Bog'liq blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi
673 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Ma’lum qoidalarga muvofiq qurilgan, ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uzluksiz ketma-
ket bloklar zanjirining kelib chiqish tarixi o‘tgan asrning 90 yillari boshiga borib
taqalishi ko‘pchilikka ma’lum emas. Blokcheynning rivojlanishi, yildan-yilga
takomillashib kelayotganligi sababli, raqamli iqtisodiyotdagi izlanishlar natijasida
blokcheynga ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta dasturlar paydo bo‘ldi. 1991 yilda AQSH
olimlari Styuart Xaber va V. Skott Stornettalar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar
blokcheyn deb nomlagan tizimni yaratishadi. Ularning ilk tadqiqotlari kriptografik
jihatdan himoyalangan bloklar zanjirini yaratish ustida bo‘lgan. Mazkur tizim
yordamida hujjatlarga qo‘yilgan vaqtinchalik belgilarni hech kim qalbakilashtira
olmagan. 1992 yilda ular o‘z tizimini Merkle daraxtlarini o‘z ichiga olgan holda
takomillashtiradilar, bu esa samaradorlikni oshirdi va bitta blokda ko‘proq hujjatlarni
to‘plash imkonini berdi. Biroq, blokcheyn texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda
Satoshi Nakomoto tomonidan taklif qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba
2009 yilda realizatsiya qilingan. Satoshi Nakamoto blokcheyn texnologiyasining
asoschisi hisoblanadi. Nakamoto Bitcoin tranzaksiyalarini amalga oshirish maqsadida
ushbu texnologiyani ishlab chiqqan deb taxmin qilinadi. Bitcoin esa raqamli hisob-kitob
texnologiyasining birinchi ko‘rinishlaridan edi. Nakamoto mazkur texnologiyaning
imkoniyatlaridan faqatgina kriptovalyutalar uchungina emas balki turli boshqa
yo‘nalishdagi dasturlarda ham foydalanish mumkinligini bildirdi. Satoshi Nakamoto
mazkur texnologiya bo‘yicha birinchi texnik reglamentni 2009 yilda yaratdi. Unda
Nakamoto blokcheyn texnologiyasining markazlashmagan aspektini hisobga olgan
holda raqamli ishonchni oshirish uchun qanchalik yaxshi jihozlangan ekanligini va bu
hech kim hech narsani nazorat qila olmasligini batafsil yoritib bergan. Oddiy qilib
aytganda, blokcheyn – bu xavfsiz va ko‘plab kompyuterlar bo‘ylab tranzaksiyalarni
amalga oshirish uchun ishlatiladigan taqsimlangan raqamli hisob-kitoblar tizimidir.
Mazkur hisob-kitoblarning mohiyati – faqat oldingi blokga tegishli boshqa blokni
qo‘shish orqali yangilanadigan tizimdir. Buni Internet orqali ishlaydigan P2P (Peer-to-
Peer – shaxsdan shaxsga) tarmog‘i sifatida ham tasavvur qilish mumkin. Ta’kidlangani
kabi, blokcheynning birinchi shakli bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning
asosiy va umumiy reyestri sifatida namoyon bo‘lgan. Dastavval, blokcheyn
texnologiyasi moliya va bank sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu
texnologiyaning qo‘llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta’lim, meditsina, jinoyat
protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va h.k
5
.
5
https://academy.binance.com/ru/glossary/blockchain?utm_campaign=googleadsxacademy&utm_source=googleadwords_i
nt&utm_medium=cpc&gclid=CjwKCAjwo8-SBhAlEiwAopc9WytKvDYbhAjx8rJ7RxM_J1q094rcebDD3Ayrji-l31rJj-
P435r1XxoCxdcQAvD_BwE
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230