— Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

— Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!
— Keyingi sahifani och!
— Ochib ko‘rdim. Mushak, qon tomirlari bor 
ekan. Partaning tagida ushlab turgan kitobiga ko‘z qi- 
rimni tashladim. Qo'lidagi «Anatomiya» darsligi ekan.
— Bunga balo bormi? «Oilashunoslik»ni ol!
Murod boshqa kitobni olib shipillatib yoza ketdi.
Saldan keyin Turkon ikkovi ishni topshirib chiqib 
ketishdi. Orqalaridan men chiqdim.
— Menikida elliginchi bet umuman yo‘q ekan, — 
deb qoldi bir payt Murod.
— Nega endi? Albatta bo‘lishi kerak, — dedim 
hayron bo‘lib.
— Yo‘q, xudo haqqi. Qirq sakkizdan oltmish 
to‘rtgacha ko‘rinmadi.
Keyin kitobni ko‘rsatdi. Gapi to‘g‘ri chiqdi. 
Aytgan betlari chindan ham yo‘q edi. Buning evaziga 
oldingi bobdan ikkita berilibdi. Harholda kitobni 
muqovalash paytida xato ketgan ko‘rinadi.
136


— X o‘sh, keyin nima qilding?
— Qirq sakkizdan uyog‘ini ko‘chiraverdim. Tavak- 
kalda.
Ertasiga o‘qituvchi yozma ishlarimizning natijasini 
o‘qib berdi. Turkon bilan menga a’lo qo‘yibdi.
— Endi men sizlarga sinfdoshingiz Murodning 
yozma ishini o‘qib bermoqchiman, — dedi u kutilma- 
ganda. — Mana, eshitinglar, Birinchi savol: «Bolani 
kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?» Javob: 
«Tez eskirmasligi, bejirim va ozoda bo‘lishi uchun 
ulami ehtiyot qilish, vaqti-vaqti bilan dazmollab tu- 
rish kerak».
Hamma sharaqlab kulib yubordi.
— Jim bo‘linglar! Endi ikkinchi savolga o‘taman. 
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o‘zi nima qil- 
mog‘i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi: «Uni 
tez-tez cho‘tkalab turish kerak. Changini qoqib 
bo‘lgach, qoziqqa ilib qo‘ying. Mavsumi o‘tgandan 
keyin esa bo‘xchaga tugib, sandiqqa solib qo‘yish 
kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo‘lsa, qaynoq 
suvga solib, sovun bilan ishqalab yuvish, keyin oftob- 
da yoyib quritish lozim».
Kulaverib bolalaming ichagi uzilayozdi. Murod­
ning sha’niga har xil kesatiq gaplar yog‘ilib ketdi. 
Boyoqish qattiq o‘sal bo‘ldi.
— Axir bu gaplami men o‘zim to‘qiganim yo‘q, 
kitobdan olib yozdim-ku, — dedi u oxiri yig‘lamsirab.
— Ha, balli, kitobdan ko‘chirgansan, bilaman, — 
dedi o‘qituvchi. — Ammo shunda ham yanglishibsan. 
«Bola tarbiyasi» o‘miga «Kiyim-boshga qarash» degan 
bobni ko'chiribsan.
— Zaynab menga shundoq degan edi.
0 ‘qituvchi yalt etib menga qaradi.
— Iya, Zaynab, o‘rtog‘ingga ko‘chirmachilik- 
ni o‘rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi 
ham?
Endi orqaga chekinib bo‘lmaydi. Shuning uchun:
137


— Men hecham aldaganim yo‘q, afandim, — 
dedim. — Savollarga kitobning qaysi betidan javob 
topish mumkinligini aytib berdim, xolos.
0 ‘qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko'rgan 
edi, masala ravshan bo‘ldi.
— Baribir buni oyingga aytib bermasam bo‘lmay- 
di, — deb o‘qituvchi menga po'pisa qildi.
Oyimni maktabga chaqirib, nima yomonlik qilga- 
nimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom eshit- 
dim. Dadam:
— Juda noma’qul ish qilibsan, qizim, chakki 
bo‘pti, — deb koyib berdilar.
Yaxshiyamki o‘sha kuni buvam biznikida edi. 
Buvam jonimga ora kirdi.
— Bo‘ldi endi, bolamni ko‘pam koyiyvermang- 
lar, — dedim buvam yonimni olib. — 0 ‘rtog‘iga aytib 
bergan bo‘lsa nima qipti, osmon uzilib yerga tushibdi- 
mi? 0 ‘zi kitobdan ko‘chirib olmapti-ku, axir.
Birovga aytib berdi nima-yu, ko‘chirib oldi 
nima, ikkoviyam bir go‘r, — dedi oyim hovuridan 
tushmay.
— Bas endi, bo‘ldi... Maktabda bu ishni kim qil- 
magan deysan...
Metin luqma tashladi:
— Lekin hammayam qo‘lga tushavermaydi-da.
Ilojim qancha, bo‘lar ish bo‘ldi endi. Shundoq
bo‘lsayam o‘rinsiz ta’nalar eshitib, dilim xufton bo‘ldi. 
Ayniqsa, Metinning gap-so‘zi oshib tushdi. Ikki gap- 
ning birida nuqul: «Chakki bo‘pti-da. Buni eplagan 
odam qiladi. Qo‘lga tushib, sharmanda bo‘lishning 
nima keragi bor!» deb piching qiladi.
Xatingni kutaman. Iloji boricha to‘laroq yoz. 
Maylimi?
X o‘p, yaxshi qol. Senga muvafFaqiyat tilab:

Download 2,74 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



— Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish