Ahm ad Tarbay.
------------------------------------------------------------------- [J O
Sendan buni kutmagan edim
Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.
Ahmad!
M enga kanda qilmay xat yozib turganing uchun
rahmat. Eng so'nggi xatingni o ‘qir ekanm an, qiziq-
qiziq voqealar faqat senda uchrar ekan-da, deb o ‘ylab
qoldim. Yoki sen bularni ataylab b o ‘rttirib yozyapsan-
mi? H ar gal xatlaringni zavq bilan o'qib chiqam an.
Endi m en ham q o iim d an kelganicha sendan o ‘rga-
nishga harakat qilaman.
0 ‘tgan kuni bizning sinfimizda ham qiziq bir ho-
disa ro ‘y berdi. Tanaffusga chiqqanimizda rosa mi-
riqib kuldik. Darsda kulishga imkon b o im ad i, chunki
o ‘qituvchimiz haddan tashqari jig‘ibiyron b o ig a n edi.
Menga taqlid qilmoqchi b o iib , haqiqatni b o ‘rttirib
yozyapti, deb o ‘ylama. M en bor gapni oqizmay-
tom izmay aytib beraman. Ichim dan hech narsa qo ‘sh-
maslikka harakat qilaman.
Dastlab m en seni shu voqeaning qahram oni bilan
tanishtirib o ‘tay.
Sinfimizda Usm on degan bir bola bor. 0 ‘zi a io -
chi. Hisobga ayniqsa usta. Ham isha saranjom-sarishta
yuradi. D ovotida nuqul rang-barang qalam lar b o ia d i,
ham m asining uchi silliq qilib ochilgan. Nega uning
qalam lari hecham sinmaydi, heb hayron b o iam an .
M en bunday qilolmayman. Qalamlarim o ‘zidan o ‘zi
yerga tushib sinaveradi. Kerak b o iib qolganida pap-
kam dan birorta ham uchi butun qalam topolmayman.
Oyim shunisiga ham shukur qil, deb meni yupatadi.
Chunki opam o ‘qiganda papkasida um um an qalam
turm as ekan, doim yo‘qotib yurarkan. Demak, m en
opamga qaraganda ancha sarishta ekanman.
U sm onning yozma ishlari biram ko‘rkam b o ia d i-
ki! Harflari marvarid donasiga o ‘xshab alohida-alohi-
da ajralib turadi. Yozma ishining har bir betini rangli
qalam bilan chiroyli qilib bezaydi. K o‘rgan kishining
havasi keladi. 0 ‘qituvchimiz uning ishlarini hamisha
bizga o ‘rnak qilib ko‘rsatadi. Men ham Usm onga
o ‘xshab chiroyli va ozoda yozmoqchi b o ia m a n -u
nuqul xatim suykalib, siyohlar chaplashib ketadi.
Sizlarda qandoq, bilm adim -u, am m o bizning o ‘qi-
tuvchimiz xudoning bergan kuni sinfda yozm a ish
o ‘tkazadi. Bu ham yetmagandek kun ora uyga har xil
savollar berib yuboradi. Bularga ham yozm a javob
berishimiz kerak.
Bir kuni Usmon:
— 0 ‘qituvchi ham m a yozma ishlarimizni o ‘qishi-
ga ko‘zim yetmaydi, — deb qoldi.
M en hayron b o id im .
— 0 ‘qimaydigan b o is a , nega bizni ovora qiladi?
Usmon fikrida q at’iy turib oldi.
— X o‘sh, o ‘qimasligini nim a bilan isbot qilasan? —
luqma tashladi bir bola.
— K o‘rinib turgan narsa bu. M ana, xom cho‘t qilib
ko'raylik. Har kuni bir m arta yozma ish o ‘tkazadim i?
— T o‘g‘ri, — bir og‘izdan tasdiqladi ham m a.
— Kun ora uyga ham yozma ish berib yuboradimi?
— Shundoq.
— M ana endi hisoblab ko‘ramiz. Sinfda nechta
o ‘quvchimiz? Ellik ikkimi?
— Ha.
— Demak, o ‘qituvchimiz bir kunda ellik ikkita
inshoni o ‘qib chiqishi kerak. Bundan tashqari, kun
ora uyga ham vazifa beradi. Bir kunga yigirma olti-
tadan to ‘g‘ri keladi. Boyagi ellik ikkiga yigirma oltini
qo'shsak, yetmish sakkiz b o iad i. Dem ak, bir kunda
yetmish sakkizta ishni o ‘qib chiqishi kerak ekan.
Qani, aytingchi, uyiga qaytgach, u yozma ishlarimizni
qachon ko‘ra boshlaydi?
— 0 ‘zi biladi. Senga nima?
— Hisobga kerak axir. Bitta ishni necha m inutda
ko'rib chiqish mumkin?
Usm on darrov hisoblab chiqdi. M a iu m b o iish i-
cha, hamm a yozma ishlami ko‘rib chiqish uchun
41
kamida o ‘n bir soat vaqt kerak b o ‘larkan. 0 ‘qituv-
chimiz kechasi bilan uxlamay o'qigan taqdirda ham
bunga vaqti yetmas ekan.
Buni eshitib, bolalar churq etmay qolishdi.
— H arholda o ‘qisa keragov, — dedim jimlikni
buzib.
— H a, albatta, yozma ishlarim izni ko'rishga
ko'radi, — javob berdi Usmon. — Lekin hammasini
emas, tanlab ko‘radi.
Oradan bir-ikki kun o'tgan edi, qizlardan biri
menga:
— Usmonning taxm ini to ‘g‘riga o ‘xshaydi, — deb
qoldi. Keyin bir voqeani aytib berdi.
Dugonamning uyi o ‘qituvchinikiga yaqin ekan.
Ertalab maktabga kelayotganida birdan shamol ko‘ta-
rilibdi. Bundoq qarasa, yerda har xil qog‘ozlar sochilib
yotganmish. Kerakli narsa b o im asin tag'in, degan
xayolda u engashib bir varaq qog'ozni olibdi. Bundoq
o ‘qib qarasa, o ‘zining kechagi yozma ishi emish.
Oldiniga hayron b o iib d i. Bu yerga qayerdan kelib
qoldiykin, deb atrofiga alanglabdi. Keyin o ‘qituv-
chimizning uyi oldidagi axlat qutisiga ko ‘zi tushibdi.
Quti t o i a qog‘oz emish.
— Ishonmasang, m ana, o ‘zing ko‘r! — deya u
menga q oiidagi g‘ijim qog'ozni uzatdi.
— Yozma ishlarimizni ko‘rib chiqqandan keyin
biror yerga tushlaydi-da. N im a, ulam i sandiqqa bisot
qilib bosib qo‘ysinmi? — dedim pinagimni buzmay.
Tarix darsi edi.
— H ozir o ‘qituvchimizni bir sinab ko‘raman.
Qani, yozma ishlam i ko‘rarmikin yoki y o ‘qmi, — deb
qoldi bir payt Usm on.
— N im a qilmoqchisan?
— Keyin ko‘rasan.
— 0 ‘qituvchimiz savollami doskaga yozdi. H am -
masiga yozma javob berishimiz kerak. M ana, o ‘sha
savollar: «Daftardor, nishonchi, beglarbegi, ajami
42
o ‘g io n deb kimga aytilgan? Sulton Ibrohim davriga
tushuntirish bering»1.
Usmon tanaffusda nim a ish qilganini gapirib berdi.
Rosa kulishdik. Gapiga qaraganda, u sulton Ibrohim
davriga tushuntirish berayotganida ozgina to ‘g‘ri gap
qilibdi-da, buyog‘ini ichidan to ‘qibdi. Keyin sulton
Ibrohimga atab bir xat yozibdi. Xatning boshiga:
«Tentaklarning tentagi b o ig a n sulton Ibrohim tog‘a!»
deb yozib qo‘yibdi.
Shundan keyin boshqa savollarga o ‘tibdi. Yozgan
javoblari shu emish.
«Beklarbegi — Bosfor b o ‘yidagi bekatning nomi».
«Daftardor — daftari bor odam».
«Nishonchi — mergan degani. Sinfimizdagi C hetin
degan bolaning laqabi shunaqa. Biz uni ko‘r mergan,
deb chaqiramiz. Chunki fútbol o ‘ynab qolsak, darvoza
bir chekkada qolib, u nuqul to ‘pni derazaga qarab
tepadi. Uning dastidan maktabda butun oyna qolgani
yo‘q».
«Ajami o ‘g‘lon — sinfimizdagi Rizo degan bola
ning naq o ‘zi. H echam lanka o ‘ynashni bilmaydi.
Nuqul bizga malaylik qilgani qilgan».
Usm onning gaplariga uncha ishonmadik. H arhol-
da aravani quruq olib qochgan b o is a kerak.
Ertasiga u toza hadiksirab yurdi. Ikki-uch kun-
gacha yuragini hovuchlab turdi-yu, lekin o ‘qituvchi
bir og‘iz bir nima dem aganidan keyin ancha o ‘zini
bosib oldi. Shu-shu u ko‘zbo‘yamachilikka o ‘rganib
qoldi. Aytishicha, savollarga bir-ikki qator to ‘g‘ri
javob berarkan-da (o‘qituvchining ko‘zini sham g'alat
qilish maqsadida), buyog‘iga xohlagan narsasini yoza-
verarkan.
' Bu so 'z la m in g ham m asi T urkiya tarixiga oid. D aftard o r — b iro r viloyat-
n ing m oliya ishlari bilan sh u g 'u llan g an shaxs. N ish o n c h i — p o d sh o h a ’y o n la -
riga in ’o m etiluvchi im tiyoz q o g 'o zlarig a saroy m u h rin i bosadigan shaxs,
m u h rd o r. Beglarbegi — kichik viloyat h o k im i, to 'ra . Ajam i o ‘g‘lon — hali h a r-
biy x izm atn i tugallam agan askar.
(Tarj.)
43
Usmon bizni laqillatyapti, deb o ‘ylab yurgan edik,
lekin kechagi voqeadan keyin sira shubha qolmadi.
Voqea bunday b o id i. Birinchi darsga kirib, sinfda
o ‘tirgan edik. Saldan keyin eshik ochilib, o ‘qituv-
chimiz kirib qoldi. D oim xushchaqchaq yuradigan
odamning bugun qovogidan qor yog‘ilib turibdi.
«Salom, bolalar!» deb o ‘dag‘aylaganicha joyiga borib
o ‘tirdi.
— Qani, Usm on, o ‘rningdan tur-chi!
Usmon joyidan qo ‘zg‘aldi.
— Yaqinroq kel!
Usmon uning oldiga bordi.
— Bolalar, ikki kun oldin m en tabiat darsi bo ‘yi-
cha sizlardan yozma ish oigan edim. Esingizdami?
M ana hozir sinfdoshingiz Usm on yozgan ishini ham -
mamizga o ‘qib beradi.
Usmon lavlagidek qizarib ketdi.
— Qani, o ‘qib ber-chi! Nima yozgan boisang,
barini o ‘qi! Savollarni ham qo‘shib o ‘qi! — deb o ‘qi-
tuvchi q oiidagi ishni unga uzatdi. Usm on noiloj o ‘qiy
boshladi.
«Savol 1. Shamol nima? U qanday hosil b o iad i?
Javob. Havo isigandan keyin uning hajmi kengaya-
di, ogirligi kamayadi, natijada u tepaga ko‘tariladi».
— 0 ‘qi, o ‘qi, davomini o ‘qi!
— Tepaga ko‘tarilgan shamol... shamol... shamol...
Usmon g ‘o ‘ldirab qolgan edi, o ‘qituvchi o ‘shqirdi:
— Ha, shamolga nim a qipti?!
— Shamol «Galatasaroy» komandasiga ko‘p hala-
qit berdi. 0 ‘yinning birinchi yarmida «Galatasaroy»
komandasi shamolga qarshi o ‘ynadi. Lekin shunga
qaramay galatasaroychilar chiroyli kombinatsiyalar
ishlatib, zo‘r m ahorat ko‘rsatishdi. 0 ‘yin juda shid-
datli b o id i. «Anqarakuchi» komandasi galatasaroychi-
laming hujumiga bardosh berolmadi. Qattiq kurash
vaziyatida o ig a n bu o ‘yinda «Galatasaroy» fútbol
komandasi 2:1 hisobi bilan yutib chiqdi.
44
«Savol 2. Bo‘ron deb nimaga aytiladi?
Javob. Sekundiga yigirma m etrdan ko‘p tezlik
bilan esadigan shamol bo‘ron deb ataladi. «Galatasa-
roy» komandasi «Mitxatposho» stadionida chinakam
bo‘ron yasab turgan edi. Ammo sudya o ‘z vazifasini
yaxshi eplolmadi. Metin Shukriga bo ‘rondek ham la
qilgan edi, Shukri oyog'ida turolm ay yiqilib tushdi.
Sudya buning uchun penalti berdi. Stadionda o ‘tirgan
fútbol ishqibozlari bundan qattiq g‘azablandilar».
Kulgidan o ‘zimizni zo‘rg‘a tiyib o ‘tiribmiz. O ra-
mizda piqirlab kulganlar ham b o id i. U sm onning
ovozi titray boshladi. Xijolatpazlikdan yig'lab yubora-
digan holi bor.
— Bu nima qilganing, Usm on?
Usm on o ‘qituvchiga javob berish o ‘rniga yuzini
teskari oldi.
— M en seni yaxshi o ‘quvchim deb bilardim. Bu
ishni sendan kutmagan edim. Bor, joyingga o ‘tir!
Rostini aytsam, Usm on qo ‘lga tushganidan ich-
ichim dan xursand b o ‘ldim.
— X o‘sh, qalaysan endi! — deb tanaffusda uni
mayna qildim. — Yozma ishlarimizni tekshirar ekan-
mi?
Ittifoqo o ‘sha kuni kechqurun uyimizga m ehm on
keldi. Oyimning dugonasi ekan. M en uni ilgari
hecham ko‘rmaganman. M ehm on qaysi m aktabda,
nechanchi sinfda o ‘qiysan, deb m endan so‘rab qoldi.
Men javob berdim.
— Mualliming yaqin do ‘stim bo ‘ladi, — dedi u
javobimni eshitgach. Keyin oyimga o ‘girilib, qiziq
gapni aytib berdi.
— Kecha bir ko‘rib o'tay, deb o ‘shaning uyiga bor-
gan edim. Antiqa bir ish bo‘ldi. Stolining ustida bir
quchoq qog‘oz uyulib yotgan ekan. Bu nim a, deb
so‘rasam , o ‘quvchilarim ning yozm a ishi, dedi.
Shuncha ishni qachon o ‘qib chiqasan, ulgurmaysan-
ku, deb hayron bo ‘ldim. «Ajoyib o ‘quvchilarim bor.
Birortasining daftarini beraymi, o ‘qib ko‘rasanmi?» —
deb qoldi. Tanlab-tanlab, birini uzatdi. Bolaning xati
45
chiroyli ekan, juda ravon yozibdi. Sarlavhalarning
ostini rangli qalam bilan erinmay chizib chiqibdi.
M uhim so‘zlam ing ostiga ham qalam tortilgan. Yoz-
ma ish sham ol haqida ekan. Ozgina o ‘qishim bilan
og‘zim ochilib qoldi. Bolasi tushmagur shamolni
tushuntirib berish o ‘rniga, «Galatasaroy — Anqaraku-
chi» komandalari o ‘rtasidagi fútbol o ‘yinini ta ’riflab-
di. 0 ‘ziyam toza miriqib kuldim. D o ‘stim hayron
bo ‘ldi. Nega kulayotganimni so‘radi. Yozma ishni
o ‘ziga berdim. 0 ‘qib chiqdi-yu, tepa sochi tik b o ‘lib
ketdi. M en uni yaxshi o ‘quvchim deb yurardim. Shu
ishni qiladi, deb o ‘ylamovdim, dedi.
Usmon yana haq bo ‘lib chiqdi. Ochig‘ini aytsam,
men ham o ‘qituvchimizdan shu ishni kutmagan edim.
Qattiq ranjidim.
M ana, b o ‘lgan voqeaning hammasini yozdim.
Omon b o ‘l, qadrdon do‘stim Ahmad. Tez-tez xat
yozib tur. X o‘pmi? Sinfdosh o ‘rtoqlardan ham darak
ber. Xatingni kutaman.
|