• 1.2. O’zbek tilida o’zlashma so’zlar va o’zlashma neologizmlar.
  • Yangi paydo bo’lgan so’zlarni turli jihatlariga ko’ra tasniflash mumkin




    Download 4,89 Mb.
    bet8/22
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,89 Mb.
    #251560
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
    Bog'liq
    AHMADOVA

    Yangi paydo bo’lgan so’zlarni turli jihatlariga ko’ra tasniflash mumkin. Avvalo, ularni ijtimoiy-siyosiy atamalar: vazir, vazirlik, devonxona, hokim, tuman, agrofirma, fermer kabi;
    iqtisodiy atamalar: diler, lizing, injenering bozor infrastrukturasi;
    ilm-fan, texnikaga oid atamalar: internet, kompyuter, diskovod, skaner;
    maktab-maorifga tegishli bo’lgan leksik birliklar: akademik litsey, kollej, dastur singari o’nlab yo’nalishlarga bo’lib yuborish mumkin.
    O’zlashma neologizmlar ichida o’tkinchi, shoshma shosharlik bilan, sun’iy ravishda hosil qilingan leksemalar ham uchraydi. Masalan: majalla, jarida, oynoma, ochqich, yozg’ich, barnoma, oliy bilimgoh kabi. Ularni xalq qabul qilmay tezda iste’moldan chiqarib yubordi. O’zlashma neologizmlarning aksariyati quyidagi ikki xil usul bilan:
    Ichki imkoniyatlar asosida (so’z ma’nosining kengayishi, derivatsiyani qo’llash hisobiga): oshkoralik, muqobillik, qayta qurish, kimoshdi savdosi, hokim, devonxona.
    Tashqi imkoniyat hisobiga (chetdan so’z olish orqali): modemogramma, videoapparatura, matiz, kik boksing, karate, damas, tiko, neksiya.
    O’zlashma neologizmlar tilning ifoda imkoniyatlari darjasini belgilaydi. Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko’proq tilning ichki
    imkoniyatlari:
    a) shevalardan so’z olish;
    b) so’z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. 
    Ba’zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so’z olish yo’li bilan ham ifodalanadi.
    Bunday so’zlar olinma so’zlar hisoblanadi.Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so’z olmaydigan bironta ham til yo’q. 
    Kurash, yonbosh, chala, halol so’zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so’zlar hisobiga boyib bormoqda.
    1.2. O’zbek tilida o’zlashma so’zlar va o’zlashma neologizmlar.
    Qadimdan ma’lumki o’zbek tili leksikasining tashkil topishida 3 komponent muhim rol o’ynaydi. Bular quyidagilardir:
    1. Barcha so’zlar eng qadimgi turkiy tildan kelib chiqqan bo’lib, o’zbek tili leksikasining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi, bundan tashqari kundalik ishlatiladigan so’zlar va iboralar yuqoridagi unsurlarda o’z ifodasini topadi.
    2. O’zlashma so’zlar, bunday so’zlar boshqa tillardan kelgan bo’l’ib, bular quyidagilar: arab, fors-tojik, rus, nemis, fransuz, ispan, ingliz va boshqalar. Bu so’zlaning qiziqarli tomoni shundaki, ular asosan klassik tillarning birlashmasidan hosil bo’l’gan (arab, turk, fors-tojik).
    3. O’zlashma neologizmlar, bu turdagi so’zlar tilda mavjud bo’l’gan so’zlardan suffiks, prefiks va qo’shimchalar qo’shish orqali yasaladi.
    Yuqorida ko’rsatilgan 3 komponentdan tashqari leksikaning rivojlanishiga ikkinchi darajali unsurlar ham yordam beradi. Bular:

    • Onomatopeya, bir so’z shaklidan boshqa bir so’zning shakllanishi

    • Qisqartirilgan so’zlar, nomlarning qisqartirilib faqat bosh harflarda ifodalanishi.

    • Chet tilidagi so’zlarning tilimizga kirib kelishi va ularning ishlatilishi tilimizda ma’lum bir yangi so’zlarning paydo bo’l’ishiga sabab bo’l’adi va bu turdagi so’zlar guruhi o’zlashma so’zlar deyiladi.

    • O’zlashma so’zlarning asosida so’zlar yotadi ya’ni o’zlashma so’zlarning shakllanishi hech qanday o’zgarishlarsiz tilimizga o’zining shakli va ma’nosi bilan kirib kelishi kuzatiladi. Masalan bar, film, lider.

    • ko’p chilik kishilar hech qanday o’zgarishsiz, qo’shimchalarsiz o’zlashma so’zlarni yaxshi tanishadi: bar, film, lider, chunki bunday so’zlar o’zbek tilidagi so’zlarning funksiyasini bajaradi, ba’zi bir insonlar esa aksincha qo’shimcha olgan, o’zgarishlarga uchragan o’zlashma so’zlarni bilishmaydi. Masalan ayrim sozlarning ingliz yoki fransuz tilidan kirib kelganini qancha so’zlashuvchi biladi? Ba’zi bir o’zlashma so’zlar o’zlarining asl shaklida yoki ularga to’g’ri keladigan shaklda ifodalanadi: misol qilib fransuz tilidagi bojole, jilet, palto, ingliz tilidagi punch va ponce, roastbeef va rosbif (yoki rosbiffe) larni aytib o’tishimiz mumkin.

    O’zlashma so’zlarning aksariyati bu tarjima qilingan so’zlardir. Bunday so’zlarning ikki asosiy turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
    Semantik, ya’ni ma’no jihatdan tarjima qilingan so’zlardir. Chet tilidan kirib kelgan so’zning ma’nosi va shakli jihatdan o’zbek tiliga tog’ri kelishi va qo’llanilishida ko’rishimiz mumkin. Masalan confort (uy xizmatlari) ingliz tilida comforts kabi ifodalanadi. Yoki o’zbek tilidagi autoritar so’zi bir necha yil oldin “rendere autorevole”, ya’ni ‘mustaqil ishlamoq’ ma’nosini anglatadi.
    To’gridan-to’g’ri tarjima kalka usulida o’zbek tiliga chet tilidan tarjima qilingan so’zlar guruhi: ingliz tilidagi sky-scraper; nemis tilidagi klassen kampf.
    Barcha o’zlashma neologizmlar tuzilishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi:

    sodda o’zlashma neologizmlar – Avoid – bekor qilmoq, Credit - kredit (pul yoki tovar shaklida Кредит (ссуда в денежной - qarz berish) или товарной форме) ;

    murakkab o’zlashma neologizmlar – Book-keeper– hisobchi buxgalter –счетовод, бухгалтер

    atama so’z - Capital income – Kapitaldan olinadigan daromad – Доход от капитала
    Ilmiy-texnik matnlarda bir necha komponentlardan iborat o’zlashma neologizmlar ko’plab uchraydi. Ko’p komponentli amalar quyidagicha:
    a) komponentlarning bitishuv yo’li orqali ifodalanishi.
    Masalan: Cargo scale – Yuk o’lchami
    Carrying charge – Saqlash qiymati
    b) grammatik jihatdan ya’ni predloglar yoki qo’shimchalar orqali ifodalanishi. Masalan: rate of exchange – valyuta kursi, Lack of credit – Kredit tanqisligi. Ushbu atama – so’zlar umumiy ma’noni tashkil etadi. Atama–so’zlarning uch turi mavjud.
    1. Komponentlarning ikkalasi ham lug’at tarkibida alohida ma’noga ega. Masalan , Cash – Naqd pul, balance – hisob va boshqalar.
    Ammo, ushbu komponentlardan tuzilgan ayrim atama - so’zlar yangi ma’no ifodalaydi :
    Cash balance – Kassa qoldig’i
    Cash payment – Naqd pul bilan to’lash
    Cash discipline – Kassa intizomi
    Cash flow – Pul oqimi
    Bu turdagi atama – so’zlarning xarakterli jihati shundaki, ularning mustaqil ma’nolarining ajratilishidadir.
    Terminalogik sistemadagi o’zlashma neologizmlar ma’lum bir sohadagi tushunchani ifodalab, ular ma’lum predmetlar guruhiga, jarayonlariga oid tushunchalardir. Har bir terminologik guruhda umumiy bir unsur bo’ladi. Masalan, til birlikaridan agro so’zi – agronomiya, agroiqtisodyot, agrobiznes, agrosanoat kabi o’zlashma neologizmlar uchun asosiy unsur hisoblanadi.
    O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgunga qadar va u amal qila boshlangandan keyin qator-qator matbuot xodimlari, hatto ayrim tilshunoslar Davlat tili haqidagi qonunni to’liq joriy etish o’rniga, uning ayrim bandlariga deyarli e’tibor bermay, ko’pdan buyon qo’llanib kelinayotgan va omma nutqiga singib ketgan ko’plab terminlarni, ularning ichki mazmunini o’rganmay turib, yangidan noto’g’ri hosil qilingan leksemalar bilan almashtira boshlashdi. Xatto “termin”, “terminologiya” kabilar “atama”, “atamashunoslik” leksemalari bilan almashtirib qo’llanadigan bo’ldi. Binobarin, “atama”, “atamashunoslik” kabi tushunchalar umumxarakterda bo’lganligi e’tiborga olinmadi. Chunki, “atama” deyilganda terminologiyaga mutlaqo aloqasi bo’lmagan onomastika (toponimiya, antroponomiya, oykonimiya kabilar)ga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi. Garchi, chet el va umuman, sho’ro tilshunosligida termin nazariy jihatdan nisbatan to’liqroq o’rganilgan bo’lsa ham uning ta’rifi, termin va termin bo’lmagan so’zlarning bir-biridan farqlanuvchi belgilari, terminning tarkibi (uning nechta elementdan iborat bo’lishi singari masalalar) hali oxirigacha o’rganilgan va hal qilingan, deya olmaymiz. Bu hol to’laligicha o’zbek tilshunosligi va terminologiyasiga ham taalluqlidir.
    Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to’g’ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so’zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo’llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo’ladi. “Terminlar paydo bo’lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o’ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
    Shuningdek, oddiy so’zdan farqli ravishda, terminning ma’nosi kontekstga bog’liq bo’lmaydi, muayyan leksema terminologik ma’nosida va o’z terminologik maydonida qo’llanar ekan, ayni ma’no saqlanib qolaveradi. Biroq ko’p ma’noli terminlarning aniq ma’nosini ajratib olish uchun kontekstning zarurligi shubha tug’dirmaydi.
    Terminologik birikmalarning ko’p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo’lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda.
    Haqiqatan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko’p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to’laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo’llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to’rt komponentdan iborat bo’lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to’laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli birikmalar qo’shish orqali hosil qilinishi darkordir. Bu tushunchani ifodalashning dastlabki bosqichiga xos holat bo’lib, keyinchalik tushuncha haqida muayyan tasavvur yuzaga kelgach, u qadar ahamiyatsiz belgilarni ifodalagan komponent (so’z)lar qisqartirilishi, binobarin termin ixchamroq holga keltirilishi mumkin. Biroq bu jarayon boshboshdoqlik, tavakkalchilik asosida emas, balki ma’lum qonun-qoidalar asosida ongli ravishda amalga oshirilishi lozim. Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug’ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko’rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o’tish ko’plab sahifani egallagan bo’lardi. Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
    Umuman iqtisodiy so’z va terminlar uzoq davrlar mobaynida yaratilgan leksemalardir. Ma’lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o’ynaydi. Shu sababli iqtisodiyotga tegishli so’z va terminlar aniq, lo’nda va mantiqan asoslangan bo’lmog’i lozim. O’zbek iqtisodiy terminologiyasida milliylik va baynalmilallik masalasi murakkab masaladir, chunki u nafaqat o’zbek tilida, balki boshqa tillarda ham yetarlicha hal qilinmagan. Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig’indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar. Terminologik tizimlarning boyish yo’llari har xil bo’lib, uning asosiysi so’z yasashdir. So’z yasash, umuman, qanday usul, qanday vosita orqali amalga oshirilmasin, yangi so’z hosil qilishdan iboratdir.Tilshunoslikda yangi so’z yasalishining o’rni haqida V.V.Vinogradov tomonidan aytilgan fikr ibratlidir. Unga ko’ra, atama yasalishi tilshunoslik fanida salmoqli ahamiyat kasb etar ekan, u leksikologiya - tilning lug’at tarkibi haqidagi fan bilan, o’z o’rnida grammatika bilan yaqinlashar ekan - shakl yasash ta’limoti hamda so’z birikmasi sintaksisi bilan ham bo’g’liqdir. Bunday nuqtai nazarni qo’llab-quvvalovchilar soni kun sayin ortib bormoqda.
    O’zlashma so’zlar tillar orasidagi bog’liqlikni namoyon etuvchi muhim jarayondir. O’zlashma neologizmlarning ikki tillilik (bilinguizm) bilan munosabati, so’zlovchilar tomonidan holat va joyga qarab ikki tildan foydalanish davomida ko’rinadi. O’zlashma so’zlarning kelib chiqishi xalq tili yoki boshqa tillarning ta’sirida ham yaqqol ko’rinadi, bundan tahsqari ikki tilning bir-birini qadrlashida ham namoyon bo’l’adi. Bunday holat nemis va roman tillarida kuzatiladi.
    O’zlashma so’zlarni muhimlilik va boylik tomonidan farqlashimiz mumkin. Birinchidan so’z qachonki referent (ya’ni obyekt va g’oya, fikr) bilan birga bo’l’sa, masalan patata gaytan so’zi bo’l’ib italyan tiliga ispan tili orqali kirib kelgan yoki caffe so’zi turk tilidan, zero arab tilidan (roman sonlarida zero ya’ni nol mavjud bo’l’magan) tram, transistor, juke-box kabi so’zlar ingliz tilidan kirib kelgan.
    O’zlashma so’zlarning boylik jihatdan stilistik va ijtimoiy holati muhim o’rin tutadi. Jamiyatni, madaniyatni, yashash sharoitini eslashga xizmat qiladi: o’zlashma so’zlarning boyligi leader, flirt, baby-sitter, week-end so’zlarida ko’rinadi. Ingliz tilidagi so’zlar va birikmalar ba’zida ularning qisqaligi qulaylik tug’diradi: ya’ni jurnalistika tilida, sohasida uchrab turuvchi so’zlarni tushuntirib beradi, masalan boom, show italyan tilidagi ekvivalentlari quyidagilar show (teatrning turi, bir necha har xil bo’g’inlardan tashkil topgan italyan tilidagi ekvivalenti sit-in ma’lum bir joyda tomoshabinlarni yig’ish).
    O’zlashma so’zlar yozma va og’zaki shakllar orqali tilga kirib keladi. Tunnel so’zi yozma til orqali kirib kelgan. Agar tunnel so’zi og’zaki tildan kirib kelganda edi tanel deb talaffuz qilinar edi xuddi ingliz tilidagidek. Budget aksincha badjet deb talaffuz etiladi, chunki og’zaki tildan kirib kelgan. Shunday turdagi ingliz so’zlari borki, ular O’zbekistonda har xil talaffuz etiladi, masalan:
    inglizcha talaffuz o’zbekcha talaffuz
    flirt | flə:t| |flert| | flεrt| flirt
    ingliz talaffuziga o’xshatish o’zbekcha talaffuz
    Quyidagi talaffuz turlari har xil faktorlardan kelib chiqadi, shuningdek chet tilini yaxshi bilish ham muhim o’rin tutadi. Shuni ham aytib o’tishimiz joizki o’zbek tiliga kirib kelgan ba’zi bir so’zlarga hech qanday o’zgartirishlar kiritilmagan, jumladan flirt, leader va boshqa so’zlar. O’zbek so’zlashuvchilari orasida ingliz fonetikasi va anglitsizmlarni juda yaxshi o’rnashib olishgan, yuqorida ko’rib o’tilgan bar, film, sport, flirt va boshqalar kabi.
    Shuni eslab o’tishimiz joizki o’zbek tiliga kirib kelgan ingliz o’zlashma so’zlari o’zbek tilida talaffuz etilgan, xuddi shu holat italyan o’zlashma so’zlarida ham kuzatilgan, misol qilib shuni aytishimiz mumkinki,
    Haqiqiy o’zlashma o’zlashma neologizm va chet tilidan kirgan so’zning ma’nosini va ko’chma ma’nolarini to’g’ri farqlay olishimiz zarur. Misol qilib ba’zi bir O’rta Sharq olimlari o’zlashma so’zlarni yaxshi eslay olishgan, ammo ularni talaffuz eta olishmagan shu vaziyatda ular so’zlarning ko’chma ma’nolarini qo’llashgan.
    O’zlashma neologizmlarga nimalar kiradi? Ot, fe’l va sifat so’z turkumlariga oid so’zlar kiradi. O’zlashma fe’llar va sifatlar ikki lingvistik tor ma’noda uyg’unlashadi va bundan tashqari bilingvistik sharoitni yaratadi. Yana shuni ham aytib o’tishimiz joizki o’zlashma so’zlar morfologiyaning elementlari ham deyiladi.
    Zamonaviy lingvistika o’zlashma neologizmlarni ( yunoncha “neos” yangi va “logos” so’z ) lingvistika evolyutsiyasining asosiy personaji sifatida ta’kidlaydi. Yangi so’z bu leksikaning boyishi demakdir. Yangi so’zning shakllanishidagi barcha jarayonlar neologiya deb ataladi.
    O’zlashma neologizmlar qayerda xabar va yangiliklar tezlikda tarqalsa o’sha hududlarda tez shakllanadi va rivojlanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek o’zlashma neologizmlar tilda mavjud so’zlardan , qisqartirilgan so’zlardan, acronimlardan va bir so’zning tovushlarini o’zgartirish orqali ham yasaladi.
    O’zlashma neologizmlarning tilda paydo bo’l’ishi va yo’qolishi uning tilga qabul qilinganligida yoki lug’atlardan joy olganligida namoyon bo’l’adi. Agar o’zlashma neologizmlar jamiyat fuqarolari tomonidan qabul qilinib foydalanilayotgan bo’lsa, bu o’zlashma neologizmlar lingvistika va lug’atshunoslikda ham qabul qilingan hisoblanadi. O’zlashma neologizmlarning paydo bo’lishi tilning rivojlanishida, o’zgarishida o’zining muhim o’rniga ega. Tilda o’zlashma neologizmlarning quyidagi turlari kuzatiladi:


    Download 4,89 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi paydo bo’lgan so’zlarni turli jihatlariga ko’ra tasniflash mumkin

    Download 4,89 Mb.