Bog'liq blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi
672 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz bo‘lishiga olib keladi
3
. Tranzaksiyalar amalga oshirilayotganda virtual hamyonni
internetga ulangan holda ishlatish, qolgan vaziyatlarda internet tarmog‘idan
o‘chirilgan holda saqlash tavsiya etiladi, bu esa o‘z navbatida ma’lumotlarni
xakerlar atakasidan muhofaza etishiga yordam beradi.
Shu bilan bir qatorda, texnologiyaning intellektual mulk himoyasidagi
axborotlarni saqlashida, ishlash tartibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir necha bora
aytilganidek, blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami
bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan
bo‘ladi. Ushbu zanjirlar, ya’ni bloklar doimiy ravishda o‘sib boradi va uning
o‘sib boruvchi ro‘yxati tizimda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan
oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki,
foydalanuvchilar nafaqat ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmagan yopiq
kalitlar mavjudligi ma’nosida «egalik» qiladigan bloklar zanjirlari qisminigina
o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda
bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi.
Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi. Bloklar
orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki, har bir blokda o‘zining va o‘zidan
oldingi blokning xesh qiymati bilan ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni
o‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlash kerak bo‘ladi. Ko‘pincha
blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli kompyuterlarda
saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida bloklarga o‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi.
O‘z o‘rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak texnologiyasi
sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni saqlashdan iborat.
Ushbu texnologiya bir so‘z bilan aytganda, markazlashtirilmagan ma’lumotlar ba’zasi
hisoblanib, mazkur texnologiyadan o‘tgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari yoki
o‘tkazmalarini o‘zida zanjir ko‘rinishida saqlaydi. Mazkur texnologiya o‘z o‘rnida,
minglab virtual kompyuterlarni jamlagan bo‘lib, foydalanuchilar ushbu o‘zlari uchun
alohida yaritilgan tegishli kalit bilan tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgust oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya, ya’ni
blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo
bo‘ylab ro‘yxatga olingan
4
.
Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, blokcheyn
texnologiyasi XXI asrning eng yirik kashfiyotlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
3