Bog'liq blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi
676 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz munosabatlarda, xizmat ko‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib kelishiga
qaramasdan, moliya tashkilottda ish hajmining kamayishiga, xizmatlarning
samaradorligiga imkoniyat yaratadi. Ushbu jarayon ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi,
sababi butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng
katta bozordir.
Bu texnologiyaning uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya
sektoridan tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Blokcheynning ishlab
chiqilishining asosi hisoblanmish Bitkoin kriptovalyutasining muomalaga kiritilishi
bilan, blokcheyn texnologiyasi raqamli iqtisodiyotning har qanday turini, jumladan,
kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘ldi. Bu kod fragmentini
shunday dasturlash mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu
tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda bajariladi. Xuddi shu kod tashqi
ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari,
yangiliklar sarlavhalari va kompyuter tahlil qilishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar) va
ma’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan
shartnomalar tuzishi mumkin. Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart-
shartnomalar) deb ataladi va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi. Smart-
shartnomalar o‘z o‘rnida aqlli shartnomalvr sifatida nomlanib, u o‘z – o‘zidan
bajariladigan shartnoma hisoblanib, uning xulosasi virtual muhitda, ya’ni blokcheynda
amalga oshiriladi.
Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan yoki hatto
taqsimlangan registrlar sifatida oddiy «blokcheyn»dan axborot saqlash va tranzaksiyalar
amalga oshirish usulini keskin o‘zgartirish uchun foydalanadi. Ular maqtovga loyiq
maqsadlarni ko‘zlaydi: tezlik va xavfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar
sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish. Bu
modellar to‘lovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyuta qo‘llashi shart emas. Har
qanday blokcheyn, Bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar,
taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi,
shunday ekan, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q.
Blokcheyn ommaviy: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki u
tranzaksiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotda emas,
tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual xavfsizlikni ta’minlash uchun
ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun ikkita kalit tizimi kabi)
qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimi foydalaniladi. Davlat muassasasi yoki moliyaviy
korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz
brandmauyerlari haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli
registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lgan istalgan axborotni: tug‘ilganlik
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230