Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Ahm ad Tarbay.
Yolg‘on gapirma
Anqara, 16-mart, 1964-yil.
Ahmad!
26-fevralda yuborgan xatingga kechikib javob qay- 
tarayotganim uchun uzr. Bilasanmi, biz hozir 23- 
aprelda1 bo‘ladigan kechaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. 
Menga ko‘p narsani yuklab qo'yishgan. Bir tomon- 
dan, shu kechaning tashvishi, ikkinchi tomondan, 
darslar ham ko'payib ketdi. Xullas, senga o‘z vaqtida 
javob yozolmadim. Lekin Husaynga ikki enlik xat 
yubordim. Husaynning boshiga tushgan kulfatni eshi-
' 23-aprel — Turkiya mustaqilligi kuni.
Q U ]------------------------------------------


tib, qattiq qayg'urdim, buni sen orqali bilganimni ayt- 
masdan, ko'nglini ko‘tarib qo‘ydim.
Senga javob yozishga vaqt topolmay yurgan 
kezlarim qiziq-qiziq gaplar bo‘lib o‘tdi. Shulardan 
birini senga gapirib beray. 0 ‘zi Metinga taalluqli 
narsa.
Metinning goh-gohda dadamga yolg‘on gapirib 
qo‘yadigan odati bor. Dadam buni sezib qolsa juda 
jahli chiqib ketadi. Keyin esa uni yoniga olib, qattiq 
nasihat qiladi.
Nim a qilsang qilgin-u, lekin yolg‘on gapirma- 
gin, o‘g‘lim, — deydi dadam bunday paytlarda. — 
Yolg‘onning urug‘i serob bo‘ladi. Arzimagan narsada 
aldasang, buni yashirish kattaroq yolg‘onni o‘ylab 
topishga majbur bo‘lasan. Innaykeyin, sirim oshkor 
bo‘lmasin deb bundan ham kattaroq yolg‘onni ish- 
latasan. Mayda yolg‘ondan hamisha katta yolg‘on 
kelib chiqadi. Shuning uchun zinhor yolg‘on gapirma, 
hamisha rostgo'y bo‘l!
Dadam shunday deb aytadi-yu, lekin Metinni yol- 
g‘on gapirishga o‘zi majbur qiladi. Nega deganda 
Metinning pashshadek gunohi dadamga tuyadek 
bo‘lib ko‘rinadi. Ukam bechora keyin rosa so‘kish 
eshitadi. Shuning uchun ham u yolg‘on ishlatib, 
dadamning do‘q-po‘pisasidan qutulsam deydi. Lekin 
baribir oxiri sir ochilib, rosa gap eshitadi-ya...
— Dadamga nima deb bahona qilsamikin? — deb 
qoldi bir kuni Metin menga termulib.
Xabarim bor, bir necha kundan beri dadam 
Metinga bugun albatta sochingni oldirib kel, deb 
tayinlaydi. Metin bo‘lsa o‘yin bilan ovora bo‘lib, 
nuqul buni esidan chiqaradi. 0 ‘sha kuni ertalab ishga 
ketayotib, dadam:
— Ishdan qaytgunimcha sochingni oldirib kel, 
bo‘Imasa xafa qilaman, — deb Metinni qattiq koyib 
bergan edi.
143


— To‘g‘risini ayt, vaqtim bo‘lmadi, de. Yolg‘on 
gapirsang baribir mising chiqadi, — deb maslahat 
berdim.
— To‘g‘risini aytsam, dadam urishib beradilar... 
Bergan pulingizni yo‘qotib qo‘ydim, deb aytay- 
mi-a?
— Esing bormi o‘zi? Bir martayam shunaqa deb 
qo‘lga tushgan eding-ku. Yo‘qotdim degan puling 
yoningdan chiquvdi.
— Kitob oldim, desammikan-a?
— Rostini aytaver yaxshisi.
— Yoki sartaroshxonada odam ko‘p ekan, navbat 
tegmadi, deb aytaymi?
Topgan bahonalariga o‘zining ham ko‘ngli to‘l- 
madi.
Dadamning Ziyobey degan oshnasi bor. 0 ‘sha 
kuni kechqurun shu kishi xotini bilan mehmonga 
kelib qolishdi. Dadamni anchadan beri ko‘rmagan 
ekan, sog‘inib kelibdi. Ammo kech kirib, qorong‘i 
tushdi hamki, dadamdan darak bo‘lmadi.
— Birpas o‘tiringlar, hali zamon kelib qoladi, — 
deb oyim mehmonlami gapga solib o‘tirdi. Ammo 
dadamdan darak bo‘lavermagach, oyimning o‘zi 
g‘ulg‘ulaga tushdi.
— Bunaqa odati yo‘q edi. Namuncha kech 
qoldiykin-a?
— Kim biladi, balki ish-pishi chiqib qolgandir, — 
dedi Ziyobey oyimni tinchitib.
Hayronman, ishi chiqsa xabar qilguvchi edi.
Metin ikkovimiz ovqatni yedik. Yana ancha vaqt
o‘tdi. Metin ham o‘miga kirib yotdi. Mehmonlar 
endi ketamiz deb turishgan edi, birdan eshik taqillab 
qoldi.
— Ana, keldi! — dedi oyim sapchib o'midan turib.
— Biz bekinib olamiz, ko‘rib hayron bo‘ladi, — 
deganicha mehmonlar yugurib narigi xonaga kirib 
olishdi. Oyim borib eshikni ochdi.
144


— Qayerda yuribsan? Tinchlikmi o‘zi? Rosa 
xavotir oldik-ku.
— Ziyobey kasal ekan. Ko‘rib kelyapman, — dedi 
dabdurustdan dadam.
— Shundaymi? Namuncha qolib ketding bo‘l- 
masa?
— Og‘ir yotgan ekan. Oldida birpas o‘tirdim.
— Voy boyoqish-ey! Ishqilib sog‘ayib ketsin-da!
Dadam yana bir nima demoqchi bo‘lib endi og‘iz
juftlagan ham ediki, qo‘shni xonadan chiqib kelayot- 
gan Ziyobey bilan xotiniga ko‘zi tushdi. Dadam nima 
deyishini bilolmay qoldi. Oxiri:
— Iya-iya-iya... 0 ‘zlari ham shu yerda ekanlar- 
da! — deb yubordi.
— Senga bir kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘y- 
moqchi bo‘luvdik!
— Chindan ham bu kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, — 
dedi oyim jilmayib.
Hammalari dasturxonga o‘tirishdi.
— Metin uxlab qoldimi? — so'radi dadam saldan 
keyin.
— Ha, uxlab qoldi, — dedim shosha-pisha. — 
0 ‘ziyam bahona topaman deb rosa charchadi. Sochini 
bugun ham oldirgani yo‘q. Esidan chiqibdi. To‘g‘risi- 
ni aytsam, urushib beradilar, deb sizga yolg‘on gapir- 
moqchi bo'lib turgan edi.
Dadam o‘shqirib berdi.
— Bemahalda nima qilib yuribsan? Bor, joyingga 
yot!
Xullas, Metin ertangi jazodan qutilib qoldi.
Ahmad, tez-tez xat yozib tur. Yaxshi tilaklarimni 
qabul qilgaysan.

Download 2,74 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish