kungacha shu ish bilan ovora bo‘ldim. M aqsad —
o ‘zim yozgan she’rni konsert paytida sharillatib o ‘qib
berish edi. Ammo omadim kelmadi — meni konsert-
ga chiqarm oqchi bo ‘lgan o ‘qituvchimiz lop etib bosh-
qa maktabga ishga o ‘tib ketdi. Uning o'm ig a kelgan
yangi o ‘qituvchi mening tayyorgarligimdan xabar top-
gan ekan, she’m i o ‘z qulog‘i bilan eshitm oqchi b o ‘ldi.
0 ‘qib berdim.
— Bu she’ring mutlaqo yaramaydi, — dedi u. —
Ilgari o ‘qigan narsalami miyadan chiqarib tashlanglar,
deb aytgan edim -ku, axir. Boshqa she’r beram an,
konsertda shuni deklamatsiya qilasan.
U menga o ‘qish kitobini ochib «Vatanim» degan
she’m i ko‘rsatdi:
— M ana shuni yodlab ol. Konsertda yaxshilab
deklamatsiya qilasan!
Ammo yodlashga vaqt qani! Majlis ertaga belgilan-
gan. Bir kunda uni yodlab bo'ladim i. «Vatanim»
she’rini sen bilsang kerak. 0 ‘qish kitoblarimiz bir xil
b o ‘lsa, o ‘sha sahifani ochgin, ko‘rasan. Topolm asang,
mana o'qib ko‘r:
VATANIM
Ey, zarrin liboslarga zap o ‘ralib oigan,
Ey, b o ‘liq boshoqlar-u bog‘-rog‘larga to'lgan