• Ona tarbiyasi
  • Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/47
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #145731
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
    Bog'liq
    sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

    Ayiqning tashakkuri
    Tavr tog‘i tomonlarda bir dehqon o‘rmonga borib, 
    katta bir daraxtni ag‘daribdi-da, o‘tin tayyorlashga 
    kirishib ketibdi. Shu orada qayerdandir ayiq paydo 
    bo‘lib, uning qarshisiga kelib o‘tiribdi-da, harakatla- 
    rini zimdan kuzata boshlabdi. U taraflarda nima ko‘p, 
    ayiq ko‘p. Lekin odamga hujum qilmaydi. Shuni bil- 
    gani uchun o‘tinchi dehqon bemalol ishini qilave- 
    ribdi.
    Bir mahal u to‘nkani yormoqchi bo'lib, pona 
    tiqibdi-da, qo'lidagi boltaning orqasi bilan uraveribdi. 
    Keyin tushlik qilib olish uchun bir chekkaga borib
    -------------------------------------- QzD


    o‘tiribdi. Uning ketganini ko‘rgan ayiq to‘nkaning 
    oldiga kelib, yosh boladay ponani o‘ynay boshlabdi. 
    Ponani joyidan qo‘zg‘atmoqchi bo‘lib uyoqqa tortqi- 
    labdi, buyoqqa tortqilabdi, oxiri pona otilib ketib
    to‘nkaning yorig'iga oyog‘i qisilib qolibdi. Ayiq jon 
    achchig‘ida bo‘kirib yuboribdi. Dehqon yugurib kelib 
    to‘nkaga kattaroq pona tiqibdi, yoriqning og‘zini ken- 
    gaytirib, ayiqning oyog‘ini sug‘urib olibdi. U boyoqish 
    cho‘loqlanganicha o‘kirib-o‘kirib yo‘liga ravona bo‘- 
    libdi.
    Shu kuni ishi chala qolgan dehqon ertasiga erta 
    bilan o‘sha joyga kelsa, kechagi to‘nkaning ustida 
    mumkatakda asal turganmish. Shunda u kechagi qil- 
    gan yaxshiligi uchun ayiq shu asal bilan minnat- 
    dorchilik bildirmoqchi bo‘lganini tushunibdi.
    Ona tarbiyasi
    0 ‘n yashar bola edim. Istanbulning Sulaymoniya 
    mahallasida, ikki qavatli eski uyning bir xonasida 
    oilamiz bilan ijaraga turardik. Targ‘il bir mushugimiz 
    bo‘lardi. 0 ‘sha kezlari u bolalagan bo'lib, faqat bittasi 
    tirik qolgan edi.
    Targ‘il nechog'lik och qolmasin, uydagi narsalarga 
    hecham ko‘z olaytirmasdi. Aslida esa o‘zi uchchiga 
    chiqqan o‘g‘ri edi. Allaqayerlardan go‘sht o'marib, 
    uyga tashigani tashigan edi. Bir kuni og‘zida katta bir 
    bo‘lak go'sht bilan zo‘rg‘a zinadan chiqib, uni dahliz- 
    ga qo‘ydi-da, miyovlab bolasini chaqirdi. Bolasi kel- 
    gach, go‘shtni yerdan olib, o‘zi doim ovqat yeydigan 
    tog‘orachaga soldi. Mushukcha go'shtga tashlanib
    apil-tapil yeya boshladi. Tag'il yerga cho‘zilib, tam- 
    shanib qo‘ydi.
    U paytlarda biz yerga ko‘rpacha to'shab, pastakki- 
    na xontaxta atrofida ovqatlanardik. Kunlardan birida 
    dasturxon atrofida o'tirgan edik. Targ‘il oyim bilan
    172


    mening o‘rtamga kelib yotib oldi. Birozdan keyin 
    yoniga bolasi keldi. Lekin u onasiga o‘xshab jimgina 
    yotish o‘rniga boshini dasturxonga cho‘zib, ustidagi 
    narsalarni iskay boshladi. Bu ham yetmagandek, keyin 
    oldingi oyog‘ini dasturxonga qo‘ydi. Bolasi beso‘roq 
    bir nima olmoqchi bo‘lganini sezgan targ‘il darhol 
    oyoqqa turdi. Xuddi quloqsiz bolasining ta’zirini berib 
    qo‘ymoqchi boigan onalarga o‘xshab, bir oyog‘i bilan 
    mushukchaning boshiga tushirdi, uni urib-urib xon- 
    taxtaning tagiga kiritib yubordi. 0 ‘sha voqeadan keyin 
    mushukcha dasturxonga oyoq uzatganini qayta 
    ko‘rmadik.



    Download 2,74 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish