|
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi; -bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi
|
bet | 15/22 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #251560 |
Bog'liq AHMADOVABob bo‘yicha xulosa
Leksika eng harakatchan, doim rivojlanuvchi komponent hisoblanadi. Jamiyatda yuz berga yangiliklar, rivojlanish va o’zgarishlar leksikada o’z ifodasini topadi.
Terminalogik sistemadagi o’zlashma neologizmlar ma’lum bir sohadagi tushunchani ifodalab, ular ma’lum predmetlar guruhiga, jarayonlariga oid tushunchalardir. Har bir terminologik guruhda umumiy bir unsur bo’ladi. Masalan, til birlikaridan agro so’zi – agronomiya, agroiqtisodyot, agrobiznes, agrosanoat kabi o’zlashma neologizmlar uchun asosiy unsur hisoblanadi.
O’zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so’z olmasdan faqat o’z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo’q. Bundan o’zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o’z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo’lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir.
Yangi so‘z – bu biron- bir soha (fan, texnika, san’at va h.k.)ga tegishli muayyan tushuncha yoki maxsus narsani aniq ifoda etadigan so‘z yoki so‘z birikmasidir. O’zlashma neologizmlarga qo’yiladigan talab - ular bitta ma’noli bo’lishlari kerak. Tilning lug’aviy majmuasida ular alohida bir salmoqli qatlamni tashkil qiladilar. Bunday so’zlar jamiyat tomonidan yasalishi, tartibga solinishi va o’zgartirilishi mumkin bo’lgan yagona qatlamdir. Shuning uchun deyarli hamma tillarda o’zlashma neologizmlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Sohaviy o’zlashma neologizmlarni tayyorlash yoki ularni me’yorlashtirish uchun tilshunoslar va o’sha sohadagi mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruhlar, qo’mitalar tashkil qilinadi.
II BOB. O’ZВEK TILIDA YANGI LUG’AVIY QATLAMNING SHAKLLANISHI.
2.1. O’zbek tilida o’zlashma neologizmlarning paydo bo’lishi.
O’zlashma neologizmlarning paydo bo’lishi boshqa tillarda bo’lganidek, o’zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug’aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Terminologlar, umuman, leksikologiya bilan shug’ullanuvchi olimlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo’ladiki, inson turmush, kundalik faoliyati, bilan bevosita bog’liq bunday til birliklari va qadimiyligidan tashqari o’zining barqarorligi, turli lisoniy o’zgarishlarga moyil emasligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, qarindosh-urug’chilik nomlari, tabiat hodisalarini ifodalovchi leksemalar shular jumlasidandir.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida kelajak ravnaqi uchun, albatta, o’z ichki va tashqi siyosatida va iqtisodiy aloqalarida ham mustaqil bo’lishi lozim.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o’zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko’p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo’l ochildi. Bu omillar o’zbek tilida yangi-yangi terminlarni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o’ziga xos o’rinni egallab kelmoqda.
Ma’lumki, o’zbek tilshunosligida terminlarni o’rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug’atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o’rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o’zbek tilini ilmiy asosda o’rganish, hozirgi o’zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan.
Albatta, terminlarni o’rganish ehtiyoji o’z-o’zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo’yicha o’zbek tilida ta’lim berishni yo’lga qo’yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o’zbek tili lug’at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko’payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o’rganish va tartibga keltirishga turtki bo’lgan edi. Turli fan sohalariga mansub terminlar o’zbek tilshunosligida dastlab, ya’ni 20-30-yillarda, aksar hollarda sof amaliy maqsadlarni ko’zlab o’rganila boshlagan edi. To’g’ri, bu davrda terminning xususiyati, u yoki bu terminni qanday qo’llash ruscha-baynalmilal va arabcha, forscha yoki umumturkiy islohlarning afzalligi haqida qator maqolalar, ayrim risolalar e’lon qilingan.
Biroq bunday ishlar o’sha davrdagi keskin mafkuraviy, siyosiy kurash ruhi bilan hamohang, bog’liq bo’lganligi natijasida terminologiya, umuman, til masalalarining tilshunoslik nuqtai nazaridan hal etilishida qator xatolarni keltirib chiqargan edi. Shunday bo’lsa-da, bu davrda terminlarni ko’proq amaliy jihatdan o’rganishga, fan sohalariga doir ayrim bir tilli, ko’p tilli terminologik lug’atlar yaratishga kirishildi.
O’zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o’rganish urushdan keyin, asosan, 50-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag’ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag’ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug’atlar yaratishga kirishildi.
Hozirgi davrda o’zbek tilshunosligida turli fan sohalari terminlari jadallik bilan o’rganilmoqdaki, bu fan sohalarining yanada rivojlanishi va ularning ishlab chiqarishga tatbiq etilishi darajasi bilan, binobarin, terminlarning rivojlanishi va boyib borishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbek tilshunosligida terminlarni atroflicha tadqiq etish bilan ularni tartibga solish va barqarorlashtirish singari amaliy masalalarga bag’ishlangan qirqqa yaqin nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ko’plab monografiya va yuzlab ilmiy-nazariy maqolalar nashri e’lon qilindi, yuzga yaqin terminologik lug’atlar chop etildi. Terminshunoslardan S. Ibrohimov, U. Tursunov, O. Usmonov, N.Mamatov, S. Akobirov, R. Doniyorov, H. Jamolhonov, N. Qosimov, D. Bazarova, A.Qosimov, A. Madvaliev va boshqalar o’z ilmiy ishlari, amaliy tavsiyalari bilan o’zbek terminologiyasining rivojiga u yoki bu darajada hissa qo’shdilar va qo’shmoqdalar. So’nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o’rganish, termin qo’llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. 1984-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O’zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo’mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag’ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferentsiyalarning o’tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Muhimi shundaki, RMTK o’z faoliyati davomida “O’zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo’lga qo’ydi, unda o’zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag’ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo’llanuvchi terminlarning ro’yxati ham berib borildi.
Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo’m RMTK an’anasini davom ettirib, ko’rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo’lga qo’ydi.
Ta’kidlash lozimki, Atamaqo’m keyingi yillarda o’zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek qo’yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash tizmlari ishlab chiqildi va e’lon qilindi.
Atamaqo’m mana shu tizmlarilarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug’atlar seriyasiga chiqara boshladi.
1970-1980 yillarda o’zbek tili terminologik tizimlarini o’rganishga qiziqish ancha jonlandi. Buning boisi bor, albatta. Gap shundaki, ayni shu vaqtga kelib, terminlar borasida xilma-xil fikrlar bir qadar jiddiy tus ola boshladi. Buning ustiga 1970-1980-yillargacha terminologik masalalarga unchalik e’tibor berilmagan edi. Vaholanki o’zbek tilining terminologik tizimlarini o’rganmasdan turib, terminologiyaning umumnazariy masalalarini echish mumkin emas. Shu boisdan, o’zbek tilining turli soha terminologik tizimlari tadqiqotlar ob’ekti bo’la boshladi. Mana shunday ishlar jumlasiga H.Dadaboyev, A. Qosimov, H.Shamsiddinov,
A. Madvaliyev, N.Ikromova va boshqa olimlarning nomzodlik dissertatsiyalarini kiritish mumkin.
Yana shuni qayd etish lozimki, o’zbek tilshunosligida U.Tursunov, S.Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov, O.Usmonov, N.Mamatov, X.Jamolxonov, N.Qosimov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov kabi yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug’atlari, ko’plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Ingliz, rus va o’zbek tillari iqtisodiyot terminologiyasi qiyosiy planda o’rganilganligi uchun o’zbek tilining mazkur terminologik tizimi o’zining to’liq ifodasini topa olgani yo’q. Buning ustiga ishning tadqiq obyekti ham ancha chegaralangan. Shulardan biri o’zbek tilining iqtisodiyot terminologiyasidir.
Muhimi shundaki, keyingi yillarda o’zbek tilining tizimlarini o’rganishga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyalari ham yuzaga keldi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, turli sohalarga doir terminlar lingvistik jihatdan mufassal o’rganilgan, ularni tartibga keltirish yuzasidan muayyan tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lsa-da, hali o’zbek terminologiyasining umumnazariy masalalari borasida yaxlit bir monografiya yuzaga kelmagan. Buning asosiy sababi, birinchidan, mavjud terminologik tizimlarning o’zbek tilidagi shakllanishi, rivojlanishi va boyib borishi bir xil darajada emasligi bo’lsa ikkinchidan, ba’zi fan sohalari terminologiyalarning haligicha yaxshi yoki umuman o’rganilmaganidadir. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o’zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o’zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo’lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni echish vazifasi turibdi.
O’zbek tilining deyarli o’rganilmagan terminologik tizimlardan iqtisodiyot terminologiyasidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda. Jamiyatda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari joriy qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi o’zlashma neologizmlar yanada ko’paymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi maqsadida o’nlab oliy o’quv yurtlari va ko’plab kasb-hunar kollejlari ‘‘Bank ishi”, “Moliya va kredit” yo‘nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Ammo bugungi kunda ushbu yo‘nalishlar bo’yicha o’zbek tilida nashr etilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalari o’zlashma neologizmlar lug’ati va boshqa adabiyotlarining yetishmasligi asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi g’arb mamlakatlari bilan bog’liqligi sababli, bank faoliyatida qo’llanilayotgan aksariyat o’zlashma neologizmlar va so’zlar yevropa tillariga mansub, ularning ayrimlari xalq orasida keng tarqalgan va ko’pchilikka tanish. Masalan: aksiya, balans, byudjet, valyuta, inflyatsiya, ipoteka, kredit va lizing kabilar. Ammo o’zlashma neologizmlarning ko’pchiligi endi bank faoliyati bilan tanishayotgan talabalar va boshqa qiziquvchilarga notanish. Ularning ma’nosini esa asosan rus tilida nashr etilgan adabiyotlardan topish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida”gi Qonunining ijrosi bo’lajak mutaxassislarni o’zbek tilida o’qitishni taqazo qilmoqda. Shu tufayli, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida fanlar o’zbek tilida o’qitilmoqda. Iqtisodiy fanlarni o’zbek tilida o’qitish shuni ko’rsatadiki, hali bir qancha iqtisodiy atama tushuncha iboralar o’zining ilmiy va nazariy izohi va tarjimasiga ega emas.
|
| |