yerga tushdi. 0 ‘qimiz nishonga tegishini kutmagan
ekanmiz shekilli, ikkovimiz ham esankirab qoldik.
Keyin chumchuqning teppasiga yugurib bordik. Jon
talvasada tipirchilab, to‘lg‘anib yotgan qushchani ko‘-
rib, ikkovimiz bexosdan yig‘lab yubordik. Chumchuq
boyoqish
uchay desa ucholmas, qochay desa qochol-
masdi. Hali tirik edi. Bu dahshatli o‘lim azobi bir-
ikki daqiqa davom etgan bo'lishi mumkin, ammo
mening nazarimda u cheksizday tuyulardi. Chumchuq
yotgan joyida tipirchilagan sari biz battar ho'ngrab
yig‘lardik. Oxiri u qimirlamay qo‘ydi. Qushchaning
joni uzilgan bo‘lsa ham,
aka-uka ikkovimiz hamon
ho‘ng-ho‘ng yig‘lardik. Men uning o‘limiga sababchi
bo‘lgan rogatkani olib uloqtirib yubordim. Burxon
akam qo‘li
bilan yerni timdalab, chumchuqqa go‘r
ochdi. Yig‘i-sig‘i bilan uni ko‘mdik. Shundan keyin
ikkovimiz bir og‘iz churq etmay, xo‘rsina-xo‘rsina
uyga qaytdik.
Ertasi kuni sinf o‘qituvchimiz erkin mavzuda insho
yozishni buyurdi. Men o‘zimga g‘oyat ta’sir
qilgan
mana shu voqeani bayon qilib berdim. 0 ‘qituvchimiz
inshoyimni o ‘qib chiqqach, juda maqtadi, ko‘klarga
ko‘tardi. Xullas, mening umrimda birinchi marta yoz-
gan asarim shu bo‘ldi.