Zaynab Yolqir.
P.S. 0 ‘sha mashhur jumalist o‘tgan yili maktabi-
mizda gapirganda azbaroyi ta’sirlanib ketganimdan
ko‘zyoshi to‘kib olgan edim. Endi bunaqa gaplami
eshitsam, sirayam yig‘lamayman.
Z. Y
4 - 1 8 5 9
97
Qiroat kerak
Istanbul, 22-yanvar, 1964-yil.
Jondan yaqin o‘rtog‘im Zaynab!
Sen aytgan mashhur odamni nega tanimas ekan-
man? Maktabimizga kelib, vatanparvarlik haqida
ko‘pirib gapirganlari hamon esimda turibdi.
Xatingda ilovasi ham bor ekan. Bundan buyon
endi shunaqa gapni eshitsam, aslo ko‘zyoshi qilmay-
man, deb yozibsan. Bu mumkin emas, Zaynab.
Yig‘lamay ilojing yo‘q. Piyoz to‘g‘rayotganda ham
shunday bo‘ladi. Hech kim ko'zidan ataylab yosh
chiqarmaydi. 0 ‘zi quyilib kelaveradi. Ko‘z achi-
shib ketganidan keyin yosh chiqadi-da, albatta. Sen
aytgan odamlar ham mana shu achchiq piyozga
o ‘xshaydi. Buni men boshimdan o ‘tgani uchun
aytyapman. Radioda chiqadigan bir odam bor.
0 ‘shaning gapini eshitsam, nuqul ko‘zimdan yosh
tirqirab keladi. Qaysi bir kuniyam ko‘nglim buzilib
turgan edi, dadam:
—
Ha, Ahmad, nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsan? —
deb hayron bo‘ldi.
Bundoq o‘ylab qarasam, nimaga yig‘layotganimni
o‘zim bilmas ekanman. Juda g‘alati gap-a bu? Ammo
bo‘lgan ish. Keyin o‘zimga ham qiziq tuyuldi, nega
bekordan bekorga yig‘layman, deb hayron bo‘ldim.
Bundoq durustroq o‘ylab qarasam, menga bu odam-
ning gapi emas, balki ovozi ta’sir qilarkan. Uning
og‘zidan titrab chiqadigan ovozini eshitsam, beixtiyor
ko‘zimga yosh kelaverarkan.
Piyoz to‘g‘rab turgan odamdan: «Nega ko‘zingiz
yoshlanyapti?» deb so‘rab bo'lmaydi. Buning sababi
ma’lum o‘zi. Xuddi shunga o‘xshab birovlaming ga
pini eshitganda ko‘zidan tirqirab yosh keladigan
odamga ham bir narsa deyish qiyin.
Bir kuni meni buvam machitga olib borgan edi.
Nomoz tugab, imom qiroat qildi. Buvam to‘satdan
ho‘ngrab yig‘lab yubordilar. Buvamni ko‘rib, men
98
ham o'zimni tutib turolmadim. Yig‘i-sig‘i ko‘p bo‘ldi.
Uyga qaytayotganimizda buvamdan:
— Buva, arabchani bilasizmi? Imom o‘qiganda
nimaga yig'ladingiz? — deb so‘radim.
— Qayoqda deysan, bolam. Imom ham, men ham
arabchani bilmaymiz.
— Unaqa bo‘lsa nega yig'ladingiz?
— Qandoq qilay, bo‘tam. Imom qanchalik chiroyli
qiroat qilganini ko‘rdingmi? Kim biladi deysan, balki
qiyomatdan gap ketgandir.
Buvamning esiga yana imom tushib, ko‘ziga yosh
oldi. Men ham unga qo‘shildim.
Bu voqeani hali-hali eslab yuraman.
Biz tomonda bir kishi bor. 0 ‘zi ko‘chama-ko‘cha
har xil sabzavot sotib yuradi. Xudoning bergan kuni
eshigimizning tagidan baqirib o‘tib qoladi. Shu odam-
ning ovozini eshitsam, negadir ko‘nglim buzilib,
ko‘zimga qiltillab yosh kelaveradi. Bo‘lmasa yig'laydi-
gan joyi yo‘q. «Karam, rediska keldi, kep qoling»,
«Mana, kimga pomidor, kimga piyoz», deb baqirib
yuradi, xolos. Buning nimasiga yig‘laysan, to‘g‘rimi?
Demak, menga uning gap-so‘zi emas, balki yalinchoq
ovozi qattiq ta’sir qilarkan.
0 ‘qituvchimiz ham she’rlami bizga doim qiroat
bilan o‘qishni o‘rgatadi. 0 ‘qish kitobida bir she’r bor.
«Armón ila ketgan edim» degan misra bilan boshlana-
di. 0 ‘qituvchimiz bizga shuni qanday o‘qish kerakli-
gini o‘rgatdi. «Tanda g'uborim qolmadi» degan
ikkinchi misrani mumkin qadar cho‘zibroq, mung-
liroq o‘qish kerak, deb tayinladi. Xuddi bozorda
sadaqa so‘rab yurgan qalandarga o‘xshab, «Tanda
g‘ubo-o-orim qolmadi» deyish kerak ekan.
Shu she’m i eshitsam, ko‘zimga yosh keladigan
bo‘lib qoldi. Bir kuni o‘qituvchimiz yana shu she’m i
o‘qib ko‘rsatayotgan edi. «Tanda g‘ubo-o-rim qolma
di» deb qiroatini kelishtirgan ham ediki, orqa par-
tadan kimdir chidab turolmadi.
— Yo huv...
99
— Qaysi betamiz bu? Tur o‘mingdan! — baqirib
berdi o‘qituvchi.
Orqa partadan Yashar turdi.
— Kechirasiz, afandim, bilmay aytib yuboribman.
0 ‘qituvchi aybiga iqror bo‘lgani uchun Yashami
kechirdi. She’r o‘qishni yana davom ettirdik.
«Bir qultum suvga zor ko‘ngil, asti madorim qol
madi».
«Bir qultum...» deb boshlanadigan misrani o‘qi-
ganda ovoz titrab turishi kerak ekan. Ya’ni sen suvni
emas, xuddi joningni so‘rab qaroqchiga yolvoryapgan-
dek. Ana shunaqa gaplar.
Odam bolasi muomalaga usta bo'lishi, qayerda
yumshoq va qayerda qattiq gapirishni bilishi kerak.
Buni yaxshi tushunaman. Dadam nuqul xo'jayinini
gapirib yuradi. Juda usta odam emish. Dadam ham-
maga shunaqa deb aytadi. Ko'pincha fabrika ishchi-
larining o‘zi yoki ularning vakillari xo‘jayinning oldiga
kirib, tirikchilik og‘ir bo‘lib ketganini aytib, ish haqi-
ni oshirishni talab qilisharkan. Bunday paytlarda
xo‘jayin ovozini mumkin qadar yumshatib, ipakdek
muloyimlik bilan nimalarnidir gapirib berarkan.
Gapirayotganida o‘zidan o‘zi to'lqinlanib, ko‘ziga
yosh olarkan. Uni ko‘rib, ishchilaming ham yurak-
bag‘ri ezilib ketarkan. Har ikki tomon obdan ho‘ngrab
olgandan keyin ishchilar asi muddaoni ham unutib,
silliqina chiqib ketisharkan. Keyin es-hushlarini yig'ib
olgach: «Xo‘jayin nimani gapirdi, nega yig‘ladik», deb
toza hayron bo‘lisharkan. Ammo xo‘jayin bularga
nima deganini hech kim aniq bilmas emish.
— Hozir men xo'jayinning oldiga kiraman.
Tavakkal. Nima deb gapirsayam, qattiq turaman,
ko‘zyoshi qilmayman. Yo oylikni oshiradi, yo meni
ishdan haydaydi, — debdi bir kuni dadam o‘rtoqlari-
ga.
Dadam shitob bilan ichkari kirib, «beyafandim»,
deb endi og‘iz juftlagan ekan, xo‘jayin gapni ilib
ketibdi.
— Bilaman, qardoshim, bilaman. Hammadan
senga qiyin. Tirikchilik ham og‘irlashib ketdi... Xaba-
rim bor, sezib yuribman.
Bunga ko‘ngilni buzmasa ham bo‘ladi, jo ‘n gap.
Ammo o‘qigan bilan eshitgan boshqa bo‘larkan. Birov
senga sidqidildan achinib, shafoat bilan gapirib tur-
ganidan keyin tosh bo‘lsa ham erib ketarkan. Lekin
dadam tishini tishiga qo‘yib ko‘ngilni mahkam qilib
turaveribdi. Ikki o‘rtada savol-javob boshlanibdi.
— Qo‘lingga qancha jon qaraydi?
— Besh kishini boqaman.
— Voh-voh, senga jabr bo‘libdi-yu...
X o‘jayin chuqur xo‘rsinibdi.
Uning yuragi
achishayotganini ko‘rib, dadamning o‘pkasi to‘libdi-
yu, lekin labini mahkam tishlab turaveribdi.
— Jujuqlar maktabga qatnaydimi?
— Bittasi o‘qiydi, ikkinchisi uyda.
— Afsus, afsus... Bundan chiqdi, ikkinchisini
o'qitishga qurbing yetmabdi-da?
— Yo‘q, hali yosh. Katta bo‘lsin, albatta o‘qita-
man.
— Buning ustiga uch yilda bir marta xotinga palto
olib berish kerak. Juda mushkul ish-a?
— Yo‘q, nega? Eplab turibman.
— Ha... Xotining tez-tez og‘rib tursa ham kerak...
— Sog‘lig‘i yaxshi.
— Sog‘ odam kasal bo‘lmay iloji yo‘q, birodar.
Yotib qolsa nima qilasan? Voh-voh... Boyoqishning
holi nima kechadi? Doktorga ko‘rsatish kerak, dori-
darmon buyuradi... Hammasi pulning zavoli...
Operatsiyani nima qilmoqchisan?
— Qanaqa operatsiyani?
— 0 ‘g‘ilchani-da...
— Operatsiya nimasi, beyafandim? Hech hojati
yo‘q.
— Hozir hojati bo‘lmasa, keyin bo‘ladi. Boshda
bor narsa bu...
Xo‘jayinning ovozi qaltirab ko‘zi namlanibdi. Shu
101
paytgacha o‘zini mahkam ushlab turgan dadam buni
ko‘rib ortiq chidayolmabdi.
— Qo‘ying endi, beyafandim, ko'ngilni buzmang...
Bir ilojini qilarmiz axir... Bo‘ldi, yig‘lamang.
Dadam xo‘jayini bilan qo'shilishib, ho‘ng-ho‘ng
yig'lashibdi.
Shu voqeani gapirib bo‘lgach, dadam hamisha
bunday deydi:
— Xo‘jayin bilan nima haqda gaplashganimiz
esimda. Lekin o‘sha joyga kelgandan keyin tamoman
o‘zimni yo'qotib qo'yibman. Xo‘jayin o‘pkasi shishib
yana allanimalami gapirdi, ikkovimiz rosa yig‘lab-siq-
tadik. Allamahaldan keyin es-hushimni yig‘ib oldim,
qani, nima deyapti ekan, deb gapiga quloq soldim.
Bundoq qarasam, Hazrati Alining o‘g‘illari Hasan va
Husayin Karbaloda qandoq shahid bo‘lganlarini ta’-
riflab turgan ekan. Bu zang‘ar gapni qandoq qilib
Hasan bilan Husaynga bog‘labdi, hayronman.
Xullas, dadam o‘sha kuni xo‘jayinning oldidan
qovog‘i shishib chiqibdi.
Mana, ko‘rdingmi, Zaynab, nafasi o‘tkir odamlar
gapirganda yig‘lamay hech iloj yo‘q. Agar o‘sha mash-
hur jumalist maktabga qayta kelib qolguday bo'lsa,
yana ko‘zyoshlar to‘kilishi turgan gap.
X o‘p, omon bo‘l. Xatingni kutaman.
|