Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Zaynab Yolqir.


Hali yoshlik qilasan
Istanbul, 14-dekabr, 1963-yil.
Zaynab!
Xatingni o ‘qir ekanm an, yig‘lashim niyam , kuli- 
shimniyam bilmay qoldim. Dugonang Hikm atga qat- 
tiq achindim. U bechoraning ahvoli nim a kechadi 
endi? Oilasida biror yangilik ro‘y bersa m enga ham
xabar qil, bilay.
Baxt degan narsa qiz yoki o ‘g‘il bo ‘lib tu g ‘ilishga 
bog‘liq ekani ilgari hecham xayolimga kelmagan ekan. 
Shuning uchun dadam dan fikr so‘radim. D adam buni 
uzoq tushuntirib berdilar. Gaplarining asosiy m azm u- 
ni shu bo‘ldi: o ‘rtada hech qanday farq yo‘q, insoni- 
yat erkak va ayoldan tashkil topgan.
— Gapingiz to ‘g‘ri, dada, — dedim. — A m m o siz 
qiz bola bo ‘lishni xohlarmidingiz?
D adam o ‘shqirib berdi:
— Bu nima bem a’nilik!
Nimaga jahli chiqqanini tushunolm adim . G o ‘yo 
hozir dadam qayta tug'iladiganday.
Ayni shu savolni oyimga ham berdim.
— Koshkiydi erkak b o ‘lib tug‘ilsam ,— dedi u uh 
tortib.
Kecha o ‘qituvchimiz bizni muzeyga olib bordi. 
Qaytishimizda undan ham shuni so‘radim.
— Nega so‘rayapsan buni? — hayron bo‘ldi u.
M en bor gapni aytib berdim.
— Bu — kattalam ing ishi, sen hali tushunm aysan, 
q o ‘y bu gapni, — dedi u oxiri.
Shunaqa gapni eshitsam, qonim qaynaydi. Bizni 
nuqul hech narsaga aqli yetmaydi, deb o ‘ylashadi.
Bir kuni uyimizda qiziq gap bo‘ldi. U kam nim ani- 
dir tushunm ay dadam dan so‘radi. D adam b o ‘lsa:
— Sen hali yoshsan, bunday narsalarga tushun­
maysan, — deb qo‘ya qolgan edi, ukam yana qistalang 
qildi:
— Siz tushuntirishga urinib ko‘ring, dada, tushu- 
nib qolarm an balki.
57


D adam uning gapini hali-hali eslab qo'yadi.
M en bir narsaga hayronman. K attalar biror gapni 
tushuntirib berish o ‘m iga nega bizga nuqul: «Hali 
yoshsan, aqling yetmaydi», deyisharkin-a?
Yaqinda qiziq bir gap b o ‘ldi. M ana eshit, gapirib 
beraman.
Oyim ukam ni olib qo'shnilam ikiga chiqibdi. Bir 
gala xotin-xalaj o ‘tirgan ekan. Shulardan biri hom i- 
lador bo‘lib, bola ko'rishni istamas ekan. H am m a o ‘z 
bilganicha unga maslahat beribdi. U kam bulam ing 
gapiga parvo qilmay bir burchakda tinchgina o'ynab 
o ‘tirgan ekan, bir juvon: «Hoy ovsin, yosh bola bor-a, 
eshitib qolmasin tag‘in», debdi. Ukam bu gapni 
eshitib, qulog'ini ding qilibdi. «E, parvo qilmang, 
go‘dak narsa nim ani tushunardi», debdi ikkinchisi. Bu 
gap ukamga qattiq botibdi. 0 ‘yinchoqlarini o ‘ynab 
o ‘tirgan bo'lib, ham m a gapni eshitib olibdi. «Qo‘ying, 
eshitib qoladi», «Eshitgan bilan baribir tushunmaydi, 
aqli kirdi-chiqdi hali», degan gap-so‘zlar ham qulo- 
g ‘iga chalinibdi.
Keyin bilsak, ukam ham m a narsaga aqli yetishini 
ko‘rsatib qo ‘yish uchun payt poylab yurgan ekan.
Tunov kuni uyimizga m ehm onlar kelishdi. H am ­
ma o'tirgan edi, ukam m ehm onlardan biriga qarab 
to'satdan:
H om ilador ekansiz-a, xola?— deb qolsa bo ‘ladi-
mi.
— Shunday, o ‘g‘lim ,— dedi boyagi juvon o ‘ng‘ay- 
sizlanib.
— Endi tug‘asizmi?
Dadam bilan oyim ko‘z urishtirib olishdi. Ukam 
ham m a narsaga aqli yetishini isbotlamoqchi bo ‘ldi 
shekilli, yana valdirab berdi:
— Bitta xolani ko ‘rdim, qom i katta-yu, lekin 
tug‘mayman, dedi. Oyi, tó ‘g‘rimi gapim?
Oyim lavlagidek qizarib ketdi.
Bu noqulay ahvoldan chiqish uchun erkaklar gapni 
boshqa yoqqa burishdi. Lekin ukamning jag‘i tinmadi.
58


Ham m a eshitgan gaplarini oqizm ay-tom izm ay so‘zlab 
berdi:
— Bas endi, jim bo ‘l! — jerkib berdi oyim.
Ukam yana javray ketdi. Eshitgan-bilgan narsalari-
ni to ‘kib soldi. M ehm onlar kulishgan bo ‘ldi. Oxiri 
oyim uni qo‘lidan ushlab, narigi xonaga olib ketdi. 
Ukam ho ‘ng-ho‘ng yig‘lab:
— Ha, hech narsaga tushunm as ekanm anm i... 
Hammasiga aqlim yetibdi-ku... Nimaga meni tushun- 
maydi deysizlar, — deb uyni boshiga ko‘tardi.
Oyim ukamni tinchitgach, xonaga qaytib kirdi.
— Shu zamonning bolalariga hayronman. H am m a 
narsaga aqli yetadi-ya, — dedi boyagi juvonning eri.
M en odinroq lip etib o ‘rnimdan turib ketgan edim.
T o ‘g ‘risini aytsam, ukamning bu qilig‘idan ko‘p 
xursand bo ‘ldim.
Dars paytida o ‘qituvchimiz men nima xayolda 
o ‘tirganimni sezganday:
— Yurtimizda respublika e’lon qilingach, erkak- 
lar bilan ayollar teng huquqqa ega bo ‘ldi. Endi har 
sohada ularning huquqi teng, o ‘rtada zarracha farq 
yo‘q, — dedi.
Bu gap Yasharning erkaklik nafsoniyatiga og‘ir 
botdi.
— H echam farq yo‘qmi?
— Aslo.
— Rostdanmi?
— Ha! — o ‘shqirdi o ‘qituvchi.
— Unday bo‘lsa, nimaga «Xotin-qizlaming huqu- 
qini himoya qilish jamiyati» tuzilgan? Nega erkak- 
lamiki yo‘q? Oyim shu jamiyatga a ’zo, bilam an buni.
Befarosat N ash’a luqm a tashladi:
— Jonivorlarni himoya qiladigan jam iyat ham
tuzilgan...
Uyga qaytayotganda ham nuqul shu haqda gap- 
lashib keldik.
Kechki ovqatdan keyin dadam gazeta o ‘qib o ‘tir-


gan edi. E ’longa ko‘zim tushdi. Yangi kazino ochilib- 
di. Striptizga tushadigan xotinlaming yalang‘och ras- 
mi ilova qilingan.
— Dada, erkaklar nega striptiz o'ynamaydi?
Dadam gazetani bir chekkaga uloqtirib, menga
g‘alati qilib tikildi.
— Esing joyidami, o ‘g‘lim? Erkak kishiga balo 
borm i striptiz o ‘ynab?!
— 0 ‘qituvchimiz bugun erkaklar bilan ayollar teng 
huquqli bo‘lgan, deb aytdi-ku axir. Huquq teng 
b o íg an d an keyin erkaklar ham striptiz tushishi kerak- 
da.
— Er kishining yo‘rig‘i boshqa, o ‘g‘lim. H arholda 
erkak bilan xotin kishining o ‘rtasida qandaydir farq 
b o ‘lishi kerak.
Ish tikib o'tirgan joyida oyim gap tashladi:
— Nimasini aytasiz. Erkak kishi kechasi bilan 
ko‘chada sang‘ib yursa hech kim hech narsa demay- 
di. Ayol kishi qilsa-ya, shu ishni... Darrov badnom 
b o ‘ladi. Bunisiga nima deysiz? T o‘g‘rimi shu?
D adam bilan oyim gap talashib qolishdi.
M enga bergan savoling haqida k o ‘p o ‘ylab 
ko ‘rdim. Tagiga yetolm adim . K im dan so‘ramay, 
tuzukroq javob ololmadim. M enim cha, ayol kishining 
ham , erkak kishining ham o ‘ziga yarasha baxti bor. 
Tarixda juda ko ‘p oqila, buyuk ayollar o ‘tgan. Agar 
shu ayollardan: «Erkak bo ‘lib tug‘ilishni istarmidin- 
giz?» deb so ‘ralganida nim a deb javob bergan bo ‘li- 
shardi, bilasanmi? Cham am da, yo‘q, istamayman, 
degan b o ‘lardi. 0 ‘g‘il yoki qiz bo ‘lib tug‘ilishning 
ahamiyati yo‘q. Eng muhim i — har kim o ‘zidan, o ‘z 
ishidan rozi b o ‘lsin. Baxt m ana shunda.
Senga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman.

Download 2,74 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish