|
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga as
|
bet | 8/14 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #250750 |
Bog'liq mustail biznes 4Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish; ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish; to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri yo`lga quyish qobiliyati; - to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri yo`lga quyish qobiliyati;
- beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g`oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.
Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg`otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi. Tadbirkorlik – shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`-uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish olib borish bilan shug`ullanishi mumkin. Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag` bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan shug`ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko`rsatishdan iboratligi ta`kidlangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga as
|