Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Zaynab Yolqir.
6 -1 8 5 9
145


Bayram konserti
Istanbul, 24-arel, 1964-yil.
Zaynab do‘stim!
16-martda yozgan xatingdan keyin sendan yana bir 
otkritka oldim. Otkritkada mendan ranjiganga o‘x- 
shaysan, oldingi xatingga kechikib javob yozganim 
uchun sen ham shunday qilyapsanmi, debsan. 
Mutlaqo unday emas. Biz ham 23-aprel kechasiga 
tayyorlanib yurgan edik. Shuning tashvishi bilan vaqt 
juda tez o‘tib ketdi. Mana, kecha bir amallab qutulib 
oldik. G o‘yo yelkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. 
Darhol xatga o‘tirdim.
Konsertimiz zap antiqa o'tdi. Bilasanmi nimaga? 
Juda qiziq hangomalar bo‘ldi. Eng ko‘p malomatga 
qolgan ham men bo‘ldim. Konsert uchun asosan 
uchinchi sinf o‘qituvchisi javobgar edi. Musiqa o‘qi- 
tuvchisi ashula bilan o‘yin qismini o‘z zimmasiga oldi. 
CTzimizning o‘qtiuvchimiz esa konsert kechasida 
ko‘rsatish uchun bitta pyesa yozib berdi.
Men bir narsaga hayronman — kattalar nuqul o‘z 
kasblaridan nolishadi, ko‘ngillari boshqa sohani 
qo‘msab yuradi. Mana, dadamni olib ko‘raylik. Yana 
ozroq o‘qiganimda katta shoir bo‘lib ketardim, deydi 
bizga. Dadam hozir ham tinch yurmaydi. Xiyol bo‘sh 
qoldi deguncha she’rga unnab ketadi. Amakim ham 
shunday. Qo‘lida texnik hunari bor-u yana vrachlikni 
orzu qiladi. 0 ‘qituvchimizning bo‘lsa yozuvchilikka 
ko‘ngli sust ketgan. Ko‘pincha bizga u: «Allaqachon 
yozuvchi bo‘lib ketardim-u, lekin nasib qilmagan 
ekan-da», deydi. Bundoq o‘ylab qarasam, hamma 
birovning hunarini orzu qilarkan.
Aslida direktor bosilib chiqqan biror pyesani sah- 
naga qo‘yaveringlar, deb tayinlagan edi-yu, ammo 
0
‘qituvchimizga bularning hech qaysisi m a’qul 
bo‘lmadi. 0 ‘zi yeng shimarib ishga tushib ketdi. Yangi 
pyesa ham tayyor bo‘ldi. Juda ayanchli chiqibdi.
146


Yaxshisi, senga buning qisqacha mazmunini aytib bera 
qolay. Xulqi yomon bir bola bo‘ladi. Ota-onasini juda 
bezor qilib yuboradi. Bola maktabdan qochadi, ishdan 
quviladi va yomon yo‘lga kirib ketadi. Bu sharmanda- 
likka chidayolmagan ona olamdan o‘tadi. 0 ‘g‘il otasi- 
ni qiynab, pul olib yuradi. Bermaydigan bo‘lsa, 
do‘pposlaydi. Kunlardan birida u jinoyat ustida qo‘lga 
tushib, qamalib ketadi. Qamoqdan ancha tuzalib 
chiqadi. Butun qilmishlari uchun kechirim so'ragani 
to‘g‘ri otasining oldiga boradi. «Otajon, meni kechi- 
ring, gaplaringizga kirmadim, nasihatlaringizga quloq 
solmadim, mana, oqibatda sharmanda bo‘ldim. Endi 
hammasiga tushundim. 0 ‘tinaman, meni kechiring!» 
deb yolvoradi. Qaddi bukchayib qolgan ota: «Ota 
degan hamisha o‘g‘ilning gunohidan o'tadi. Men ham 
seni kechirdim, o‘g‘lim. Parvardigorga iltijo qil, o‘z 
dargohida kechirsin», deb ho‘ngrab yig‘lab yuboradi. 
Ammo yuragi buni ko‘tarolmay, yerga yiqiladi-da, 
joni uziladi.
Pyesa chindan ham juda qayg‘uli edi. Uni o‘qiyot- 
ganimizda sinfda hamma bir-bir yig‘lab oldi.
— Boshqa biror yengilroq pyesa qo'yganimiz 
ma’qul emasmi, afandim? — deb so‘radim.
0 ‘qituvchimiz meni qattiq jerkib:
— Bu nima qiliq, Ahmad?! Yana mahmadanalik 
qilyapasanmi? — dedi.
Holbuki buni men butunlay boshqa maqsadda 
so‘ragandim. Betimizga 
soqol-m o‘ylov 
yopishtirib, 
katta odamlarga taqlid qilib yurgandan ko‘ra maktab 
hayotidan biror nimani sahnalashtirib, o‘zimizga 
mosroq rollarda chiqqanimiz yaxshi emasmi, deb ayt- 
moqchi edim. Ammo maqsadimni tushuntirolmab- 
man.
Sahnaga soqol-mo‘ylov yopishtirib chiqqan bolalar 
xuddi sirkdagi liliputlarga o'xshab qoladi. Buni ilgari 
ham ko‘p ko‘rganman. Katta odamning rolida 
chiqqan bola qanchalik yaxshi o‘ynamasin, baribir


zalga kulgi bo‘ladi. U qanchalik jiddiy gapirsa, 
tomoshabinlar shunchalik ko‘p kuladi. Bas, shunday 
ekan, birato‘la kulgili asarni ko‘rsatib qo‘ya qolsak 
bo‘lmaydimi? Men shuni aytmoqchiydim. 0 ‘qituv- 
chimiz koyib bergach, indamay qo‘ya qoldim.
Pyesa besh kishiga mo‘ljallab yozilgan ekan.
— Noqobil o‘g‘il rolini sen o‘ynaysan, Ahmad. 
0 ‘ziyam senboproq, qotirasan, — dedi o‘qituvchi.
Damirga ota, Minega esa ona roli topshirildi.
Hamma o‘z rolini yaxshilab yodlab oldi. Uch-to‘rt 
marta repetitsiya ham qilib ko‘rdik. So‘nggi repetitsiya 
kuni rosa yomg‘ir quydi. 0 ‘zing bilasan, maktab 
tomidan yomon chakka o‘tadi. Yomg‘ir naq sahna- 
ning tepasidan chelaklab quygandek bo‘ldi. Hamma- 
yoq ivib ketdi. Polga qatorasiga chelak, tog‘ora va 
kastryullar qo‘yib chiqdik.
Konsert programmasiga bitta xitoycha raqs nomeri 
ham kiritishibdi. 0 ‘ymchilar gruppasida men ham bor 
ekanman. Musiqa muallimimiz allaqaysi maktabda 
xitoycha raqsni ko‘rib diliga tugib qo‘ygan ekan, shuni 
o'ynaydigan boMdik.
— 0 ‘zimizning «Zaybek»ni' o‘ynasak bo‘lmaydi- 
mi? — deb so‘radim o‘qituvchidan.
«Qachon konsert bo‘ladigan bo‘lsa nuqul «Zay- 
bek»ni o‘ynaysiz, biror yangi narsa ko‘rsatish ham 
kerak axir», degan javobni oldim.
— Bo‘lmasa biz tengi xitoy bolalari ham konsert 
qo‘yganda o‘zimizning «Zaybek»ka tushishadimi?
— Masxarabozlik qilma! — urishib berdi musiqa 
muallimi.
Ammo men «Zaybek»ni o‘ynab turgan xitoy 
bolasini bir zum tasawur qildim-u miyig‘imda kulib 
qo'ydim. Chamamda, xitoy bolalari ham shunday. 
Xitoycha raqsga tushganimizni ko‘rishsa bormi, rosa 
qiyqirib kulishsa keragov.
1 Zaybek — turk m illiy o ‘yini.


Tomdan chakka o‘tib turibdi-yu, biz paqir-tog‘o- 
ralar o‘rtasida oxirgi marta repetitsiya qilib oldik. 
Xitoycha raqsning zalvoridan pol taxtalarining beli 
bukilib ketdi.
— Bu senga «Zaybek» emas, xitoycha raqs bo‘ladi, 
hadeb osmonga qarab irg‘ishlayverma. Xitoylaming 
o‘yini og‘ir-vazmin bo‘ladi, ular keskin harakat qilish- 
maydi, — dedi menga tanbeh berib musiqa o‘qituv- 
chimiz.
Mumkin qadar salmoq bilan, vazmin o‘yinga tush- 
moqchi bo‘laman-u, ammo «Zaybek» qon-qonimizga 
singib ketgani uchun beixtiyor osmonga sapchib keta- 
man.
— Namuncha sakrayverasan, Ahmad? Xitoy ruhi- 
ga mos kelmaydi bu. Xitoylaming harakati mayin 
bo‘ladi.
— Yaxshi, lekin xitoy ruhi menga mos kelmasa, 
nima qilay? Men bunga o‘rganmagan bo'lsam...
Musiqa o‘qituvchimiz pianinoda jo ‘r bo‘lib turdi, 
biz raqsga tushdik. Yana bir joyga kelganda to‘satdan 
sakrab yuborgan edim, o‘qituvchi irg‘ib o‘midan 
turdi-da, menga qarab yugurdi. Yo‘lda chakka to‘la 
paqirga qoqilib ag'darilib tushdi. Hammayog‘i shalab- 
bo bo‘ldi. Toza qiyomat ko‘tarildi. Xullas, kechga 
yaqin ma’lum bo‘ldiki, so‘nggi repetitsiyamiz muvaf- 
faqiyatli o‘tibdi.
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz taka- 
puka bo‘lib, parda orqasidan zalga mo‘ralaymiz. 
Tumonat odam yig‘ilgan. Biz sahnada saf tortib turib- 
miz. Hammasi bo‘lib ellik bolamiz. Sinflarimiz ham 
har xil.
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik 
marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga o‘tdi. 
Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari «Bugun — yigir- 
ma uchinchi aprel» degan qo'shiqni boshlab yubo- 
rishdi. Qo‘shiq tugagach, zalda qarsaklar yangrab 
ketdi.


Keyingi aytilgan qo‘shiq musiqa o‘qituvchisiga sira 
ma’qui bo‘lmadi.
— Bu qanday o‘zboshimchalik? Nima qilib 
qo‘ydinglar?! Qo‘shiqni ikki kishi ijro etishi kerak, deb 
aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaring-ku! — deb 
koyib berdi u parda orqasidan.
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko‘tarib, sah- 
naga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor yubka bilan 
kalta ko‘ylak. Bizlar ham qizlar bilan oldinma-ketin 
sahnaga chiqdik. Qosh-ko‘zimizga qozonkuya surtib, 
labimizning tepasiga qora mo‘ylov qo‘ndirib olgan- 
miz.
Musiqa o'qituvchimiz pianinoni boshlab yubordi. 
Likopcha ushlagan qizlar goh egilib, goh turib 
oramizdan o‘tib yurishibdi. Shu o‘rtada to‘satdan bir 
falokat yuz berdi. 0 ‘qituvchining pand-u nasihatlari 
paqqos yodimdan ko‘tarilib, sakrab yuboribman 
shekilli, chirigan pol taxtasining orasi ochilib, o‘yinchi 
qizlardan birining etagini qisib oldi. Biz o‘lib-qutulib 
muqom qilyapmiz-u, u bo‘lsa etagini tortish bilan 
ovora. Yana bir sakrab ko‘ray-chi zora boyoqishning 
etagi chiqsa, degan xayolda oldiga kelib bir irg‘ib 
tushdim. Polning og‘zi ochilishga ochildi-yu, ammo 
raqqosamiz yubkasini tortib ololmadi. Bechora jon- 
jahdi bilan bir silkingan edi, shir etib yubkasi tushib 
ketdi. Bo‘ldi kulgi, bo‘ldi kulgi.
— Parda! Pardani yopinglar! — deb qichqirdi 
musiqa o‘qituvchimiz sahna ortidan turib.
Gulduros qarsaklar ostida parda tushirildi.
Shundan keyin turli raqslar o‘ynaldi, qo‘shiqlar 
aytildi. Eng oxiri spektaklga navbat keldi.
0 ‘qituvchilarimizning o‘zi bizni grim qilib chiqdi. 
Mine oyisining eski kiyim-boshini kiyib oigan edi, 
naq liliput kampiming o‘zi bo‘ldi-qoldi. 0 ‘qituvchi 
bumimning tagiga quyuq qilib yelim yopishtirgach, 
ketmonning sopidek yo‘g‘on mo‘ylovni qo‘ndirib 
qo'ydi. Yelimning kuchi yetmay mo'ylov tushib ketdi.
150


Ustoz yana bir enlik yelim surtib 
q o ‘ygan 
edi, mo‘y- 
lovim joyiga tushdi. Damiming ikki betini yelimlab, 
ustidan paxta yopishtirishdi. Ota rolida chiqqanidan 
keyin soch-soqoli oppoq bo‘lishi kerak edi-da. 
Grimni bir amallab tugatdik. Shu payt o‘qituvchimiz 
to‘satdan:
— Damir juda yosh ko‘rinyapti. Ko‘zoynak taqib 
olmasa bo‘lmaydi, — deb qoldi.
Holbuki repetitsiyalarda bu haqda gap bo‘lgani 
yo‘q edi. Shu topda qayoqdan ko‘zoynak topib 
bo‘ladi? Xayriyat, direktor jonimizga oro kirdi. Ko‘z- 
oynagini olib, Damirga berdi.
— Lekin ehtiyot bo‘l, tag‘in sindirib-netib qo‘yma. 
Agar shu bo‘lmasa, hech narsani ko‘zim ko‘rmaydi, — 
dedi u Damimi ogohlantirib.
Ko'zoynak Damimi xuddi mitti cholning o ‘zi qilib 
qo'ydi.
— Voy-bo‘, ko‘zim qamashib ketyapti-ku, hech 
narsani ko‘rmayapman, — nolib qoldi Damir.
Gapi to‘g‘ri ekan. Parda ochilganda sahnaga chi- 
qaman deb boshini devorga qattiq urib oldi. Orqa- 
sidan itarib-surib, bir amallab sahnaga chiqarib yubor- 
dik.
Harqalay, spektaklning birinchi pardasi ancha 
yaxshi o‘tdi. Zalda yangragan qarsaklar buning yaqqol 
isboti bo‘ldi.
Ikkinchi parda boshlandi. Men onamni, ya’ni 
Mineni savalab turibman. Otam bo‘lmish Damir 
menga nasihat qilishi kerak. Bir payt bundoq qarasam, 
Damir bizni ko‘rmayapti. Tomoshabinlarga orqasini 
o‘girib olib, devorga qarab monolog o‘qiyapti. Har 
ikki gapining birida:
— Hoy zolim bola, bu nima qilganing, axir? Seni 
shu umidda boqib katta qilganmidik-a? — deb devor­
ga nola qilyapti.
— Buyoqqa qarab gapir, biz orqangda turibmiz, — 
sekin shivirladim qarshisidan chiqib.
151


Men onamni kaltaklab turganimda Damir uni 
qo‘limdan qutqarib olishi kerak edi. Lekin Damir 
yana bizni payqamadi, ko‘zbog‘lag‘ich o‘ynayotgan 
boladay qo‘li bilan paypaslab qoldi.
— Urma, urma onangni! Onaga qo‘l ko‘tarib 
bo‘lmaydi, oqpadar! To‘xta deyman! — eshik tomon- 
ga qarab baqiradi u.
Biz o‘ng yog'ida turibmiz-u u bo‘lsa chapga qarab 
bo‘kiradi. Zora ovozimni eshitib, biz tomonga o‘giril- 
sa, degan niyatda kinoda ko‘rganlarimni ishga soldim.
— Xa-xa-xa! Uraman! Urayotgan bo‘lsam men 
birovnimas, o ‘z onamni uryapman!
Damir ovozimni payqab, biz turgan tomonga 
o‘girildi-yu, lekir darrov yo‘qotib qo‘ydi.
— Hoy bola, urma deyapman senga! Ilohim onani 
urgan qo‘llaring sinib tushsin!
Yana uni bu tomonga qaratish uchun xanda ota- 
man:
— Xa-xa-xa!
Xullas, Damirdan ish chiqmaydiganga o‘xshaydi. 
Bizni topib olishiga ko‘zim yetmay qoldi. Noiloj 
Mineni Damiming oldiga sudrab keldim.
— Hoy oqpadar deyman...
— Bu tomondamiz, ota, bizga qarab qo‘y.
Damir farosatli bola emasmi, darhol vaziyatni
tushundi.
— Betingni ko‘rgani ko'zim yo‘q, oqpadar. Men 
otang bo‘laman. Kerak bo‘lsa menga o'zing qara!
Pyesadan tamoman chetga chiqib ketdik.
— Kimga qarab gapiryapsan, ota, axir men 
orqangda turibman-ku...
— Harholda senga emas. Toqatim yo‘q sen bilan 
gaplashgani...
— Bo‘lmasa devorga gap uqtiryapsanmi?
— Sendan ko‘ra shu devor ma’qul. Gapirsang, 
tushunadi.
— Sening o‘mingga tosh tug‘sam bo'lmasmidi,
152


kunimga yarardi, evoh, — deb yerda ingrab yotgan 
Mine ham jon berdi.
Damir olamdan o‘tgan Mineni bag‘riga bosib, 
ho‘ng-ho‘ng yigiashi kerak.
— Qanisan, xotinjon, qayoqda qolding, jabrdiy- 
dam! — deganicha u o‘zini yerga otib, Mineni 
timirskilab qidira boshladi.
Mine yotgan joyida unga qarab talpindi.
— Bu yerdaman, men o‘ldim.
— Mana endi birga bo‘linglar! — deb Damirni 
yoqasidan oldim-da, Minening ustiga uloqtirdim.
Shu bilan ikkinchi parda ham tugadi.
Parda tushirilgach, o‘qituvchimiz Damirni qattiq 
koyib berdi.
— Ko‘zoynakda ko‘rmayotgan bo‘lsam, nima qilay 
axir, — dedi u ham o‘zini oqlab.
Oxirgi pardada Damirni ko‘zoynaksiz chiqarmoq- 
chi bo‘lishdi-yu, lekin shu paytgacha ko‘zoynakda 
yurgan chol o‘limi oldidan birdan uni tashlasa, qiziq 
tuyuladi, degan andishada bu fikrdan voz kechishdi.
— Ko‘zoynakni taqqin-u, lekin oynagining ustidan 
qara, — maslahat berdi direktor.
Damir direktorning maslahatiga amal qilgani 
uchun uchinchi parda ancha silliq o‘tdi. Ammo oldin- 
gi sahnalarda tomoshabinlaming kulgi patini qitiqlab 
qo'ygan ekanmiz, to‘g‘ri gapgayam qiyqiriq ko‘ta- 
rishadi. Yig‘lash kerak bo‘lgan joyda ham nuqul kulgi 
qilishadi.
Uchinchi pardada men qamoqdan bo‘shab, uyga 
kelaman. Endi o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan 
o‘g‘ilman. Otamga yalinib, meni kechirishini so‘ray- 
man. Zaldagilarga qolsa, shu ham kulgi. Buning 
nimasi kulgi ekan, hayronman.
Kechirim so‘rab, otamning qo‘lini o‘pishim kerak. 
Endi o‘pmoqchi bo‘lib engashgan edim, bundoq 
qarasam, mo‘ylovimning bir tomoni yerda yotibdi. 
Yarimta mo‘ylov bilan boshni qandoq ko‘taraman?!

0 5 3


Darrov buyog‘ini kelishtirib yubordim.
— Oyog‘ingizga bosh qo‘yib yalinaman, ota- 
jon! — deb Damirning oyog‘i ostiga o‘zimni otdim.
Ayni paytning o'zida yerda mo‘ylovga chang sol- 
dim. Darrov labning tepasiga qo‘ndirdim. Ammo 
falokat degan narsa yolg'iz yurmas ekan. M o‘ylovning 
chap bo‘lagi tushgan ekan-u, uni o‘ng tomonga 
yopishtiribman. Ikkovi ustma-ust bo‘lib qoldi. Damir 
buni sezgan ekan, «chapga ol uni», deb shivirladi. 
Harakat qilib ko‘rdim, bo‘lmadi. Oxiri mo‘ylovini 
burayotgan kishidek qilib chap qo‘lni bo‘sh joyda ush- 
lab turaverdim.
— Men seni kechirdim, o‘g‘lim, — dedi otam 
nihoyat.
Men bo‘lsam unga mo‘ylov qilaman. Lekin buning 
ham cheki bo‘lishi kerak-da! Qachongacha otamga 
qarab mo‘ylov burayman?!
— Agar gunohimdan o‘tmaganingda shu mo‘ylovni 
mana bundoq qilib yulib tashlamoqchi edim, ota- 
jon! — deya solib 
m o ‘ylovni 
shartta olib, oyog'imning 
ostiga tashladim.
— Nima qilib qo‘yding, bolaginam?
— Sendan aylansin shu mo‘ylov, otajon! Gunohim 
katta, uni yuvishga bu ham yetmaydi.
Spektakl oxirlab qoldi. Endi otam ho‘ng-ho‘ng 
yig‘lab meni bag'riga bosishi va «gunohingdan o‘tdim, 
o‘g‘lim. Endi parvardigorga iltijo qil, seni o‘zi 
kechirsin», deb turib, jonini taslim qilishi kerak.
Damir ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Razm solib qara- 
sam, rostakamiga yig‘layapti. Spektakldan keyin 
aytishiga qaraganda, yuragi ezilib ketgan ekan. Xullas, 
yuz-ko‘zi chaplashib, paxta ivib ketdi. «Voy, bolagi­
nam!» deb o‘zini menga tashladi. Birpas quchoqlashib 
turdik. Keyin bir-birimizni bo‘shatdik.
Yuziga qarasam, bittayam soqol-mo‘ylovi qolmap- 
ti. Hayron bo‘lib o‘zimnikina paypaslayman. Ana 
xolos. Mendan soqol o‘sib chiqibdi. Boya bir-birimiz
GUI----------------------------------------


bilan achomlashib turganimizda Damirning ivib ket- 
gan soqoli menga o‘tib qolgan ekan-da... Birpasda 
o‘g‘lidan otaga aylanib qoldim. Hozir otaning yerga 
yiqilib, jon beradigan payti. Lekin Damirning hech 
oiadigan turqi yo‘q.
— Bo‘l endi, Damir, o‘ladigan bo'lsang tezroq 
o‘lmaysanmi, — pichirlab dedim unga.
— Soqol senga o‘tdi-ku, endi qaysi birimiz 
o‘lishimiz kerak?
— Axir sen otasan, albatta o‘lishing kerak. Yerga 
ot o‘zingni! — Damirning bo‘lsa o‘zini tashlagani 
hecham yuragi betlamaydi.
— Namuncha imillaysan? Bo‘l tez!
— Yiqil desang yiqilaveraman-u, ammo direktor- 
ning ko‘zoynagi nima bo‘ladi? Tag‘in sinib qolsa-ya?
— dedi u oldimga kelib.
— E, gapni cho‘zma, tez bo‘l. Spektakl tugashi 
kerak. Sharmanda bo‘ldik.
— Men gunohingdan o‘tdim. Endi parvardigorga 
iltijo qil, seni kechirsin.
Damir shu gapni aytdi-da, ko‘zoynakni bemalol 
stolga olib qo‘ydi. Keyin: «Endi men o‘lyapman!» 
deganicha gup etib yerga ag‘darildi. Men uning ustiga 
o‘zimni tashladim. Darhol pardani yopishdi. Ammo 
ikkovimiz juda oldinga chiqib ketgan ekanmiz, yarim 
belimiz pardadan tashqarida qoldi.
Zal kulgi va qarsak zarbidan larzaga keldi.
— Bunday ahvolda yotaversak bo‘lmaydi, qani, 
turamiz endi, — deb Damirga pichirladim.
— 0 ‘lgan odam qanaqa qilib turadi? Xohlasang, 
o‘zing tur, men yotishim kerak.
Allakim oyog‘imizdan sudrab, parda ichiga oldi. 
0 ‘mimizdan turib ko‘rsak, o‘qituvchimiz ekan.
— Rasvo bo‘ldik, Ahmad, endi toza gap eshita- 
miz, — dedi sekingina Damir.
Yurak o‘ynog‘ida sahna ortiga o‘tdik. Direktor
155


bilan o‘qituvchilar huzur qilib ko‘zyoshlarini artib tu- 
rishgan ekan.
Xullas, 23-apreldagi konsertni boplab tashladik. 
Hamma Damirga qoyil qoldi. Hali-hali Damir zo‘r 
iste’dod egasi ekan, deb yurishibdi. Bu gapning tagida 
jon bor. Zotan u o‘qituvchimizning tragediyasini ajoy- 
ib komediyaga aylantirib berdi.
Shu kunlarda Istanbulning havosi juda ajoyib. 
Kanikul kunlari Istanbulda diydor ko‘rishguncha xayr. 
Omon bo‘l.

Download 2,74 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish