miltiqni olib, o‘q uzmoqchi bo‘lgan ekan, piltasi o‘t
olmabdi. Ayiq esa yaqinlashib qolibdi. C ho‘ponlar
miltiqni tashlab, tiraqaylab qochishibdi.
Ayiq bemalol
gulxanning oldiga kelibdi, keyin yerda yotgan miltiqni
olib, tizzasiga bir urib sindiribdi. Shundan so‘ng u
bitta qo‘yni burdalab, yeyishga tushibdi. 0 ‘sha kezlari
suruv tomonda tulki ham aylanishib qolgan ekan. Har
kuni u ayiqning izidan borib, undan qolgan sarqitlarni
pok-pokiza qilib tushirib ketar ekan.
Shu kuni tulki
yana paydo bo‘libdi. Ayiq uni ko‘rib qolibdi-da, bir
parcha go‘sht irg‘itibdi. Tulki yaqin kelib, go‘shtni
olibdi. Ayiq yana tashlabdi.
Lekin bu gal beriroqqa
uloqtiribdi. Shu tariqa go‘sht tashlab, tulkini yaqiniga
keltiribdi-da, bir chang solib ushlab olibdi. Shundan
keyin boya o‘zi majaqlab
tashlagan miltiqning sum-
basini olib, obdan o‘tda qizdiribdi-da, dahshatdan
qotib qolgan cho‘ponlarning ko‘zi o‘ngida
uni tulki-
ning ketiga bosibdi. Bir necha marta buni takrorla-
gach, oxiri tulki o‘libdi. Ayiq: «Yegan qo‘yimning
haqi bu», deganday uning o'ligini cho'ponlar pusib
yotgan tomonga uloqtiribdi.
Shu-shu bu ayiq mutlaqo
ko‘rinmay ketibdi.