Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/47
Sana25.01.2024
Hajmi2.74 Mb.
#145731
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8
AL Mustaqil ish 2, togri-chiziqli-tekis-harakatni-grafik-usulda-tasvirlash
Zaynab Yolqir.
Vijdon azobi
Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.
Zaynab!
N im a yozsam, shuni maqtayapsan. Bu bilan sen 
meni yaxshiroq yozishga d a’vat etyapsan. Iliq gapla- 
ring uchun rahmat. Bir xatingda: «Sen nuqul kuladi- 
gan narsalam i yozasan», degan eding. Esingdami? Bu 
galgisi kulgidan yiroq, yurakni ezib yuboradi. Voqeani 
o ‘qituvchidan eshitdik. Bizga juda-juda ta ’sir qildi.
Tunov kuni darsda Husayn kitobdan bir nim ani 
o ‘qib berayotgan edi, vijdon azobi, degan birikmaga 
duch keldi. 0 ‘qituvchimiz uni to ‘xtatib, vijdon azobi 
nima ekanini bizga rosa tushuntirib berdi. Keyin: 
«Mana shunga vijdon azobi deyiladi. Tushunarlimi?» 
deb so‘ragan edi, ham m am iz «tushunarli, tushunarli», 
deb aytdik.
m--------------------------------


— Tushunarli b o ‘lsa endi bunga misol keltiramiz.
Yashar qanaqa bola ekanini o ‘zing bilasan. H ozir
ham orqa partada o ‘tiradi. Fikri darsda emas, boshqa 
narsalarda. D am yonidagi markalarini sanasa, dam
qog'ozga rasm chizib o ‘tiradi. 0 ‘qituvchi to ‘satdan 
Yashami chaqirib qoldi.
— Qani, Yashar, sen ayt-chi, vijdon azobiga hech 
uchraganmisan?
Yashar o‘qituvchining oldingi gaplarini sira eshit- 
magandi. Chunki o ‘yin bilan ovora edi. Lekin quv 
bola emasmi, «ha, dedim, tutildim , yo‘q, dedim, 
qutildim», qabilida ish ko'rganim m a’qul, deb o ‘yladi. 
Shuning uchun:
— Yo‘q, afandim, sirayam vijdon azobiga uchra- 
maganm an, — deb javob berdi.
— Iya, bu qandoq b o ‘ldi? Vijdoning hecham
azoblanmaganmi?
— H echam , afandim.
N ash’a ham isha m ahm adonalik qiladi. 0 ‘qituv- 
chining ko‘ziga bo ‘zrayib qarab turadi-da, sekin 
q o ‘lini ko‘taradi. Shundayam tinch o'tirolm aydi, 
hadeb:
— M en aytib beray. Menga so‘z bering, menga 
so‘z bering, — deb javrayveradi.
— Ha, mayli. N ash’a, sen aytib beraqol. Qani, 
necha m arta vijdon azobini tortgansan, nim a voqea 
ro ‘y bergan, eshitaylik-chi?
— Vijdon azobiga ko‘p uchraganm an, — javob 
berdi N ash’a kerilib.
— Bo‘lmasa eshitaylik.
— Qaysinisini aytib beray?
Sinfdagilar sharaqlab kulib yubordi. S h o ‘ring 
qurg‘ur N ash’a vaqtdan yutm oqchi bo ‘lgan edi-da.
0 ‘qituvchimiz ham miyig‘ida kulib qo ‘ydi.
— Obbo N ash ’a-ey! Vijdoning juda ko‘p azob tort- 
gan ekan-da? Mayli, o ‘zingga m a’qulini gapirib 
beraver.
N ash’a odatdagidek g‘o ‘ldiray boshladi. Odatini 
o'zing bilasan, hamisha shunaqa qiladi. G apni rosa


rezinkaday ch o ‘zadi. Bu safargisi ayniqsa oshib tush- 
di. Oxiri:
— Kattaga izzat, kichikka hurm at ko‘rsatish ke- 
rak, — deb ming‘illadi.
Uning bu nasihatom uz gapi o‘qituvchini ham qi- 
ziqtirib qo‘ydi.
— Xo‘sh, innaykeyin? — so‘radi u N ash’ani batar 
hovliqtirib.
— Bir xotin o ‘g‘liga shu gapni aytib turgan ekan, 
qo ‘qqisdan ko‘cha eshigi taqillab qopti. Boyagi xotin 
derazadan m o'ralab qarasa, qaynotasi emish. Darhol 
o ‘g‘lini chaqiribdi-da: «Bor, eshikni och, buvang 
keldi, m eni so‘rasa, uyda yo‘qlar deb ayt», debdi. Bola 
yugurib borib eshikni ochipti, keyin: «Buvajon, oyim 
uyda yo‘qlar, ko‘chaga chiqib ketuvdilar», debdi. Buni 
eshitgan chol nevarasiga: « 0 ‘g‘lim, oyingga borib ayt, 
ko'chaga chiqib ketadigan bo‘lsa kallasini derazaga 
qo ‘yib ketmasin», deb orqasiga o ‘girilib ketaveribdi.
N ash’a gapini tugatgach, chuqur tin oldi.
— Bu gapning senga aloqasi bormi?
— Yo‘q, men buni bir jum alda o ‘qigan edim.
— U nday b o ‘lsa buning senga nima daxli bor?
— Menga emas, o ‘sha bolaning onasiga daxli bor. 
Vijdon azobini u tortgan.
0 ‘qituvchimiz ham m adan bir-bir surishtirib chiq- 
di. M a’lum bo'lishicha, oram izda hech kim vijdon 
azobiga uchram agan ekan. H am m a birovlami misol 
qilib keltirdi.
— Demak, sizlar vijdon azobi nimaligini hali bil­
mas ekansizlar,— dedi o'qituvchi savol-javobdan 
keyin. — Biror shaxs biror nojo‘ya ish qilgan va keyin 
o ‘zi pushaym on bo'lgan taqdirda, u vijdon azobiga 
duchor bo‘ladi. Uning bu nojo‘ya harakati kimgadir 
og‘ir botishi kerak.
0 ‘qituvchi biroz o ‘ylanqirab turdi-da, keyin qo ‘- 
shimcha qildi:
— H ozir m en sizlarga bir voqeani aytib beraman. 
Vijdon azobi uchun juda mos bu.
48


H ammam iz jim bo ‘ldik.
— U paytlari biz litseyda o ‘qirdik. Direktorim iz 
juda badjahl odam edi. O 'qishlarni boshlab yuborga- 
nimizga endi ikki-uch kun bo‘lgan. Sinfimizda yangi 
bola paydo bo ‘ldi. Boshqa m aktabdan o‘tgan ekan. 
Hali uning isminiyam bilmasdik. U doim b ir qo ‘lini 
shimining ch o ‘ntagiga tiqib yurardi. Hali yaxshiroq 
tanishib olmaganimiz uchun nega bunday qilib yuri- 
shini so‘ramagan edik.
Bir kuni katta tanaffusda litsey hovlisida o ‘ynab 
yurgan edik, birdan direktor kelib qoldi. Yangi bolaga 
ko‘zi tushgan b o ‘lsa kerak, darhol uni chaqirdi. Bola 
yugurib oldiga keldi. Kelishga keldi-yu, lekin cho‘n- 
tagidan q o ‘lini olmadi.
0 ‘yin taqqa to ‘xtadi. Bolaning q o ‘li ham on cho‘n - 
takda. H am m am iz xavotirga tushdik. Chunki direktor 
qanaqa badjahl odam ekanini bilamiz.
— Nega qo ‘lingni cho‘ntakka tiqib turibsan? — 
o ‘dag‘ayladi u. Yangi bola boshini quyi solganicha 
churq etmay turaverdi.
— Chiqar qo'lingni!
D irektor qattiq o ‘shqirdi. Bola qim ir etmadi.
— Karmisan, senga aytyapman!
— Eshitdim, afandim, — zo‘rg‘a javob berdi u.
— Eshitgan bo ‘lsang, nimaga serrayib turibsan? 01 
qo‘lingni cho'ntakdan!
Bola sekin boshini ko‘tarib, atrofini o ‘rab olgan 
tengqurlariga, keyin qarshisida turgan direktorga 
m o'ltirab qaradi. Ammo cho'ntakdagi qo‘lini qim ir- 
latmadi.
— Bezorixona emas bu yer! Aytgan gapni qil, 
ablah!
Q oni qaynagan direktor qulochkashlab turib 
bolaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Bola gup etib 
yerga ag‘darildi. Shimining cho‘ntagiga tiqilgan chap 
yengi shalvirab, yoniga tushdi.
H am m a turgan joyida qotib qoldi. 0 ‘rtaga m ud- 
hish sukunat cho‘kdi. D irektor surat bo ‘lib qolgan edi.
49


Bola qo‘lsiz ekan. Bir qo‘li yo‘qligini bizga bildir- 
maslik uchun yengini shimining ch o ‘ntagiga qayirib 
yurarkan.
D irektom ing ko‘ziga yosh keldi. Yerga engashib 
bolani o ‘m idan turg‘azdi. Keyin siniq ohangda:
— Shuni ilgariroq aytsang bo ‘lmasmidi, bo ‘tam , — 
deganicha uni qo ‘ltig‘idan olib, xonasiga boshlab 
ketdi.
0 ‘sha kungi voqeadan keyin qo‘lsiz bolani mak- 
tabda qayta ko'rm adik. Bola bechora um um an mak- 
tab ostonasiga boshqa qadam bosmadi. D irektor uning 
uyiga borib o ‘zidan va ota-onasidan kechirim so‘radi. 
Maktabga qaytib kelsin, o ‘zim unga qarab yuraman, 
deb yalindi hamki, bola bu dargohga qayta qadam 
bosmadi.
0 ‘qituvchimiz hikoyasini tugatgach, sinfga chuqur 
jimlik ch o ‘kdi. Ham m ani og‘ir xayollar chulg‘ab oldi.
Tanaflusga qo ‘ng‘iroq chalindi.
Shu voqeadan keyin, litsey direktoriga sinf- 
dan chiqayotib, — vijdon azobi shunday bo ‘ladi, — 
dedi.
— 0 ‘qituvchining o ‘ziyam boshqa odam lam ing 
vijdon azobini gapirib berdi-ku, — hayron bo ‘ldi 
N ash’a ancha sergaklanib olgach.
Darvoqe, to ‘g‘ri. 0 ‘qituvchimiz ham xuddi bizga 
o ‘xshab birovlaming boshidan kechgan voqeani aytib 
bergan edi.
0 ‘g‘ilbola gapni Yashar aytdi:
— Masala ravshan, bolalar. Vijdon azobi degan 
narsa egasining esida turm as ekan. H am m a birovlar- 
nikini aytib yurarkan.
Ertasi kuni D am ir yangi gap topib keldi.
— M en buni dadam dan so'radim . D adam bolalar- 
da vijdon azobi bo'lm aydi, chunki ular hali balog'atga 
yetmagan, deb aytdilar. Vijdonsizlik ko‘proq katta- 
laming qo ‘lidan kelarkan.
Bilaman, eng to ‘g‘ri gap shu. X o‘sh, sening fikring 
qalay? Shunga q o ‘shilasanmi?
50


H ar kuni o ‘qishdan kelgach, oyimdan menga xat 
bormi, deb so‘rayman. Meni xursand qilm oqchi bo ‘l- 
sang, tezroq javob yoz. Yaxshi kunlar yor b o is in
senga, Zaynab.

Download 2.74 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2.74 Mb.
Pdf ko'rish