XULOSA…....................…………...........…….......………………….......…51-55 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




Download 4,89 Mb.
bet2/22
Sana23.05.2024
Hajmi4,89 Mb.
#251560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
AHMADOVA

XULOSA…....................…………...........…….......………………….......…51-55
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….............................…56-58
Ilova


ISHNING UMUMIY TAVSIFI


Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. O’zbek tili qanchalar boy til. Undagi latiflik, joziba, o‘ziga xoslik tufayli durdona asarlar yaratilgan. Til - millat kaliti. Zero xalq qalbiga yo‘l uning ona tilini bilish, madaniyati va an’analarini hurmat qilishdan boshlanadi. Qadim bu ona zaminimiz ne kunlarni boshidan kechirmadi. Qonli urushlar, hisobsiz jang-u jadallar. Lekin shunda ham matonatli o‘zbek xalqi o‘z an’ana va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Millat ruhi sanalmish ona tilimizni biz ─ avlodlarga meros qilib qoldirdi. Unda tarix pinhon.
Ma’lumki, har qanday tilda o’zga tillarning leksemalari uchraydi. Ikki xalq yoki millat vakillari o’zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, madaniy, siyosiy) bo’lar ekan, ularning tillari ham shunday munosabatlar natijasida o’zaro aloqaga kirishadi, bir-birlariga ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi. Bir tilga ikkinchi til so‘zlarining kirishi bir tarafdan ular orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy vosita sifatida katta o’rin tutadi.
O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi urug‘ va qabilalaridan o‘sib chiqqan, demak uning tili ham shu urug‘ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g’ullar, ruslar istilosi, tojik, turkman xalqlari bilan qo’shnichilik munosabatlari ham o’zbek tili taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi o’zbek tilining boyligida ikkita yirik qatlam - o’z va o’zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo’ladi.
Asrlar davomida tillar bir-biridan so’z olib, so’z berib shakllanib kelmoqda. Bu ham bir imkoniyat. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo’lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o’rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi - jamiyatda bo’lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ma’rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug’at boyligida yangi-yangi so’z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so’z-leksemaning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug’at boyligida istorizm, arxaizm va o’zlashma neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.

Download 4,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 4,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA…....................…………...........…….......………………….......…51-55 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Download 4,89 Mb.