Sinfdoshing Ahm ad Tarbay.
Dadalar a’lochi bo‘ladi
Anqara, 19-noyabr, 1963-yil.
Qadrli do ‘stim Ahmad!
Javob xating uchun katta rahmat. Menga yozgan
xating hamisha shunaqa bir quloch b o ‘lsin. Bu yerda
nima voqea ro‘y bersa, m en ham batafsil yozib tura-
man. Xatingni o ‘qib turganim da seni ko‘z oldim da bir
zum tasaw u r qildim. Shunda inspektor ikkoving qar-
shimda nam oyon bo'ldinglar. Kulaverib ichagim uzil-
di...
Endi senga uyimizni ta ’riflab bersam. Biz to ‘rt
qavatli binoda turibmiz. H ar bir qavatda ikkitadan
kvartira bor. Biz ikkinchi qavatdamiz. Dadam ning
uchala o ‘rtog‘i ham shu binoda oilasi bilan yashaydi.
Bu haqda senga oldingi xatimda yozgan edim.
Uyning orqasi maydon. Katta b o ‘lsa ham huvillab
yotadi. K echqurunlari ham m am iz shu yerda o ‘ynay-
miz.
Tunov kuniyam qiy-chuv ko'tarib o'ynab yurgan
edik, dadalarim izdan gap chiqib ketdi. H ar kim o ‘zi-
□E-----------------------
ning dadasini maqtayverdi. Mayda bolalar ayniqsa
to ‘polon ko‘tarib yuborishdi. M etin degan ukam bor.
Hozir uchinchi sinfda o ‘qiydi. H am m adan shu ukam
oshib tushdi. «Mening dadam zo‘rla, m ening dadam
bilag‘onla», deyaverdi ko‘kragini kerib.
Aslida haq gap bu. Dadamiz maktabda nuqul a ’lo
baholar bilan o‘qigan ekanlar. Buni o ‘z og‘izlaridan
eshitganmiz.
Ikki o ‘rtada bahs qizib ketdi.
— M ening dadam sizlarnikidan zo ‘r o ‘qiganlar.
Sinfdan sinfga nuqul a ’lo baholar bilan o‘tganlar. Ha,
mana shunaqa, — derdi M etin b o ‘sh kelmay.
D adam bilan birga o ‘qigan o ‘rtog‘ining o ‘g‘li:
— Ho, rosa olib qochding-ku! — dedi M etinni
kalaka qilib.
— Bu gapni kimdan eshitding o ‘zi? — so‘radi
boshqa bir bola.
— Dadam ning o ‘zlari aytganlar, — dedi M etin
kerilib. Keyin qo'shib q o ‘ydi:
— Kim ishonmasa, borib dadasidan so‘rasin.
H am m am izning dadamiz birga o ‘qishgan ekan. Rost
gapni aytib berishadi.
Kattaroq bolalar dahanaki jangga qo'shilm ay tur-
gan edi, m en bilan bir sinfda o ‘qiydigan qo‘shni
qiz:
— Yolg‘on gapirgani uyalmaysanmi, a ’lochi deb
mening dadam ni aytsa bo‘ladi,— deb ukamni koyib
berdi.
— 0 ‘zing ham aldoqchi ekansan. M ening dadam
sinfda hecham qolmaganlar. N uqul a ’lo o ‘qiganlar.
Tushundingm i?— dedi boshqa bir bola bo ‘ynini ch o ‘-
zib.
— G ‘irt yolg‘on bu. Dadang seni aldayapti. A’lo
chi deb mening dadam ni aytsa b o ‘ladi.
— D adam hecham aldamaydilar.
Katta bolalar ham bunga qo ‘shilganini ko‘rib,
xunobim oshdi. Bahs tobora qizib boryapti.
— T o‘g ‘rimi, opa? Dadam a ’lochi bo ‘lganlar-a?
0 ‘zing ayt, bular eshitishsin,— dedi ukam meni
madadga chaqirib.
— Ha, to ‘g ‘ri, shundoq b o ‘lgan, — dedim.
Qiy-chuv yana avjga mindi.
— Q o‘y, xafa b o ‘lma, kim nima desa deyaversin.
Baribir foydasi yo‘q, — dedim ukam ni yupatib.
Yoshi bizdan ancha katta bir bola:
— Ham m ang n o to ‘g‘ri gapiryapsan, — dedi m ah-
madanalik qilib. — Hech kimning dadasi a ’lochi b o ‘l-
magan. T o ‘g ‘risini aytsam, ularning orasida faqat me-
ning dadam yaxshi o ‘qiganlar.
— Ol-a! — dedi M etin qizishib.
— Ishonm asang, borib dadangdan so‘rashing
mumkin.
— Dadang laqillatipti seni!
— Seni!
M etin o ‘ziga ikkita keladigan bu bolaga kalla qil-
m oqchi bo'lgan edi, arang ushlab qoldim.
Uyga ketyapmiz-u M etin hadeb:
— Aldoqchilar... M aktabda faqat mening dadam
a ’lochi boigan! — deb h o ‘ng-ho‘ng yig‘ladi.
Uyga kira solib, u oyimning oldiga yugurdi.
— D adam a ’lochi bo‘lmaganmish. Dadam al-
doqchi emish.
Oyimning jahli qo ‘zib, jerkib berdi:
— 0 ‘chir ovozingni! Bu nim a qiliq? Yana qay-
tarsang, tilingni kesib olaman.
U kam darhol jim b o ‘ldi.
— Nimaga achchiq qilasan, M etin, — dedim uni
yupatish uchun.— Ayb o'zim izda b o ‘lishi ham m um -
kin. D adam iz ularning dadalari bilan bir maktabda
o ‘qim agandir balki.
— 0 ‘zlari doim birga o ‘qiganmiz, deyishadi-ku.
— Bo‘pti, kechqurun dadam ning o'zlaridan so‘-
raymiz. Bor gapni aytadilar.
G ‘ulg‘ulaga tushib qoldim. Bu masala meni ham
12
qiziqtira boshladi. Kechqurun ovqatlanib o ‘tirgan
edik, dadam dan boyagi gapni so‘radim.
— Ha, birga o‘qiganmiz, to ‘g‘ri. Aslida to ‘rtta-
lamiz ham bir sinfda o ‘qiganmiz. M en ulardan biri
bilan uch yil, qolgan ikkitasi bilan besh yil bir sinfda
o ‘qiganman.
Kunduzi oyim ning Metinga qilgan po ‘pisasi esim-
ga tushib, boshqa narsa so‘rashga yuragim betlamadi.
Ertasi kuni maktabga borganimda yonimdagi par-
tada o ‘tiradigan qizdan dadasi m aktabda qanday
o ‘qiganini so‘radim.
— M ening dadam nuqul a ’lo baho bilan o ‘qigan,—
dedi u.
Bu gapni orqam izdagi bola eshitib qoldi.
— M ening dadam ham a ’lochi bo ‘lgan ekanlar, —
dedi u kerilib.
Xullas, bu masala butun sinfning og‘ziga tushdi.
Atigi uch bola dadasi yoshligida qanday o ‘qiganligini
bilmas ekan. Qolgan ham m a o ‘quvchilam ing dadasi
a ’lochi bo ‘lib chiqdi.
Ahmad, xatim ni olganingdan keyin sen ham
dadangdan so‘rab k o ‘r — u kishiyam m aktabda a ’lo
baholar bilan o ‘qigan ekanlarmi? Lekin a ’lochi bo ‘l-
ganlariga hozirdanoq ishonam an. Chunki kimni olib
qarama, ham m aning dadasi negadir a ’lochi b o iib
chiqyapti.
Oradan ikki kun o ‘tmagan ham ediki, bir payt
M etinning o ‘qituvchisi oyimni maktabga ayttirib
yubordi. M a’lum b o ‘lishicha, ukam ning o ‘qishi pa-
sayib ketibdi. Ishdan qaytgach, bu gap dadam ning
qulog‘iga yetdi. D adam M etinni ancha koyib berdilar,
keyin esa uni oldilariga o ‘tqazib, yotig‘i bilan nasihat
qildilar.
— Axir mendan ibrat olsang b o ‘lmaydimi, o ‘g‘lim?
M en sendek paytim da ham m a fanlardan a ’lo baho
olib o ‘qirdim. Biror m arta ham past baho olm agan-
man. Sinfda m ening oldimga tushadigan bola yo‘q
13
edi. X o‘sh, sen-chi? Uyat emasmi, axir! Nimaga o ‘qi-
shingning mazasi yo‘q? Bola degan dadasiga o ‘xsha-
shi, undan ibrat olishi kerak-da, axir.
D adam ancha hovuridan tushgan edi, fursatni
qo ‘ldan bergim kelmadi:
— Q o‘yavering, dada,— dedim .— M etin ham katta
bo ‘lganida bolalariga maktabda zo ‘r o'qiganm an, deb
aytishi mumkin-ku.
Ilmoqli gapimni oyim fahmlab qolib, darrov tan-
behga o‘tdilar:
— Bu nim a beadablik, qizi tushmagur? Endi se-
ning tilingni kesib olaymi? 0 ‘zingdan katta gapirayot-
ganda tek o ‘tirsang bo ‘lmaydimi?!
Buyog‘iga indamay qo ‘ya qoldim. D adam boshqa
churq etib og‘iz ochmadilar.
Xullas, Anqaraga ko‘chib kelganimizdan beri h un
dan b o ‘lak yirikroq voqea yuz bergani yo‘q.
M endan ham m a sinfdosh o'rtoqlarga salom ayt.
Senga ham muvaffaqiyatlar tilayman.
|