Ahm ad Tarbay.
0 ‘mrov suyagi
Istanbul, 2-dekabr, 1963-yil.
Zaynab, do ‘stim!
Sendan har ikki-uch kunda bir marta xat olishga
o ‘rganib qolganman. Kuniga pochtalonni kutam an.
M aktabdan kela solib, menga xat-xabar borm i, deb
oyimdan ham so‘rayman. Agar sendan xat kelm agan
b o ‘lsa, o ‘zimni qo‘yarga joy topolm ay yuram an.
O datda, senga xat yozib yuborganimning t o ‘rtinchi
yoki beshinchi kuniga borib javob olguvchi edim.
Ammo mana to ‘qqiz kun ham bo ‘ldiki, sendan
ham on darak yo‘q. Yuragimga g‘ulg‘ula tushdi.
Javobini ham kutmay darrov xat yozgani o ‘tirdim .
Senga oldingi xatni yozib yuborganimning ertasi
kuni sinfimizda qiziq bir hangom a b o ‘ldi. M ana,
eshit.
Anatomiya darsida o ‘tirgan edik, direktor bir
odam ni boshlab sinfga kirib keldi. Bilsak, inspektor
ekan. Inspektor o ‘qituvchimiz bilan allanim alam i
gaplashib olgach, 0 ‘g‘iz degan bolani o ‘rnidan
turg‘azdi. 0 ‘g‘izni sen tanimaysan. Sendan keyin kel-
gan. Ilgari Tashrada turisharkan, shu yili Istanbulga
ko‘chib kelishbdi. Maktabga birinchi kelgan kuniyoq
bu bolaga qoyil qoldik. Nimasiga qoyil qoldik,
bilasanmi? 0 ‘lgudek chaqqon bola ekan. Xuddi m ay-
munning o ‘zi-ya... Bechoraning zaif tom oni ham bor
ekan. N uqul duduqlanib gapirarkan. Oldiniga bolalar
dudug‘ini yuziga solib, kalaka qilib yurishdi. 0 ‘g‘iz
zarracha parvo qilmadi. Bunaqa gaplam i eshitaverib,
ko‘nikib ketganga o ‘xshaydi. Bolalar qarashsaki, uning
jig‘iga tegib bo‘lmaydi, foydasi yo‘q. Shuning uchun
masxara qilmay qo‘yishdi. Keyin bilsak, 0 ‘g‘iz o‘ziga
ishonib yurarkan, shu vajdan mayda-chuyda gaplarga
e ’tibor bermas ekan.
Qaysi kuni tanaffusda hovlida o ‘ynab yurgan edik.
0 ‘g‘iz dabdurustdan: «Daraxtga kim oldin chiqishdan
o ‘ynaymiz, zo‘ri bormi?» deb chiranib qoldi. Shu gap-
61
niyam ming marta tutilib aytdi. Ham m a meni ko‘rsat-
di. D uduq bola bilan musobaqa qilishni o'zim ga ep
ko'rm ay, rozi bo'lm adim . Keyin m a’lum b o ‘lishicha,
juda to ‘g ‘ri ish qilgan ekanman.
— Sen duduqlanib bir marta daraxtga chiqquncha
men o‘n marta qaytib tushaman,— dedi Chingiz o ‘rta-
ga chiqib. Shu bem a’ni hazilgayam kulganlar bo ‘ldi.
Hovlidagi kashtan daraxti esingda bo‘lsa kerak.
Shuning tagiga mix bilan uzun chiziq tortdik. 0 ‘g‘iz
bilan Chingiz ikkovi yugurib borib kashtanga yopish-
di. Chingiz oyog'ini ko‘taram an deb lapanglab turgan
edi. 0 ‘g‘iz bir zumda ko‘rinmay qoldi. Bir payt
daraxtning tepasi shitirladi. Bundoq qarasak, 0 ‘g‘iz
allaqachon kashtanning eng baland shoxiga chiqib
olibdi. Duduqlanib allanimalar deyapti. Oldin tushun-
madik. Keyin bilsak, u:
— Ha, Chingiz, kashtan yoqib qoldimi deyman,
quchoqlab qo ‘yib yuborging kelmayapti! — deb mayna
qilayotgan ekan.
Chingiz bir amallab yuqoriga chiqib oldi. Chi-
qishga chiqdi-yu, lekin yarmiga borganida yana
yuqoriga ko‘tarilishga yuragi betlamadi. Buni ko‘rib,
0 ‘g‘iz tepa shoxdan pastga abjirlik bilan sirg‘alib
tushdi. Chirgizning oldida bir zum to ‘xtalib, osongina
yana yerga tushdi.
— Qani, yana zo ‘ri bormi? Kim garov o ‘ynaydi
men bilan? — dedi u bizga bir-bir qarab. H ech kim
indamadi. Shu-shu oramizda 0 ‘g‘izning obro‘si oshib
ketdi.
Mine 0 ‘g‘izning shundoqqina orqasida o ‘tiradi.
Bunday chaqqon va epchil bola bilan oldinm a-keyin
o ‘tirganidan M inening og‘zi qulog‘ida.
0 ‘g‘iz ikki kun o ‘qishga kelmadi. Og‘rib qolibdi.
Darsga kelmagan kunining ertasiga Mine:
— 0 ‘g‘iz nimaga duduqlanib gapiradi, bilasizlar-
mi? — deb qoldi.
Biz qiziqib buning sababini so‘radik.
— M enga o ‘zi gapirib berdi, — dedi Mine bu simi
faqat o ‘zi bilganidan kerilib. — Bolaligida otasi uni
l~
62
~l-------------------------------------------------------------------------------------------------------------
ko‘p kaltaklarkan. Q o'rqqanidan duduq bo‘lib qolibdi.
0 ‘zi shundoq dedi. Endi daraxtga chiqishga nega usta
bo‘lib qolganining sirini ham aytib beraymi?
— Qani, qani, eshitaylik.
— Otasining jahli qo ‘zib qolganida u shartta qo-
chib ketarkan. Keyin otasi tayoq bilan uni quvlarkan.
0 ‘g‘iz qo ‘lga tushmaslik uchun daraxtga chiqib olar-
kan. Katta odam ni ko‘tarmaydigan ingichka shoxlar
uni kaltakdan saqlab qolarkan. Shu tariqa u daraxtga
chiqishni o ‘rganib oigan ekan.
M ana, hozir inspektom ing oldida tik turgan 0 ‘g‘iz
shu. D evorda uchta diagram m a osib q o ‘yilgan.
Odamning skeleti, bosh suyagi va oshqozon a ’zolari
tasvirlangan.
— Buning nom i nima? — deb so‘radi inspektor
skeletning bir joyini ko‘rsatib.
0 ‘g‘iz javob bermadi.
— Bu suyak nim a deb ataladi?
0 ‘g‘iz yana churq etmay turaverdi.
— 0 ‘mrov suyagi, — shivirladi uning orqasida
o‘tirgan Mine.
— 0 ‘m... o ‘m... o ‘mrov suyagi!
— H m ... U nday bo'lsa bunisi nima?
Inspektom ing bu gapini eshitib, 0 ‘g‘iz taraddudga
tushdi. Yanglishgan ekanm an, o ‘mrov suyagini endi
so‘rayapti, deb o ‘yladi shekilli, yana:
— 0 ‘mrov suyagi, — deb javob berdi.
Inspektor bu gal tizza kosasiga ishora qildi:
— X o‘sh, bunga nim a deyiladi?
0 ‘g‘iz bechora butunlay gangib qoldi.
— 0 ‘m... o ‘m... o ‘mrov suyagi!
— Ha, bu-chi? — darg‘azab b o ‘lib so‘radi inspek
tor. Endi u narigi diagrammadagi b o ‘yin tomirlarini
so‘ragan edi.
— 0 ‘mrov suyagi, afandim!
0 ‘g‘iz chalkashib ketdi. Oldinga aytganim xato
bo ‘lsa kerak, o ‘mrov suyagini endi so‘rayapti, degan
xayolda ham m a so‘raganlariga bir xil javob beraverdi.
G ap chiqishi ham nihoyatda qiyin, shuning uchun
------------------------------------------------------------------- n n
qora terga tushib ketdi. Endi inspektoming o ‘zi ham
duduqlana boshladi.
— Ju... ju.. juda soz. Buning nomi nima?
— 0 ‘m... o ‘mrov suyagi.
Inspektom ing qoni qaynab ketdi.
— He, bo ‘ldi, insof bilan-da axir! Odamning
tanasida o ‘mrov suyagidan boshqa narsa yo‘qmi?!
Bor, joyingga o ‘tir!
Keyingi kunlarda senga aytib berishga arziydigan
voqea faqat shu.
B undan oldingi xatimga sendan haligacha javob
kelgani yo‘q. Nim a, chindan ham yotib qoldingmi?
Javob kutaman.
|