Sinfdoshing Zaynab Yolqir.
Darslar yangidan boshlandi
Istanbul, 23-noyabr, 1963-yil.
D o ‘stim Zaynab!
19-noyabrda yozgan xatingni olib, qanchalik qu-
vonganimni ta ’riflab berolmayman.
Xunuk bir yangilik bor: o ‘qituvchimiz maktabdan
ketdi. Boshqa viloyatga ishga o ‘tganmish. Unga qattiq
o ‘rganib qolgan ekanmiz, eshitib juda xafa b o ‘ldik.
Oxirgi darsida biz bilan xayrlashdi, shunda b a’zilar
ko‘zyoshi to ‘kib olishdi. 0 ‘pkam to ‘lib, o ‘zimni arang
bosib o ‘tirgan edim, sinfdan chiqayotib boshimni
silashi bilan men ham chidab turolm adim . H o'ngrab
yig‘lab yubordim.
Aslida o'qituvchim iz h o ‘v o ‘sha inspektor kelgan
kundagi voqeadan keyin m enga unchalik ro ‘yxush
14
bermay yurgan edi. Shu xayrlashuv kuni bizga bir-ikki
og‘iz shirin gap aytib, hammamizga muvaffaqiyat tila-
di.
— Yana ko‘rishguncha xayr, bolalar!
Shunday dedi-yu, eshikka qarab yurdi. Y onim dan
o‘tib ketayotganida esa boshimni asta silab q o ‘ydi.
Yangisi ham erkak o‘qituvchi. Birinchi darsiga
kirishi bilanoq nim alam i o ‘tganimizni surishtira ketdi.
H ar qaysimizni birm a-bir turg‘izib, ketm a-ket savollar
berdi. Javoblarimizdan sira qoniqmadi.
— Afsus... Ming afsus... Hech nim ani bilmas ekan-
sizlar! — dedi u oxiri boshini chayqab.
D am ir bor-ku, D am ir, sinfimizning a ’lochisi.
Hatto shu Dam irning javoblaridan ham ko‘ngli to ‘l-
madi-ya. Navbat menga keldi. Bilganimni gapirib
berdim. U bo‘lsa nuqul «esiz, esiz» deb tizzasini sha-
patilab o ‘tirdi. Menga qolsa, so‘ragan narsalariga
to ‘g‘ri javob berdim.
Bolalar birin-ketin darslami gapirib berishyapti-yu,
u b o ‘lsa dam -badam :
— Shuncha yil o ‘qib, hech nim a o ‘rganmabsiz-da?
Bekorga kelib-ketib yuraveribsizlar-da? Esiz vaqt,
esiz... 0 ‘qish emas, uqish kerak edi, uqish, — deb
noliydi boshini chayqab.
— Nima, so‘ragan narsangizga to ‘g‘ri javob ber-
madimmi? — dedi bir payt Mine o ‘pkasi to ‘lib.
— Yo‘q, javobing to ‘g‘ri bo‘ldi, — dedi yangi
o ‘qituvchimiz. Keyin q o ‘shimcha qildi: — H a, to ‘g‘ri
javob berding. Lekin yuzaki, sayoz. Ham m alaring
shunaqa, bilimlaring sayoz ekan.
Uning bu gapidan qattiq ranjigan bo‘lsak ham
indamadik. Eski o ‘qituvchimizning darslaridan yom on
baho olib yurgan u c h -to ‘rt bola buni eshitib g ‘imirlab
qoldi. Yangi o ‘qituvchining gapi ularga moydek
yoqqan edi.
— Eski o ‘qituvchimiz yaxshi dars berardi, yom on
o ‘qimasdik, — dedi D am ir o ‘zini tutolmay.
15
— Ha, javoblaringizdan bilinib turibdi, — piching
qildi yangisi.
Shundan keyin u stol atrofida birpas aylanib yur-
gach, muloyimlik bilan gap boshladi:
— Bolalar! M ana endi kelishib olaylik. Ilgari
o ‘qigan narsalaringizni endi unutasiz. M utlaqo esdan
chiqaringlar. H am m a darslam i yangidan boshlaymiz.
Tushunarlimi?
D am ir qo ‘l ko ‘tarib so'radi:
— Axir biz kitobda nima yozilgan bo ‘lsa, shuni
o ‘qigan edik-ku?
— M en sizlarga endi hammasini esdan chiqaring,
deb aytyapman!
Yangi o'qituvchining birinchi darsi shunday o ‘tdi.
Tanaffusda bolalar tarafm a-taraf b o ‘lib ketishdi.
B a’zilar eski o ‘qituvchining yonini oigan bo ‘lsa,
boshqalar yangisini himoya qilishdi. Ochig‘ini aytsam,
hech kimga qo ‘shilmay betaraf qoldim.
Bir payt qo ‘shni 5-sinf o ‘quvchilari bilan gaplashib
qoldik. M a’lum bo ‘lishicha, ularga ham o ‘quv yilining
boshida yangi o ‘qituvchi kelgan ekan. Xuddi bizniki-
ga o ‘xshagan voqea yuz beribdi. U lam ing yangi o ‘qi-
tuvchisi ham darsga birinchi kirgan kuniyoq: «Ilgari
nim a o ‘tgan b o ‘lsangiz, hammasini esdan chiqa
ringlar!» — deb buyuribdi.
Yangi o ‘qituvchimizning bu uslubi ayrim bolalarga
juda qo‘l kelib qoldi. 0 ‘qituvchining biror savoliga
no to ‘g‘ri javob berib, dakki eshitadigan bo ‘lishsa,
darhol:
— Oldingi o'qituvchim iz bizga shundoq degan edi-
lar, afandim, — deyishadi.
0 ‘qituvchimizning esa battar fig‘oni falakka chiqa-
di:
— Ming m arta aytdim -ku senlarga, ilgari o ‘tilgan
narsalami esdan chiqaringlar deb!
Miyaga o ‘m ashib qolgan darslam i unutish qiyin
bo ‘larkan. Bu ish faqat D am im ing qo'lidan keldi,
xolos.
Bir kuni darsga maktab direktori kirib qoldi.
Tarix darsi edi. D irektor darslami qanday o ‘z-
lashtirayotganimizni bilm oqchi bo ‘ldi shekilli, D am ir-
ni o ‘m idan turg‘izib, qator savollar berdi:
— 0 ‘rta asr madaniyati nima?
D am ir indamadi. D irektor boshqa savolga o ‘tdi:
— Kitob bosishni kim kashf etgan?
D am irdan
sado
chiqm adi.
D irek to r
uning
a ’lochiligini bilardi, shuning uchun hayron b o ‘ldi:
— H a, nima b o ‘ldi, nega indamaysan?
— Hammasini unutdim , — dedi Damir.
— B oim asa Amerika qanday kashf etilganini
so‘zlab ber.
— U nutdim , afandim.
— Uyg‘onish davri deb nimaga aytiladi?
— Esdan chiqardim , afandim.
— Bu qandoq gap, hech narsa esingda qolm ap-
ti,— xunobi oshib dedi direktor. — X o‘sh, nim ani
bilasan o ‘zi, shuni gapirib ber.
— H ozir hech narsa bilmayman. Bilganlarimni
esdan chiqarib yubordim.
— H a, nechuk?
— Yangi o ‘qituvchimiz shundoq dedilar, eski
o ‘qituvchingiz nim ani o ‘tgan bo ‘lsa, endi ham m asini
unutib yuboringlar, deb aytdilar.
D irektor meni chaqirdi.
— Hindistonga dengiz yo‘lini birinchi b o ‘lib kim
ochgan?
Ana xolos! Aksiga olib, shu topda kashfiyotchining
ismini unutib qo‘yibman. Aslida tilimning uchida
turibdi-yu, lekin hecham eslayolmadim. D am ir boya
jo'rttaga aytgan bo ‘lsa, m en rostakamiga unutgan
edim.
— Esimda yo‘q, afandim, — dedim oxiri noiloj.
D irektor ko‘zoynagining ustidan o ‘qituvchiga bir
qarab qo‘ydi-da, indamay sinfdan chiqib ketdi. G o ‘yo
hech nima bo^m aganday, o ‘qituvehi-4afsm -kelgaQ
joyidan boshlab yubordi:
-------------------------------
i n i
— X o‘sh, yovuz Salim sultonga kelsak...
Tanaffusda bolalar D am ir ikkovimizni o ‘rab olib,
tasanno aytishdi. Aslida esa Hindistonga dengiz orqali
boradigan yo‘lni kim kashf etgani m utlaqo yodimdan
ko‘tarilgan edi.
Mendagi bu parishonxotirlik kasali boshimga yana
ko‘p savdolar soldi. M ana, yana bir shingilini eshit.
Juda sharm anda bo‘ldim.
Voqea bunday bo‘ldi. 0 ‘zing bilasan, maktabda
ota-onalar kengashi, oila-m aktab ittifoqi degan narsa
bor. Bir kuni ota-onalar majlisidan keyin qoMbola
konsert qo'yib berishga ahd qildik. M enga deklama-
tsiya qismini topshirishdi.
Ilgarigi o ‘qituvchimiz bir darsda q o ‘yni juda maq-
tab gapirgan edi. Q o ‘y g‘oyat foydali jonivor, sut bera-
di, yog‘ qiladi, go‘shti lazzatli bo ‘ladi, junidan m ato-
lar to ‘qiladi, terisidan issiq po ‘stin chiqadi, suyaklari-
da ilik b o ‘ladi, uning qiyi o ‘g‘itning zo ‘ri hisoblanadi,
deb aytgan edi.
0 ‘sha kuni darsdan chiqiboq bitta she’r yozib tash-
lagan edim. M ana o ‘sha she’rim:
|