Bog'liq blokcheyn-texnologiyasi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-maqomi
671 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz qilmaydi. Konsensus jarayoni, ya’ni rozlikni olish bosqichi, haqiqiy ma’lumotlarni
tiklashdir. Blokcheyn texnologiyasida barcha ma’lumotlarning tranzaksiyasilari
haqidagi axborotlar bitta blokka joylashtiriladi.
Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi
qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi aktivlar
o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta zanjirga ulangan
bo‘ladi.
Blokcheyn zanjiri uzilmasdir, sababi har bir blok oldingi blokka havola qiladi.
Bloklarn o‘zgartirib yoki o‘chirib bo‘lmaydi, faqat unga yangi bloklarni qo‘shish
mumkin. Ushbu holat bilan, har qanday holatda muayyan aktivlarning o‘tkazmalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarixini tiklab, uning olgingi egasini aniqlash imkoniyati
mavjud. Blokcheyn zanjiridagi bloklarni maynerlar ko‘shishadi.
Mayner blokcheynda bir qator funksiyalarni amalga oshiradi:
•
Blokcheyn nusxalarini saqlaydi, shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni
yo‘qolishidan yoki qalbakilashtirilishidan himoya qiladi;
•
Tranzaksiyalarni tasdiqlaydi;
•
Boshqa maynerlar tomonidan kiritilgan tranzaksiyalarni tekshiradi.
Qoidaga ko‘ra, maynerlarning soni cheklanmagan. Maynerlar soni ko‘p bo‘lishi,
tizimning ishonchliligini taqozo etadi. Har qanday shaxs mayner bo‘la olishi mumkin.
Buning uchun ularga ixtisoslashtirilgan kompyuterlar hamda dasturiy ta’minot kerak.
Maynerlarni yangi tranzaksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlashiga mukofot
olishadi.
Mukofot sifatida bloklarda qayd etilgan tranzaksiyalardan kelib tushuvchi
kommision to‘lovlar namoyon bo‘ladi. Muayayan algoritm asosida tizim mukofotlarni
taqsimlaydi. Mukofotni olish uchun ta’kidlangani kabi maynerlar tomonidan muayyan
masalani yechishi kerak. Qaysi mayner birinchi bo‘lib matematik masalani yechadigan
bo‘lsa, omadli hisoblanib, birinchi bo‘lib tranzaksiyalarni tizimga joylashtiradi. Bu esa
o‘z navbatida, maynerlarning kompyuterlarining ishlash tezligiga bog‘liq hisoblanadi.
Olingan mukofotlar tegishli tartibda virtual hamyonga mukofot tegishli tartibda tushadi.
Mavjud masalalarni yechish jarayoni alohida bir fan doirasida o‘rganilib,
ushbu fan – kriptografiya deb ataladi. Shifrlash tushunchasi ham blokcheyn
texnologiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kriptografiyani metodlaridan biri ham
shifrlash hisoblanadi. Blokcheyn tizimida foydalanuvchilar o‘rtasida amalga
oshirilgan aktivlarning tranzaksiyalarini tegishli kriptografik kalitlar, ya’ni
maxsus noyob raqamli kalitlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli kodlarning
ketma-ketligini bilib olish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Ushbu holat o‘z o‘rnida
blokcheyn texnologiyalarni bu turdagi texnologiyalar ichida yaxshilardan biri
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230