• Fors-tojik tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar.
  • Arab tilidan o’zlashtirilgan so’zlar
  • Leksik o’zlashma neologizmlar
  • Semantik o’zlashma neologizmlar
  • Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi; -bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi




    Download 4,89 Mb.
    bet6/22
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,89 Mb.
    #251560
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    AHMADOVA

    O’zlashgan qatlam - o’zbek tili leksikasining boshqa tillardan o’zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan, maktab (arabcha), daraxt, gul (fors-tojikch), axta, bahodir (mo’g’ulcha), afandi (turk), ravshan (so’g’dcha), traktor, avtobus (ruscha baynalmilal) va boshqalar. Bu qismda arab, fors tojikcha va rus tilidan o’zlashtirilgan so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi.
    Fors-tojik tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar. Tarixchi B.G’ofurovning yozishicha, o’zbek va tojik xalqlari o’rtasidagi yaqinlik milodiy VI asrda boshlangan. O’zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab bir-birlariga doimo xo’jalik, iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy munosabatlarda bo’lib kelganlar.
    Hozirgi o’zbek tilida fors-tojik tillaridan o’zlashtirilgan so’zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badbo’y, badjahl, ozoda), ravishlar (banogoh, do’stona, tez), bog’lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo’sh, xuddi), modal so’zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi.
    Fors-tojik tillaridan o’zlashtirilgan so’zlarda:

    1. so’z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g’isht, go’sht;

    2. kuchsiz lablangan o unlisi so’zning barcha bo’g’inlarida qo’llaniladi: ohang, nobud, bahor.

    Shuningdek, fors-tojik tilidan o’zbek tiliga bir qator prefiks va suffiks o’zlashgan: Prefikslar -be-, ba-, no-, ham-, kam-; suffikslar: -kor, -zor, -xo’r, -parvar, -kash, -paz va boshqalar. Ular dastlab fors-tojik so’zlari tarkibida qo’llangan, keyinchalik o’zbek tilining so’z yasovchi affikslarning qatoridan o’rin olib, yangi so’zlarning yasalishida ishtirok etgan: kamsuqum, bebosh, barkamol, hamyurt.
    Arab tilidan o’zlashtirilgan so’zlar
    Bunday so’zlarning o’zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib, IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so’z o’zlashtirishga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o’ynagan:

    1. arablar istilosi;

    2. islom dinining keng tarqalishi;

    3. arab yozuvining qo’llana boshlanganligi;

    4. madrasalarda arab tilining o’qitilish;

    5. turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;

    6. olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.

    Arab tilidan o’zlashtirilgan so’zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko’zga tashlanadi:

    1. So’z tarkibida ikki unlining yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila.

    2. Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so’zlarda ayn tovushidan oldingin unli kuchli va biroz cho’ziq aytiladi.

    3. Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, kabi so’zlarda bo’g’inlar ayirib tallaffuz qilinadi.

    4. Semantik jihatdan: ko’proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi.

    5. So’zlarning lug’aviy va gramatik shakllari flektiv xarakterda bo’lib, o’zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim.

    Yangilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlar tilshunoslikda o’zlashma neologizmlar ham deb ataladi. Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi hodisalar, tushunchalarni ifodolovchi lug’aviy birliklardir. Bunday so’zlar xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi:

    1. Leksik o’zlashma neologizmlar.

    2. Semantik o’zlashma neologizmlar.

    Leksik o’zlashma neologizmlar tilga tamoman o’zlashib ketmagan o’zbek tilining o’zida yasalgan yoki boshqa tillardan o’zlashib butunlay iste’molga kirmagan so’zlardir. Masalan, zovut, zamin studiyasi, sarhad, kollej, menejment, bakalavriat, magistratura, dastur, bar, bojxona, aksiya, bandargoh, tuman kabilar.
    Semantik o’zlashma neologizmlar tilda oldindan mavjud bo’lgan va hozirda yangi ma’noda ishlatilayotgan so’zlardir. Masalan, noyub (deputat), muman (rayon), viloyat (oblast), do’kon (magazin), tadbirkor, pudrat, sarmoya, vazir, hokim, anjuman (konferensiya) va boshqalar. Bunday so’zlar ma’lum bir davrlarda eskirgan so’zlarga aylanib, iste’mol doirasidan ancha chiqib qolgan edi, mustaqillikdan so’ng ular yana tilimizga yangi ma’nolar bilan kirib keldi.
    Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko’proq tilning ichki imkoniyatlari:
    a) shevalardan so’z olish; b) so’z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba’zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so’z olish yo’li bilan ham ifodalanadi. Bunday so’zlar olinma so’zlar hisoblanadi.
    Dunyoda boshqa tillardan so’z olmaydigan bironta ham til yo’q. Kurash, 

    Download 4,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi; -bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi

    Download 4,89 Mb.