bo‘lib, hujum qilayotgan tomon asosan tipratikon
bo‘lib, u nuqul hamla qilar, har hamla qilganida o‘tkir
tikanlarini ilonning tanasiga sanchib olarkan. Ilon
chetroqqa o‘rmalab qochmoqchi bo‘lsa, yugurib oldi-
dan chiqar, yana nayzasini suqib-suqib olaverarkan.
Oxiri ilon shu darajada abgor bo‘libdiki, qimirlash-
gayam holi qolmabdi. Tipratikan yana hujumga shay-
lanib turganini ko‘rib, ofitser qo‘lidagi tayog'i bilan
uni bir-ikki marta tushiribdi. Tipratikan til tortmay
o‘libdi, tayoq ham qars etib sinibdi. Ofitser yo‘l-
yo‘lakay singan tayog‘ini o‘ynab, o‘zi turgan chodirga
yetib olibdi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, tashqari
chiqib qarasa, boyagi yo‘g‘on ilon chodiming osto-
nasida tasmadek cho‘zilib o'lib yotganmish. Ustida
singan tayoq bo‘lagi.
0 ‘qituvchimiz shu voqeani aytib bergach, bizga
bunday degan edi:
— Tanasi ilma-teshik boiib ketan bir ilonning
yaxshilikka yaxshilik qaytarish niyatida shuncha yo‘l
bosib, tayoqning singan uchini sudrab kelishi aslida
aql borvar qilmaydigan narsa. Lekin bu bo‘lgan voqea.
Qolaversa, buni ibratli tasodif desa ham bo‘ladi.