|
O’zlashma neologizmlarning quyidagi ko’rinishlari mavjud
|
bet | 9/22 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,89 Mb. | | #251560 |
Bog'liq AHMADOVAO’zlashma neologizmlarning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
Ilmiy – ilm-fanda yaratilgan yangi termin yoki qoidalarga tasnif berish uchun yaratilgan so’zlar guruhi.
Texnologik – yangi texnika va texnologiyaning paydo bo’l’ishi bilan iste’molga kiritilgan so’zlar jamlanmasi.
Siyosiy – siyosatga va iqtisodga kiritilgan yangi termin va buyruqlarni ifodalashda keng qo’llaniladigan so’zlar.
Keng tarqalgan, popular – ommaviy axborot vositalari orqali tarqalgan.
Arab tilidan o’simliklar va sabzavotlarning nomlari, jumladan: apelsin, baqlajon, ismaloq, shakar, artishok-o’simlik turi, paxta; savdo-sotiqga taalluqli so’zlar guruhi: magazin (do’kon, ombor), tara (chegirma), tarif (tannarx), dengizchilikga oid so’zlar: arsenal (qurol-yaroq ombori) kirib kelgan.
Yunon, hind va forslarning madaniyatini saqlab qolishgan arablar fan va madaniyat cho’qqisini zabt etdilar. Arablar tufayli bir qncha arabizmlar yuzaga keldi, quyidagilar shular jumlasidandir, matematika faniga oid so’zlar: algebra algoritm, sifra (raqam), zero (nol); astronomiyaga oid: almanax, taqvim (kalendar), “apogee” (yuqori nuqta), nodir (nodir nuqtasi), zenit (zenit); sanoat va texnikaga oid so’zlar: alkimyo, eliksir, canfora (mazut), talk, alcali (ishqorli tuz), shaxmat o’yiniga oid: alfier (fil). Ba’zi bir arabizmlar uzoq tarixga ega bo’lib, bular: kolba – shisha idish, alkimyolardir. Yuqoridagi so’zlarning o’zlashish jarayonining ko’p holatlarida so’zlarning ma’no jihatdan o’zgarishini ko’rishimiz mumkin.
Vaqt o’tishi bilan yana bir qancha arabizmlar o’zbek tiliga kirib kelgan, bular: piyola, qirmizi, madrasa kabilardir.
1.3. O’zlashma neologizmlar – bir ma’noli so’zlar.
Yangi so’z – bu biron- bir soha (fan, texnika, san’at va h.k.)ga tegishli muayyan tushuncha yoki maxsus narsani aniq ifoda etadigan so’z yoki so’z birikmasidir. O’zlashma neologizmlarga qo’yiladigan talab - ular bitta ma’noli bo’lishlari kerak. Tilning lug’aviy majmuasida ular alohida bir salmoqli qatlamni tashkil qiladilar. Bunday so’zlar jamiyat tomonidan yasalishi, tartibga solinishi va o’zgartirilishi mumkin bo’lgan yagona qatlamdir. Shuning uchun deyarli hamma tillarda o’zlashma neologizmlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Sohaviy o’zlashma neologizmlarni tayyorlash yoki ularni me’yorlashtirish uchun tilshunoslar va o’sha sohadagi mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruhlar, qo’mitalar tashkil qilinadi.
Barcha fanlar va texnikaga doir terminologik ishlarning maqsadi o’sha sohalar mutaxassislarininggina emas, balki umuman terminlar vositasida ish ko’radigan har bir shaxsning bir-biri bilan axborot almashish jarayonini amalga oshirishdan iboratdir. Bu jarayon esa lug’atlar vositasida yanada jadal tus oladi. Shunisi borki, lug’atda o’z “tasdig’i”ni olgan har bir termin bevosita yozma nutqqa-darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ilmiy-tadqiqot ishlar, matbuot sahifalariga, qolaversa badiiy adabiyotga ham ko’chadi. Shunday ekan, har qanday termin u yoki bu tushunchani aniq, to’g’ri ifodalashni taqozo etadiki, ular o’zbek tilining qonun-qoidalariga binoan yaratilishi lozim bo’ladi. Iqtisodiyot fani bo’yicha nashr etilgan darslik va qo’llanmalar, ilmiy-ommabop asarlar, lug’atlarda o’z ifodasini topgan aksar terminlar o’zbek tilining ichki qonunlari asosida tushunchalarni aniq ifodalayotgani, bu esa o’qish-o’qitish jarayonining hozirgi talablar darajasida bo’lishiga yordam berayotganini ko’rish mumkin.
Hozirgi kunda atama so’zi bilan bir qatorda termin, istiloh ayni ma’noda qo’llanmoqda. Termin so’ziga ta’rif beradigan bo’lsak, bu so’z lotin tilidan olingan bo’lib, (terminus – chegara,had) bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi so’z yoki so’z birikmasi tushuniladi. Termin umumxalq tiliga muayyan terminalogik tizm orqali o’tadi, binobarin termin va umumiste’moldagi so’zlar bir-birini to’ldiradigan leksik birliklardir.
Sistema xarakteriga egalik o’z terminalogik maydonda bir ma’nolikka moyillik, his-tuyg’uni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminlarga xos xususiyatlardir. So’z bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas. Kundalik turmushda keng iste’moda bo’lgan so’zlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir.
Demak, o’zlashma neologizm ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga doir turli qatlamlarga mansub bo’lgan tushunchalarni ifodalovchi, muayyan guruh kishilari orasida bir ma’nolarda ishlatiladigan lisoniy birliklardir.
O’zlashma neologizm tushunchasi va tarjimasini bilish uchun uning morfologik tuzilishini, umumiste’mol so’zlardan farq qiluvchi leksek xususiyatlari, atama so’zlarning asosiy turlari va ularni qo’llash usullarini bilish darkor. Bu esa, o’z navbatida atama tomonidan ifodalanayotgan tushunchani to’liq tushunishga, lug’at tarkibidagi yangi so’z ma’nosini topishda ishni osonlashtiradi.
Yangi so’z aniq va qisqa bo’lishi kerak. Yangi so’zning aniqlik tushunchasida uning ma’noviy komponentlarining umumiy ma’nolari tushuniladi.
|
| |