Va osmon bo ‘y i doston bitgan vatanim, hey!
Ey, o ‘sha buyuk insonni bergan onaning,
Ey, jabr-u jafo, kurash, imon hamda nolaning
Va Sinon bitgan cho ‘ng qubbaning vatani, hey!
Xullas, «ey» bilan boshlanib, «hey» bilan tugaydi-
gan oddiy bir she’r! Ammo qanchalik harakat qilmay,
vaqt juda oz bo'lgani uchun uni yaxshi yodlab olol-
madim.
Ertasiga maktabga kelishim bilan o ‘qituvchimiz:
— Qani, konsertdan oldin bir repetitsiya qilib
ko‘raylik-chi. 0 ‘qi she’rni, eshitamiz, — deb qoldi.
0 ‘zim bilganimcha o ‘qib bergan edim, unga m a’-
qul bo ‘lmadi:
------------------------------------------------------------------- COO
— Yaramaydi. She’r degan bunday deklamatsiya
qilinmaydi, — dedi u norozi bo ‘lib.
Yana qaytarib deklamatsiya qildim. Baribir unga
yoqmadi.
— She’m i she’rdek o ‘qish kerak, bo ‘tam. Bu senga
ko‘chada o ‘tgan-ketgandan adres so‘rash degan gap
emas. Joyiga qarab ovoz yangrab chiqishi yoki mayin
b o ‘lishi lozim. Ba’zan pardani titratib bos. Lozim
bo ‘lsa ovozing ipakdek mayin b o ‘lsin, keragida esa
arslondek n a ’ra tort. Shuni ham aytib qo‘yayki, she’r
o ‘qiyotganingda chap qo‘lni belga tirab, o ‘ng qo ‘lni
to ‘g‘riga uzatib tur. Innaykeyin, «hey» degan undov
kelganida oyog‘ing bilan polni qattiq do ‘pillatib ur.
M ana, hozir senga ko‘rsatam an, ko‘rib qo‘y. She’r
deklamatsiya qilish mana bunaqa bo'ladi.
0 ‘qituvchimiz she’rni o ‘zi aytganidek qilib o ‘qib
berdi. «Hey» degan joyga kelganida o‘ng oyog'ini dast
ko‘tarib, polni zarb bilan bir tepdi.
— G ap degan bundoq b o ‘pti. G 'anim larning
boshini yanchib, yer bilan yakson qilmoqchi bo‘lgan
odamdek, bor kuching bilan polni tepishing kerak.
Aytganini qildim. Ammo xayol oyoqqa ketib,
she’m ing b a ’zi misralarini unutib qo ‘ya boshladim.
Aslida-ku o ‘z bilganimcha deklamatsiya qilaverganim-
da hecham yanglishmasdim-a...
She’m i aytgan usulida boplab o ‘qib berdim -u,
am m o tepinishlarim unga yoqmadi. H ar gal polni
dukillatib tepganim da: «Qattiqroq, qattiqroq tep!
Poshna bilan, poshna bilan!» deb turdi.
K o‘p urinib ko‘rdim, baribir ko‘ngli to ‘lmadi. Oxi-
ri sabri chidamadi:
— M ana, qarab tur, yana bir m arta ko‘rsatib bera-
man!
0 ‘qituvchi «hey» deb o ‘kirganicha polni gursillatib
bir tepgan edi, sinfning deraza oynalari sharaqlab
ketdi.
— Ana, ko‘rdingmi endi. Turk o ‘g‘loni depsin-
ganida yer m ana shunday larzaga kelmog‘i kerak. Ha,
shundoq bo'lsin.
[J D -------------------------------------------------------------------
— Sizday qilolmayman, o ‘qituvchi. Chunki siz eng
kamida yuz kilo kelasiz, men bo'lsam bor-yo‘g‘i qirq
ikki kiloman, — javob berdim unga o ‘zimni oqlash
uchun.
M ehnati zoye ketdi, aytganini hecham eplol-
madim. Qattiq darg‘azab b o ‘ldi. Yana bir gal: «Va
osmon bo‘yi doston bitgan diyorim, hey!» deganicha
jahl bilan oyog'ini ko'tarib polga bir urgan edi, qattiq
dodlab yubordi.
0 ‘zing yaxshi bilasan, sinfimizning pollari chirib
ketgan. Shu chirigan taxtalardan biri sinib, oyog‘i
kirib qolipti. Darhol yordamga keldim. Ikkovlashib
oyog‘ini kovakdan zo‘rg‘a tortib oldik. Shovqinni
eshitib, boshqa o ‘qituvchilar ham chopib kelishdi.
Hamma: «Nima bo ‘ldi, tinchlikmi?» deb so‘raydi.
— Endi ko‘rdingmi, b o ‘tam , — dedi o ‘qituvchi bir
oyog‘ini sudrab tashqari chiqar ekan. — Oyoq har gal
yerga tekkanida ham m ayoq larzaga kelsin, xuddi yer
qimirlaganga o ‘xshab chayqalib ketsin.
0 ‘qituvchi chiqib ketganidan keyin b u n d o q
oyog'imga razm solib qarasam, ishning pachavasi
chiqipti, hadeb heylayverib tovonni shishirib qo ‘yib-
man.
Konsert naq ikki soat davom etdi.
Men o ‘zim yozgan «Qo‘y» she’rim ni salkam bir oy
yod olib yurgan edim. Shuning uchun ham uning
satrlari miyamga qattiq o ‘mashib qolgan ekan, hadeb
esimga tushaveradi. «Vatanim» she’rini yodlab yurga-
nimda ham beixtiyor o ‘zimning satrlarim ko‘z oldim -
da turdi. Bu yangi she’m i bir amallab yodlab ol-
dim -u, lekin hadeb oyoq ko‘taraverganim uchun satr-
larini adashtira boshladim. A ñidan, oyoqqa zo‘r berib,
miyani ishdan chiqarib qo ‘yganga o ‘xshayman.
— Navbating keldi! Tez bo ‘l, sahnaga chiq! — deb
bolalar meni orqam dan turtib sahnaga chiqarishdi.
Zal ota-onalar bilan liq to ‘la ekan. 0 ‘qituvchimiz
sahna ortida bizga suflyorlik qilishi kerak.
M en sahnaga chiqdim. M ehm onlarga boshim ni
silkib, salom berdim. Ammo boshim ni qimirlatishim
21
bilanoq deklamatsiyaning sarlavhasi xayoldan qochdi.
Bu qanday bedavolikki, Zaynab, shu topda miyamga
o ‘zimning «Qo‘y» she’rim kelsa bo‘ladimi! M en tush-
m agur ilgari yodlab oigan narsalarimni unutish o‘r-
niga, yangi o ‘rgangan she’rim ni esdan chiqarib o ‘ti-
ribm an-a.
Qanchalik mushkul ahvolda qolganimni o'zing bir
tasaw u r qilib ko‘r. M en sahnadan turib zalda o ‘tir-
ganlarga term ulam an, ular esa menga. Xullas, ancha
vaqtgacha bir-birimiz bilan ko‘z urishtirib turaverdik.
Xayriyat, o ‘qituvchimiz jonim ga ora kirdi —
orqadan she’ming nom ini pichirlab aytdi. Darhol
ovozimning boricha «Vatanim!» deb qichqirdim .
Uyog‘i yana esda yo‘q. N im a qilish kerak? Indam ay
turgan bilan bo'lmaydi. Sarlavhani yana bir qaytaray,
zora ungacha buyog‘i esga tushib qolsa, degan
m aqsadda yana bir m arta «Vatanim!» deb hayqirdim
Yana jim b o ‘ldim. Zalda qarsaklar yangradi. Hayron
b o ‘ldim. «Vatanim!» deganimda nimaga chapak cha-
lishganiga tushunolm adim . Shu payt yana o ‘qituv-
chimizning nim ovozi eshitildi. Kelgan joyidan bosh-
lab yubordim. Ammo oldingi gal tom oqqa qattiq kuch
berib qo'ygan ekanman shekilli, ovoz ehiqmay qoldi,
xirillab, zo‘rg‘a «Ey!» deyoldim, xolos. Yana cha-
pakvozlik bo ‘ldi. Ochig'i, gangib qoldim. M iyamda
satrlar bir-biriga qorishib ketdi.
Z o ‘rg‘a o'zim ni
q o ‘lga olib, deklamatsiyani boshlab yubordim. Bolalar
keyin gapirib berishicha, bu ajoyib she’m i shundoq
deb boshlabman:
|