Yozuvchidan bolalarga maktub
Anqara, 11-aprel, 1967-yil.
Aziz jigargo‘shalar!
Yo‘q, aziz jigargo‘shalarim!
Men hammangizni o‘z farzandlarimday sevaman.
Har qanday sevgi-muhabbatda bo‘lganidek, menikida
ham ozroq xudbinlik bor. Biz,
kattalar, sizlarda o‘z
hayotimizni, o‘z izdoshlarimizni ko‘ramiz, shundoq
bo‘lishiga qattiq ishonamiz. Men o‘z farzandlarimni-
gina,
faqat turk bolalarinigina emas, dunyodagi
hamma bolalarni — amerika, rus, nemis, armani,
xitoy, lo ii bolalarini ham jondan sevaman.
Men sizlarga bir narsani oshkor qilmoqchiman.
Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Ushbu kitobdagi
xatlarni Zaynab bilan Ahmad emas, balki men yoz-
ganman. Zaynab bilan Ahmadni men o‘ylab topdim.
Ikki o‘quvchi bola bir-biriga bunchalik ko‘p, buncha-
lik batafsil va bexato xat
yozishi mumkin emasligini
o‘zingiz ham yaxshi bilib turibsiz. Bordi-yu, orala-
ringizda bir-biriga xat yozishib yurgan bolalar bo‘lsa
va bu xatlarni yaxlit kitob holiga keltirsangiz baribir
jumla tuzishda, imloda yanglishliklar ketgan bo‘ladi.
Ammo shunisiga aminmanki, sizlamiki menikidan
durustroq chiqqan bo‘lardi.
Nega deganda, sizlar o‘z
tilingiz va dilingiz bilan samimiy so‘zlagan bo‘lardin-
giz. Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi eng yirik farq
ham shunda. Sizlar ham ulg‘aygan sari bizga o'xshab
boraverasiz, samimiylikdan uzoqlashasiz.
Bu asarimda men qo‘limdan kelmaydigan bir ishga
unnab ko‘rdim — o‘zimni sizlaming o‘rningizga
qo‘ymoqchi bo‘ldim. Aslida buning hech imkoni yo‘q.
Zotan, kattalar o‘zlarining bolalik davrlaridan bir-ikki
ming yilga uzoqlashib ketgan bo'lishadi. Shuning
uchun ham biz, kattalar, o‘z bolaligimizni mutlaqo
unutib yuboramiz. Ota-onangiz ham, o‘qituvchingiz
ham bir paytlar bola bo‘lishganini esdan chiqarishadi.
159
Zaynab bilan Ahmad nomidan yozilgan mana shu
maktublar chindan ham konkursga qatnashdi. Ammo
unga mukofot tekkani yo‘q. Buni adolatsizlik deb ham
bo‘lmaydi. Bu roman
konkursda mukofot olomasdi
ham. Chunki kitobni o‘qib chiqqan jyuri a’zolari ham
bolalik yillarini allaqachon esdan chiqarib yuborish-
gan. Zaynab bilan Ahmad shundoq bo‘lishini bilish-
gan edi.
Hamma yozuvchilarga o'xshab men ham sizga bir-
oz nasihat qilmoqchi bo‘ldim. Lekin mening nasihat-
larim boshqa odamlamikiga sira o‘xshamay qoldi.
Bo‘lak ilojini topolmadim. Ammo bu kishi hamisha
shunaqa ekan, deb
o'ylam ang.
Shaxsiy hayotimda
men ham o‘g‘il-qizlarimga o‘sha kattalarga o'xshab
muomala qilaman. Men ham go‘yo yaqindagina
emas, bundan ming yil oldin bola bo‘lganday ish tuta-
man. Biz, kattalar,
buning xato ekanini bilamiz-u,
lekin boshqa ilojimiz yo‘q. Nochormiz.
Men ushbu kitobimda yana bir narsaga unnab
ko‘rdim — o‘zimni katta, sizlarni esa yosh bola deb
bilmadim. Sizlar bilan tenglashib ololmaganim uchun
sizlarni o‘zim qatori deb bildim. Ha, sizlarni kattalar
qatoriga qo‘shib qo‘ydim.
Ayni bir paytda hali bola
ekanligingizni esdan chiqarmaslikka harakat qildim.
Shuning uchun ham men kitobdan ko‘zlagan maqsad-
larimni sizlarga ro‘yirost gapiryapman...
Qadrli jigargo‘shalarim! Hammangizga chin qal-
bimdan muvaffaqiyatlar tilayman.