Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana11.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#116061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi

 
674 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Blokcheyn texnologilarining jamiyat hayotida qo‘llanish sohasi chegaralanmagan
6
.
Ushbu texnologiya kasallik tarixi yozuvlaridan tortib saylov jarayonlariga kabi 
jamiyatimizning kup tarmoqlaridagi ma’lumotlarni yozib olish, saqlash va ularni 
kuzatish uchun foydalanishi mumkin. 
Ta’kidlaganimiz kabi, blokcheyn texnologiyasi ilk bora bitkoin to‘lov vositasini 
tartibga solish uchun ishlab chiqilganligi sababli, avvalo, ushbu jihatdan tahlil etishimiz 
maqsadga muvofiqdir. Bitkoin – pulning raqamlashtirilgan shaklidir, biroi muomaladagi 
fiat valyutalardan farqli o‘laroq, bitkoin Markaziy bank nazorati ostida emas
7

Muomaladagi valyutalardan farqli ravishda, bitkoinning moliyaviy boshqarish tizimi 
sifatida butun dunyo bo‘ylab tarqalgan minglab kompyuterlar namoyon bo‘ladi. Har bir 
shaxs mazkur ekotizimning ish jarayonini tashkil etilishida bevosita, ochiq kodli 
dasturiy ta’minotni o‘rnatgandan so‘ng ishtirok etishi mumkin. Bitkoin o‘z o‘rnida 
birinchi kriptoaktiv sifatida qaralib, uning o‘ziga xos xususiyati: o‘zgartirishning, 
nazorat qilishning imkoniyatining mavjud emasligi, ko‘p marotaba foydalanishning 
imkonsizligi hamda istalgan vaqtda va istalgan joydan tranzaksiyalarning amalga 
oshirishning imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Bitkoin, boshqa har qanday 
raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi, u blokcheynda yozilgan 
tranzaksiyalar 
bilan 
ifodalanadi. Blokcheyn 
yuqorida 
ta’kidlangani 
kabi 
kriptovalyutavning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Kriptovalyuta blokcheyn texnologiyasiga 
asoslangan har qanday raqamli valyutadir. Qolaversa, kriptovalyuta kriptografik usullar 
va uni yaratgan va targ‘ib qiluvchi jamiyatning ishonchi bilan belgilanadigan valyutasi 
sifatida qaraladi. Blokcheyn texnologiyasi orqali, shaxs tomonidan dunyoning istalgan 
burchagidan ma’lumotlar joylashtirilib unga nisbatan ulanish, ulardan foydalanish 
imkoniyatini kiritadi. Bitkoinlar holatida kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qimmatni 
ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun 
foydalaniladi. Ushbu tizimdan foydalanuvchilariga kriptografik algoritm bo‘yicha 
yaratilgan yopiq kalit yaratiladi. Kalit egalari o‘zlarining tranzaksiyalarini amalga 
oshirish uchun mazkur kalitdan foydalanishadi. Yopiq kalit agar boshqa shaxsga taqdim 
etilsa, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida saqlanadigan 
pul mablag‘larini kalit taqdim etilgan shaxsga berilgan deb hisoblanadi. Bu bilan 
mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 
texnologiyadagi eng muhim funksiyalardan biri – bu Blokcheynda vujudga keladigan 
munosabatlarda foydalanuvchining shaxsini aniqlash hamda tasdiqlashni amalga 
oshirish imkoniyati mavjud. Qolaversa, tizimda maxsus yopiq kalit bilan 
tasdiqlanmagan o‘zgarishlar hamda ma’lumotlar kiritilishi avtomatik ravishda rad 
6
Григорьев В.В. Указ.соч. С. 489 
7
 
https://academy.binance.com/ru/articles/what-is-bitcoin
  


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish