Sinfdoshing Zaynab Yolqir




Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/47
Sana25.01.2024
Hajmi2.74 Mb.
#145731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8
AL Mustaqil ish 2, togri-chiziqli-tekis-harakatni-grafik-usulda-tasvirlash
Sinfdoshing Zaynab Yolqir.
Amerikani qurgan me’mor
Istanbul, 15-noyabr, 1963-yil.
Q adrdon do ‘stim Zaynab!
Xatingni olib, juda xursand bo ‘ldim. Yashavor. 
Ochig‘ini aytsam, Anqaraga borgandan keyin bizni 
esdan chiqarib yuborasan, deb o'ylagandim. Xatingni 
sinfdagi ham m a bolalarga o'qib berdim. Toza xursand 
bo ‘lishdi. Hamm alari senga salom aytishdi.
M en ham so‘zimning ustidan chiqam an. Bu yerda 
yuz beradigan muhim voqealar haqida senga albatta 
yozib turam an.
Sen Anqaraga ko'chib ketganingdan keyin m en 
qiziq bir hodisaning guvohi bo ‘ldim. H ozir senga 
shuni hikoya qilib beraman.
0 ‘qituvchimiz bir kuni ertalab sinfga hovliqib kirib 
keldi-da, bizni tekshirgani inspektor kelayotganmish, 
dedi. 0 ‘qituvchining rang-ro‘yini ko‘rib bizni battar 
qaltiroq bosdi.


0 ‘sha kuni eshitsak, inspektor q o ‘shni m aktablar- 
da ham bo ‘lgan ekan. U yerda nim a ishlar qilganini 
darrov tanish bolalardan surishtirib, bilib oldik. 
M a’lum bo‘lishicha, u to ‘g‘ri sinfga kirib borarkan-da, 
o ‘qituvchiga doskaga biror masala yozib, o ‘quvchi- 
larga yechtirishni buyurarkan. Shundan keyin o ‘qi- 
tuvchiga aytib, bolalardan diktant oldirarkan. Dik- 
tantlam i yig‘ishtirib, shaxsan o ‘zi tekshirib chiqarkan. 
Oxiri u savol-javobga o ‘tarkan. N im a savol berishini 
ham bilib oldik. So‘raydigan narsalari shu ekan: 
«Amerika qachon kashf etilgan?», «Eng sevgan oda- 
ming kim?», «Istanbulni kim zabt qilgan?», «Sulay- 
moniya m achitini kim qurgan?».
0 ‘qituvchimiz bizga yangi dañar tutishni buyurdi. 
Shundan keyin u doskga qiyin bir masalani yozib, shu 
yerning o ‘zidayoq uni o ‘zi yechdi-da:
— M ana endi buni yaxshilab ko ‘chirib olinglar, — 
dedi.
Masalani yechimi bilan boplab k o ‘chirib oldik. 
0 ‘qituvchimiz uni o'chirib, o ‘miga she’r yozdi.
— Buniyam aynan ko‘chirib olinglar!
Yana aytganini qildik. Shundan keyin u ham m a- 
ning daftarini ko‘rib berdi. Xatolari b o ‘lsa, tuzatib 
chiqdi.
— Bolalar, janob inspektor sinfimizga kirsa, m en 
sizlarga mana shu masalani berib, shu she’rni diktant- 
ga yozdiraman, — dedi u oxiri.
Buyog‘idan ko‘ngli xotiijam b o ‘lgach, 
0
‘qituvchi­
miz masalaning ikkinchi tomoniga o ‘tdi.
— Endi ba’zi savollarga beriladigan javoblar bilan 
tanishib chiqamiz. Inspektor jaooblari nim ani so‘rab 
qolsa, shuni sharillatib javob berishingiz kerak.
Biz savol-javoblami yodlashga o ‘tdik.
— Amerika qachon kashf etilgan?
Butun sinf baravariga guvillaydi:
— 1492 yilda.
— Sen uchun eng aziz odam kim?


Bu savolga har kim har xil javob bergani uchun 
sinfda qiy-chuv ko'tarildi. Ba’zilar Otaturkning nom i- 
ni aytishsa, qolganlari oyisi bilan dadasini tilga oladi.
Ó ‘qituvchimiz keyingi savolga o'tadi:
— Istanbulni kim zabt qilgan?
Darhol javobni yopishtiramiz:
— Sulton M ehmed Fotih!
— Sulaymoniya m achitini kim qurgan?
Hali u so‘rab ulgurmasdanoq, sharillatib javob 
beramiz:
— M e’m or Sinon.
Savol-javoblarni yodlashga ikki kun vaqtimiz ketdi. 
0 ‘qituvchimiz har ikki gapning birida: «Javoblarga 
ehtiyot bo‘linglar, tag‘in adashib-netib o ‘tirmanglar», 
deb ogohlantirib qo‘yardi.
Hammasini qoyillatib yodlab oldim. Javoblarni bir 
safga tizib, o ‘zimcha qaytaraman: «1942. Dadam. 
Sulton M ehmed Fotih. M e’m or Sinon. 1492. Dadam. 
Sulton M ehmed Fotih. M e’mor sinon. 1492. D a­
dam...»
Azbaroyi bular miyamga qattiq o ‘rnashib qol- 
ganidan yurgan yo‘limda pichirlab gapiradigan odat 
chiqaribman.
— Ha, o ‘g‘lim, tobing yo‘qmi? — so‘rab qoldi 
oyim bir kuni ertalab.
— Yo‘q, tuzukman.
— Hayronm an. Tuni bilan «1942, dadam , sulton 
M ehm ed Fotih, m e’m or Sinon...» deb alahlab chiq- 
ding.
Biz kutgan inspektor o ‘sha kuni erta bilan sinfga 
kirib keldi. 0 ‘zing bilasan-ku, m enda hovliqish odati 
yo‘q. Lekin o ‘sha kuni nimagadir ichim dan titroq 
kelib, yuragim hapriqib ketaverdi. Balki o'qituv- 
chimizning ahvolini ko‘rib, shunday b o ‘lgandirman. 
Boyoqishni qaltiroq bosib, q o ‘li titrayotganini birinchi 
m arta o‘shanda ko‘rdim.
— Qani, o ‘quvchilarga diktant yozdiring-chi! — 
dedi inspektor.
6


0 ‘qituvchimiz bizga m a’lum bo ‘lgan she’rni dik- 
tant qila boshladi. Bolalar uning aytganini yozayot- 
gandek bo‘lib, ruchkalarini jo ‘rttaga qitirlatib q o ‘yi- 
shardi. Vaholanki, bu diktant daftarimizga allaqachon 
bexato ko‘chirib qo ‘yilgan edi.
Diktant tugagach, inspektor daftarlarim izni birm a- 
bir tekshirib chiqdi. Birortamizdan ham zarracha xato 
topolmadi.
— 0 ‘quvchilarga yaxshi saboq beribsiz, tashak- 
kur!— dedi u boshi osmonga yetib.
Inspektor chap qatorda o ‘tirgan Chingizning daf- 
tarini ko'rishni unutganm i, bir payt: «Qani, seniki- 
niyam bir ko‘raychi!» deb qoldi. Chingiz unga daflari- 
ni uzatdi.
— Bu nimasi? — tutaqib ketdi inspektor.
— D iktant, afandim.
— Qanaqa diktant bu?
Inspektom ing fig'oni falakka chiqdi. Chingiz o ‘tir- 
gan tomonga sekin o ‘girilib qaragan edim , voqea 
m a’lum bo ‘ldi: bola bechora q o ‘rqib ketganidan daf- 
tarining tayyor masala yozilgan betini ochib yuborib- 
di.
— H ozir yozgan diktanting qani?
Chingiz sal b o ‘lmasa diktantni ochib k o ‘rsatay 
devdi, yaxshiyamki, o ‘qituvchimiz inspektom ing or- 
qasida turgan ekan. Chingizga har xil im o-ishoralar 
qilib, zinhor diktantni ko‘rsatmaslik kerakligini tu - 
shuntirdi.
— D iktantni yozolmadim, afandim.
Inspektor Chingizga sirli ishoralar qilayotgan o ‘qi- 
tuvchiga 
0
‘girildi:
— Doskaga masala yozing, yechib berishsin.
0 ‘qituvchimiz lavlagidek qizarib ketdi.
Aslida biz inspektor oldin masala berib, keyin dik­
tan t o ‘tkazadi, deb o ‘ylagan edik. Q o‘shni maktab 
bolalari shundoq deyishgandi. Chingizning esankirab 
qolishiga sabab ham shu tartibning o ‘zgarishi b o ‘ldi.
7


Chingizning daftari ham on inspektorda edi, shun- 
ga ko‘ra o ‘qituvchi doskaga boshqa bir masalani 
yozishga majbur bo‘ldi. 0 ‘zing yaxshi bilasan, arif- 
metikadan nuqul a’io olaman. Lekin ham m a qatori 
m en ham rosa esankirab qolgan ekanm an, masalani 
sirayam yecholmadim. Daftarlarimizni ko‘rib, inspek­
tom ing qovog‘i uyuldi. 0 ‘qituvchimiz qanchalik xijo- 
lat bo ‘lganini aytmaysanmi?! «Inspektor m endan 
so ‘raydiganini so‘rasinu o ‘qituvchim izning yuzini 
yorug‘ qilay», deym an o ‘zim ga-o‘zim. Keyin asta pi- 
chirlayman: «1492. Dadam. Sulton M ehm ed Fotih, 
M e’m or Sinon. 1492...»
Inspektor mening holatim ni sezgan ekanmi, to ‘sat- 
dan:
— Qani, o ‘rningdan turchi, — deb qoldi.
Xursand bo‘lib ketdim. Darrov dik etib o ‘m im dan
turdim. Nim a bo'lganini bolalar keyin gapirib berish- 
di. Inspektor oldiniga:
— Yoshing nachada? — deb so‘rabdi.
Azbaroyi yuragim tipirchilab turganidan savoli
qulog‘imga boshqacha eshitilibdi. M endan Amerika 
qachon kashf etilganini so'rayapti, deb o ‘yladim.
— 1492, afandim, — dedim ovozni baralla qo ‘yib.
Inspektom ing ko‘zi ola-kula bo'lib ketdi.
— N im a-a-a? N echa yoshdasan?
Nazarim da, javobni do‘ndirib qo‘yganman. Shu- 
ning uchun yana tom oqqa kuch berdim:
— 1492, afandim.
— Istanbulni fath etgan kim?
Beriladigan javoblam i tartib bilan yodlab olgan- 
man. Shunga ko'ra navbatdagi javobni aytdim:
— Dadam.
Inspektor nim ani oldin, nim ani keyin so‘rashi 
m a’lum edi. Endi bizga qolganda bu tartibni buzishi- 
ni m en qayoqdan bilay?!
M ehm on polni gursillatib bir tepdi:
— Sendan Istanbulni kim fath etgan, deb so'rayap- 
man.


— D adam -da, afandim.
— Dadang kim o ‘zi?
— M e’m or Sinon.
— N im a deb valdirayapsan, o ‘g‘lim? Dadangni 
so‘rasam, m e’m or Sinon deysan.
Ish pachava b o ‘lganini shundagina tushundim . 
Ammo rosa esankirab qolgan ekanm an, buning ustiga 
inspektor bo‘kirib turibdi, es-hushim ni yig‘ib olol- 
madim.
— X o‘sh, m e’m or Sinon nim a qilgan?
Kutilmagan savol meni battar chalg‘itib yubordi.
— Istanbulni fath etgan, afandim, — dedim jo n - 
holatda.
— Kim fath etgan?
— Kim bo ‘lardi, m e’m or Sulaym on-da, — dedim
hozirgina yo‘l qo ‘ygan xatoyimni tuzatm oqchi bo‘lib.
— U ndoq b o ‘lsa Sulaymoniya m achitini kim qur- 
gan?
— Sulton Sinon Fotih.
Javoblar bir-biriga qorishib ketganini o ‘zim ham
sezib turibm an-u, lekin noilojman: karaxt bo'lgan 
odamga o ‘xshayman.
Inspektoming g‘azabi qaynab ketdi. Jahl ustida 
nim a deganini o ‘zi ham bilmay qoldi.
— 0 ‘g‘lim, Amerikani qurgan odam m e’m or sul­
to n M ehmed bo ‘ladi. Sulaymoniya m achitini esa 
Fotih Sinon kashf etgan.
Bolalar piqirlashib qoldi. Inspektor n o to ‘g ‘ri 
gapirib qo‘yganini sezdi.
— Ya’ni aytm oqchim anki, Sinoniya m achitini 
m e’m or Sulaymon qurgan. Fotihni m e’m or sulton 
M ehm ed fath etgan.
Yana qovun tushirib qo ‘ydi.
— M eni ham yo‘ldan urding, bolakay, — dedi u 
oxiri o‘zini oqlamoqchi bo ‘lib.
Inspektor boshini tebrata-tebrata jahl bilan tashqa- 
riga chiqib ketdi.
G


Sinf suv quygandek jim bo‘ldi.
— 
Ming afsus!— deb yubordi o'qituvchim iz ancha- 
dan keyin o ‘ziga kelib.
Bu gapni u menga qaratib aytdimi, inspektorgami 
yoki o'zigam i — yaxshi tushunolmadim.
0 ‘sha kuni rosa yuzim shuvut bo‘ldi. Buni senga 
ta ’riflab berishga ojizman. Shu voqea esimga tushsa 
hali-hali azob chekaman. Holbuki, niyatim xolis edi. 
M en inspektom ing so‘ragan narsalariga sharillatib 
javob berm oqchi va bu bilan o'qituvchim izning 
obro‘yini saqlab qolmoqchi bo ‘lgan edim.
Sen ham va’daga vafo qil. Yangiliklardan yozib tur. 
X o‘pmi? Xatingni kutaman. Sengayam muvaffaqiyat 
tilayman, d o ‘stim.

Download 2.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish