Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana11.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#116061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi

 
675 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
etiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘z-o‘zidan yangi to‘lov tizimlarini yaratilishiga olib 
keldi. Banklar hisobraqamlaridagi pullar hamda kriptovalyuta o‘rtasida farq unchalik 
katta emas. Farqi shundaki birini nazorat qilib bo‘ladi, ikkinchisini esa nazorat qilib 
bo‘lmaydi. Bugungi kunda moliya bozorida 2000 dan ortiq turli xil kriptografik 
valyutalarning katta tanlovi mavjud bo‘lib, ularning soni har yili ortib bormoqda. 
Buning sababi, raqamli pullar bozorining jadal rivojlanayotgan segmentiga sarmoya 
kiritishga tayyor bo‘lgan keng jamoatchilik va yirik investorlar soni ko‘paymoqda. 
Mazkur kriptovalyutalar orasida eng katta muvaffaqiyat qozongani bu shubhasiz 
“Bitcoin”dir. Shunga qaramay boshqa turdagi kriptovalyutalar ham raqamli pullar 
bozorida o‘z o‘rniga ega. Misol tariqasida Ethereum, XRP, Binance coin, Solana, 
Tether, Cardano, Polkadot va boshqalarni aytish mumkin
8

E’tiborimizni Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada namoyon 
bo‘lishiga qaratishimiz lozim. Hozirgi kunda odamlar tomonidan o‘zlariga tegishli 
bo‘lgan nomoddiy axborotlarni interaktiv jarayonlarni amalga oshiruvchi internet 
platformasi orqali amalga oshirish jadallashgan. Ammo fuqarolar tomonidan pul bilan 
bog‘liq munosabatlarda, shaxslar ko‘proq bank emitentlariga murojaat qilishi barchaga 
ma’lum holatdir.
Oddiy misol, bugungi kunda mamlakatimizda ommalashgan pul tranzaksiyalarni 
amalga oshirishda, “Click”, “Payme”, “Apelsin” kabi ilovalar mavjud bo‘lib, ushbu 
ilovalar orqali elektron pul mablag‘larini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish imkoniyati 
mavjud. Xususan, “Apelsin” ilovasida pul mablag‘larini viza, master karta orqali 
boshqa davlat valyutasiga erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. Bir 
ko‘rinishda, shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan elektron pul mablag‘larini 
o‘tkazish bevosita, shaxslar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilayotgandek 
ko‘rinsa ham, ushbu vaziyatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) 
o‘rtada vositachi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular orqali o‘tkazmalar amalga oshiriladi. 
Bevosita, butun dunyoda amalga oshiriladigan pul mablag‘larining o‘tkazmalarini 
amalga oshiruvchi to‘lov usullaridan biri hisoblanmish – RauPulning mohiyatiga ham 
e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, unda ham qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki 
kredit kartasi bilan integratsiya talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa o‘z navbatida, 
“ortiqcha bo‘g‘in”dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda 
moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni o‘z zimmasiga olishi mumkin: 
bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish.
Bugungi kunda, banklar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning bir 
qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazilishi, banklarda mijozlar bilan 
8
Манба: MasterCard Advisors Тадқиқоти (2016 йил 6 июнь ҳолатида) 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 0,62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish