Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana11.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#116061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi

 
670 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
ayro ravishda tasavvur etishning imkoniyati mavjud emasligidan kelib chiqqan holda
aniqlik kiritib ketishimiz maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlangani kabi, blokcheynni 
tizimlashtirilgan reyestrlar texnologiyasi sifatida ham atashadi, sababi bir qator mustaqil 
foylanuvchilar tomonidan zanjir ko‘rinishida ma’lumotlar saqlash imkoniyati mavjud. 
Xatto, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham 
tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan bir 
qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi asosiy 
tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim ma’lumotlarni 
tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, axborotlar. 
Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki butunlay raqamlashtirilgan holda ham 
bo‘lishi mumkin. Keyingi asosiy tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir 
shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs 
o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki 
sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi tranzaksiya 
deb ataladi. Tranzaksiyada fakat ashyoni berish emas balki unga bo‘lgan mutlaq mulk 
huquqini ham berilishi mumkin.
Navbatdagi tushuncha – bu tranzaksiyalarni hisobga olishdir. Tranzaksiyalarni 
hisobga olish o‘z o‘rnida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tgan barcha aktivlar yoki 
aktivlarga bo‘lgan mulk huquqlarini qayd etish hisoblanadi. Masalan, A shaxs chet 
davlatda bo‘lgan B shaxs do‘stiga tegishli miqdordagi summani o‘tkazmoqchi bo‘ldi. 
Bank emitentlari tizimi bilan bog‘liq muammolar, xakerlik atakalari, firibgarlik va 
boshqa bir qator vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar o‘tkazmalarning 
o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi barchaga ayon holatdir. Bu 
kabi operatsiaviy holatlardanning oldini olish mumkin emas, sababi barcha ma’lumotlar 
va jarayonlar bitta markaziy tizimda saqlanadi. Biroq blokcheyn texnologiyasi bu kabi 
holatlarning vujudga kelishini qisqartiradi, sababi ushbu texnologiya taqsimlangan 
reyestr asosida ishlaydi.
Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlarning bitta tashkilotning reyestrida 
saqlanmasligidi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning nus'halari bir vaqtning o‘zida 
internet tarmog‘i orqali ulangan virtual kompyuterlarning sonidan qat’i nazar 
yangilanadi. Blokcheyn texnologiyasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar reyestrini o‘z 
o‘rnida qalbakilashtirib bo‘lmasligi bilan ham xarakterlanadi. Kompyuterlarda 
saqlanayotgan ma’lumotlar barcha foydalanuvchilarda to‘liq va ishonchli bo‘lishida, 
blokcheyn texnologiyasida konsensus tushunchasini tatbiq etishgan. 
Bir qator foydalanuvchilar agar kompyuterlari o‘chirilgan bo‘lsa ham, agar ular 
tomonidan kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa, ishonchsiz ma’lumotlar 
foydlanuvchilarda aks etmaydi hamda kompyuterlarning ishlash faoliyatiga ta’sir 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish