• Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi.
  • KIRISH I BOB. BOSHLANG’ICH SINF “ONA TILI” VA “O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDAGI LEKSIK QATLAMLARNING PAYDO BO’LISHI. I.1. Tilning boyish manbalari.
  • “ Kishining zebu ziynati, go’zalligi uning tilidadir”
  • Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi; -bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi




    Download 4,89 Mb.
    bet4/22
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,89 Mb.
    #251560
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    AHMADOVA

    Bitiruv malakaviy ishi obyekti. O’zbek tili leksikasining o’zlashma neologizmlari qatlami tadqiqotning asosiy obyekti sanaladi.
    Bitiruv malakaviy ishi predmeti. Boshlang’ich sinf “Ona tili” va “O’qish savodxonligi” darslarida neologizmlarning tilning lug’at qatlamini boyitishda o’rganishdagi mazmuni, shakli, vosita va usullari.
    Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi. Ushbu bitiruv ishida boshlang’ich sinf “Ona tili” va “O’qish savodxonligi” darsligida neologizmlar ma’lum ma’noda yig’ildi, tahlil qilindi va ularning ahamiyati o’rganildi.
    Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy-amaliy ahamiyati. Hozirgi til imkoniyatlarini har tomonlama o’rganish dolzarb bo’layotgan davrda, diqqatga havola etilayotgan ushbu bitiruv malakaviy ishi katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Undagi tahlil va tadqiqotlar natijasi bo’lgan fikr mulohazalardan oliy o’quv yurtlarining tilshunoslik, nazariy grammatika darslarida ya’ni lingvistika yo’nalishi bo’yicha ma’ruzalar va maxsus kurslarda foydalanish mumkin.
    Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
    KIRISH
    I BOB. BOSHLANG’ICH SINF “ONA TILI” VA “O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDAGI LEKSIK QATLAMLARNING PAYDO BO’LISHI.
    I.1. Tilning boyish manbalari.
    Til – millat ko’zgusidir. Uning o’zligini, ma’naviy qiyofasini ko’rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o’zini, qadr-qimmatini, g’ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir.
    Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tili muhim o’rin tutadi. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning ko’zgusidir. Hadisda “ Kishining zebu ziynati, go’zalligi uning tilidadir” deyiladi. Har bir xalq, millat o’z tiliga hurmat bilan qaraydi. Chunki til millatning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Yurtboshimizning “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar”, deb ta’kidlagani bejiz emas. Demak, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.
    Dunyodagi qay bir xalqni olmaylik, uning jahon sivilitziyasidagi o’rni va mavqei, betakkror milliy o’zligi va tarixiy tajribasi bilan belgilanadi. Milliy o’zlikning birinchi belgisi bu milliy til bo’lib, u millatning millat bo’lib shaklllanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. Til bo’lmasa el ham, millat ham bo’lmaydi. Elni – el, millatni millat darajasiga ko’taradigan, uning yashashi va faoliyatini belgilab turadigan vosita til ekan, u bilan butun insoniy qiyofalar shakli shamoyiliga ega bo’ladi. Xalqning madaniy - ma’naviy boyligi, aql idroki va tafakkuri, ilmiy, tarixiy madaniy boyliklari uning tilida o’z ifodasini topadi. Shu ma’noda til xalqning qalbi va borlig’idir. Til xalqning buyuk va bebeho ma’naviy boyligi, bitmas tuganmas xazinasidir.
    Til ─ jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o’zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro’y beradigan barcha voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. Til ayni ma’noda asrlar mobaynida shaklllanadi va mavjud bo’ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat sohasida olib borilayotgan islohotlarda til muammolariga, xususan davlat tili masalalariga alohida e’tibor qilinayotganligi bejiz emas.
    Leksika eng harakatchan, doim rivojlanuvchi komponent hisoblanadi. Jamiyatda yuz berga yangiliklar, rivojlanish va o’zgarishlar leksikada o’z ifodasini topadi.
    Leksikaning rivojlanishi ikki yo’nalishda boradi. Bir tomondan, leksika o’z taraqqiyoti jarayonida jamiyat taqqiyotida yuz bergan tarixiy o’zgarishlarni, yangiliklarni ifodalash orqali boyiydi. Leksika boshqa tillarda qabul qilingan so’zlar, yaratilgan yangi so’zlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar so’zlarning o’z ma’nolarini o’zgartirishlari hisobiga boyiydi. Leksikada yuz bergan o’zgarishlar til sistemasiga bog’lq bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan, leksika o’zida mavjud bo’lgan so’z vositalar yordamida yangi so’zlar yasash hisobiga boyiydi.
    Yuqorida aytib o’tilgan jarayon til sistemasi (grammatikasi) bilan bevosita bog’liq bo’ladi.
    Til sistemasi bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarzda leksikaga kirib kelgan so’zlar o’zlari shakllangan ma’lum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi.
    Leksikaning rivojlanishi, boyishi quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi:
    1. Boshqa tillardan so’zlar o’zlashtirish yo’li bilan;
    2. Tilda qo’llanilib kelgan ayrim so’zlarning yo’qolishi;
    3. So’zlarning o’z ma’nolarini o’zgartirishi, va bu jarayon quyidagicha amalga oshishi mumkin:
    a) so’z ma’nosining to’liq o’zgarishi;
    b) omonim so’zlarning paydo bo’l’ishi;
    d) so’z ma’nolaring kengayishi;
    e) so’z ma’nolarining torayishi.
    Tillar bir- biridan himoyalanmagan. Bir til boshqa bir tildan tovushlar, so’zlar va birikmalarni o’zlashtirishi mumkin.
    O’zlashtirish, ya’ni o’zlashtirilayotgan til tomonidan so’z boyligini yanada oshirish, o’zlashma neologizmlarni yanada mukammal, jarangdor bo’l’ishiga, ya’ni o’zlashtirgan tilning qoidalariga tayanib boyitiladi.

    Download 4,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 4,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi; -bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi

    Download 4,89 Mb.