Mushuk bilan kuchukcha qayerda bo'lmasin, tovuq-
ning nolasini eshitishlari bilanoq darhol yordamga
yetib kelishardi. Jo'jalarga ozor berish uyoqda tursin,
ikkoviyam ulami onalari bilan
bir safda turib kalxat-
lardan himoya qilishardi. Bir tomondan ona tovuq
qaqillaganicha yer bag‘irlab uchib yurgan kalxatga
qarab sapchisa, ikkinchi tomondan mushukcha mi-
yovlab, kuchukcha qattiq vovillardi. Xullas, tovuq,
mushuk va it baravariga jo ‘r bo‘lib,
kalxat hujumini
daf qilishardi. Sheriklarining ovozini eshitgan Chala-
biy boyoqish biror xatar borligini sezardi-yu, ammo
bir oyog‘i zanjir bilan qoziqqa bog‘lab qo‘yilganligi
uchun bor kuchi bilan hangrab yuborardi.
Bir kuni yana hovlini tovuqning qaqillashi-yu
mushukning miyovlab, itning vovullashi tutib ketdi.
Chalabiy ham turgan joyida hangrab yubordi.
Bir payt
qarasam, Chalabiy oyog‘idagi zanjirni shildiratib shu
tomonga qarab irg'ishlab kelyapti. Zanjirning bir
uchida temir qoziq. Bildimki, qoziqni bir amallab
sug‘urib qochgan.
Chalabiy sheriklarining
yoniga yetib kelgach,
ikkala qulog‘ini ding qilib, kallasini osmonga ko‘tardi-
da, tepada aylanib yurgan kalxatga qarab shunday bir
bo‘kirib yubordiki, asti qo‘yavering. Eshagimiz buna-
qa hangraganini shu vaqtgacha hecham eshitmagan
edim.