idish, o’rin-joy, makon va bino bilan bog’liq tushunchalarni ifodalovchi so’zlar guruhi: aerovokzal, aeroklub, bunker, park, skver, ofis, region, klub, konteyner, tunnel, avtopark, komfort, kemping kabilar.
8. Sport hamda jismoniy tarbiya bilan bog’liq so’z va atamalar guruhi: signal, ring, badminton, aut, butsi, boks, batterflyay, bokser, futbol, basketbol, voleybol, start, match, kross, gol, golkiper, nokaut, nokdaun, raund, rekord, gandbol, vaterpolo, ring, finish, trener, tennis, xokkey kabilar.
9. San’at, o’yin, hordiq chiqarish, musiqaga oid so’z va atamalar guruhi: sheyk, kloun, fokstrot, tvist, jaz, dizayner, shou, myuzik-xoll kabilar.
10. Ijtimoiy-siyosiy sohaga oid so’zlar guruhi: press-byuro, boykott, press-konferensiya, blokada, chartist, tred-yunion, yunker, chartizm, leyborist, konservator, kateder, kongressmen, spiker, senator kabilar.
11. Texnikaga oid tushunchalarni ifodalovchi so’zlar guruhi: greyder, buldozer, antifriz, spidometr, eskalator, skriper, kombayn, chizel kabilar.
12. Kompyuter texnologiyasiga oid so’z va atamalar guruhi: fayl, disket, displey, printer, kompyuter, internet kabilar.
13. Ilm-fanning turli sohalariga oid so’z va atamalar guruhi: detektiv, folklor, distributsiya, intervyu, deskreptiv, vatt, buldog, broyler, aysberg, kenguru, gorilla, rezistor, golfistrim, tranzistor, pamflet, yumorist, lazer kabilar.
14. Kiyim-kechak, mato va attorlik buyumlarini ifodalovchi so’zlar guruhi: makintosh, linter, lint, pidjak, pijama, shampun, koverkot, velvet, jemper, jersi, bridja, fen, shorti, pulover, sviter, shampun kabilar.
15. Kulinariya va ichimlik nomlarini ifodalovchi so’ zlar guruhi: viski, puding, kokteyl, servis, keks, rom, liver kabilar.
16. Savdo ishlari va pul birliklarining nomlarini ifodalovchi so’zlar guruhi: menejer, menejment, investor, investisiya, bar, biznes, barmen, bankrot, sterling, monitoring, shilling, dollar, supermarket, eksport, marketing, barter, import kabilar.
17. Turli kasb va toifadagi kishilarni ifodalovchi so’z va atamalar guruhi: jentlmen, fermer, reket, lider, reporter, kaskader kabilar.
Bunday mavzuiy guruhlar sirasini yana davom ettirish mumkin. Eng muhimi, tilimiz lug’aviy qatlamidan mustahkam o’rin olayotgan ana shunday inglizcha, fransuzcha, italyancha, nemischa, ispancha o’zlashma so’zlarni
to’plash, ularning keyinchalik alohida-alohida, umumiy izohli lug’atini yaratish, bunday o’zlashmalarning imlosi, transliteratsiyasi muammolari bilan jiddiy shug’ullanish hozirgi mustaqillik davri o’zbek tilshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi.
III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI” VA “O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH BORASIDA OLIB BORILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI
Tajriba-sinov ishlariga tayyorgarlik, asosan, tajriba uchun obyekt tanlash, biz tadqiq etayotgan mavzu bo‘yicha tajriba va nazorat sinfi o‘quvchilarining bilim darajalarini o‘rganish, turli xil sinov va tekshiruvlar o‘tkazish hamda natijalarni solishtirishdan iborat bo‘ldi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishning nazariy qismini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlari, asosan, uch bosqichda amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlariga tayyorgarlik ko‘rish;
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;
Tajriba-sinov ishlarining tahlili va xulosalar chiqarish.
Tajriba-sinov uchun men obyekt sifatida G‘ijduvon tuman XTMMFMTvaTE bo‘limiga qarashli 8-umumta’lim maktabining 3-“A” va 3-“B” sinflarini belgilab oldim.
|