Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Xaloskor it
Moskvada Ajdar Ibrohim degan bir kino rejissyor 
bilan do‘stlashib qolgan edik. Ikkinchi marta 
Moskvaga borishimda o‘shaning xotini vafot qilganini 
eshitdim. Bir tanishimizni yonimga olib, ko‘ngil 
so‘ragani dala hovlisiga bordim. Kinorejissyorning 
dala hovlisi katta yo‘ldan chetroqda, o‘rmon yoqasida 
ekan. Xotini qazo qilganiga bir hafta bo‘libdi.
H 64


Ajdar Ibrohim gap orasida marhumaning bir iti 
bo‘lganini, janozadan so‘ng u mutlaqo ko‘rinmay qol- 
ganini aytdi. Ilgarilari bunday odati yo‘q ekan. Hatto 
o‘rmonning ichiga kirib ketsa ham, bir soatga qolmay 
uyga qaytarkan.
— It egasi o‘lganini sezgan bo‘lsa kerak, demoq- 
chimisan? — deb so‘radi hamrohim.
— Qaydam, — deb javob berdi Ajdar Ibrohim. — 
Aniq bir narsa deyolmayman-u, lekin Ashxabodda 
bo‘lgan bir voqeani eshitganimdan keyin jonivorlarda 
favqulodda sezish qobiliyati bo‘lishiga ishondim.
— Ashxabodda nima bo‘lgan ekan?— deb so‘radim 
undan.
Bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
— O lzim asli ashxabodlikman. Qaysi bir yili otpus- 
ka paytida borsam, ikki qo‘shnim bir-biri bilan sud- 
lashib yurgan ekan. Ikkovi yoqalashib qolib, biri 
ikkinchisini belkurak bilan urmoqchi bo‘libdi. Zo‘rg‘a 
ajratib qo‘yishibdi. Janjal nimadan chiqqanini hech 
kim bilmaydi. Men o‘sha yerda ekanimda ulami sud 
majlisiga chaqirib qolishdi. Azbaroyi qiziqqanimdan 
men ham sudga bordim.
— Siz nima uchun qo‘shningizga belkurak ko‘tar- 
dingiz? — deb so‘radi sudya ayblanuvchidan.
— Itimni urib mayib qilgani uchun, — deb javob 
berdi ayblanuvchi.
Sudyaning jahli chiqdi.
— Hech zamonda odam bolasi bir itni deb 
qo‘shnisiga qo‘l ko‘taradimi, bu qanaqa gap axir?
— Mening itim bo‘lakcha, boshqa itlarga 
o‘xshamaydi, — deb qoldi da’vogar.
— Iya, nimasi bo‘lakcha ekan?
Shundan keyin itning egasi bir boshdan gapirib 
berdi.
— Ikkinchi farzandimiz ikki oylik chaqaloq edi 
o‘shanda. Chaqaloq beshikda uxlab yotgan paytlarda 
itimiz hecham uning yonidan jilmasdi. Bir kuni erta-
165


lab o‘mimda gazeta o‘qib yotsam, xotinim yig‘i-sig‘i 
ko‘tarib qoldi. Bola beshigi bilan yo‘qolibdi. Darhol 
izlashga tushdik, uy ichidan topilmadi. Yugurib hovli- 
ga chiqsak, beshik o‘sha yerda ekan, yonida esa it. 
Chaqalog‘imiz pishillab uxlab yotibdi.
Beshikni uyga olib kirdik. Lekin o‘sha kuni kechasi 
it yana uni tashqariga olib chiqib ketibdi. Itni do‘p- 
poslab, eshikni yopib qo'ydik. Havo dim bo‘lgani 
uchun derazalar ochiq edi. Yarim kechada er-xotin 
shovqindan uyg‘onib ketdik. Bundoq qarasak, it de- 
razadan uyga kirib, beshikni tashqariga sudrab 
chiqmoqchi bo‘lib turgan ekan. Uni yana quvib chi- 
qardik.
Tongga yaqin dahshatli falokat yuz berdi. Yer chir 
aylanib ketganday bo‘ldi. Ustimga bir nimalar bosib 
tushdi. Hushdan ketibman. Shu ahvolda qancha yot- 
ganimni bilmayman. Bir payt o'zimga kelib qarasam, 
xarobalar tagida ko‘milib yotibman. Qattiq shikast- 
lanibman. Shu orada tepamdan qitirlagan ovoz eshi- 
tildi. Birov meni kavlab chiqarmoqchi bo‘layotganga 
o‘xshardi. Keyin itimizni ingillagan tovushidan tani- 
dim. Sal o‘tmay kichkinagina teshik ochilib, ichkari- 
ga havo kirdi, yorug‘lik tushdi. So‘ng itimning oyog‘i 
ko‘rindi. Uning yordami bilan bir amallab tashqariga 
chiqib oldim. It meni o‘z holimga qo'ymay hadeb 
pochamdan tortqilayverdi. Bir joyga kelganimizda 
nuqul gir aylanib ingillayverdi. Darhol qazishga 
tushdim, katta qizimni qutqarib oldim. Bu dahshatli 
zilzila paytida hamma o‘zi bilan o‘zi ovora edi. Onam 
bilan xotinimning tirik qolishiga ham shu it sababchi. 
U joyni ko'rsatdi, men qazib oldim. Keyin hammamiz 
chaqaloqni izlay boshladik. It ham g'oyib bo‘ldi 
negadir. Qazib ko‘rmagan joyimiz qolmadi. Oxiri 
hovliga chiqib qarasak, beshik bir chekkada turibdi. 
Yonida esa itimiz. Beshikning ichida bola. Bildikki, 
yer qimirlashidan sal odinroq it beshikni uydan olib 
chiqib ketgan ekan. Zilzila paytida bizni butun uy
166


ichimiz bilan o‘limdan qutqarib qolgan shu it bo‘ladi. 
0 ‘sha voqeadan keyin it bizga qadrdondan ham qadr- 
don bo‘lib qoldi. Qo'shnim bo‘lsa shunday itning 
joniga qasd qilib o‘tiribdi. Chidab turolmadim, itimni 
qutqarib qolish uchun belkurak bilan qo‘shnimga 
tashlandim. Lekin ulgurolmadim, itimga jarohat 
yetkazibdi u.
Kinorejissyor Ajdar Ibrohim hikoyasini tugatgach, 
shunday dedi:
— Sudda shu gapni eshitganimdan keyin jonivor- 
larda favqulodda sezish qobiliyati borligiga ishondim. 
Xotinim itimizni ko‘p erkalab, mehribonchilik ko‘rsa- 
tardi. Men unchalik ro‘yxushlik bermasdim. It uning 
o‘lganini sezgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Xullas, 
o‘sha kundan keyin u uydan chiqib ketdi-yu, qaytib 
kelmadi.

Download 2,74 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish