Zaynab Yolqir.
Mehmon kutdik
Istanbul, 10-fevral, 1964-yil.
Aziz do‘stim Zaynab!
Xatingni oldim. Q o‘shni kvartirada bo‘lgan
voqeani yozgan ekansan. Xatingni o‘qiyotib, yaxshi-
124
yam bizning uyimiz kichkina, atigi uchta xonasi bor,
nima gap bo‘lsa darrov bilamiz, deb suyundim.
Biznikida unaqa noma’qul ishlar bo‘lmaydi. Ammo
men senga aytsam, oilamizda ko'ngilsiz voqealar
haliyam bo‘lib turadi. 0 ‘tgan yakshanba kuni xuddi
shunday bo‘ldi.
Dadam bir kuni ishdan qaytgach, yakshanba kuni
xo‘jayin biznikiga mehmon keladi, deb qoldi. Oldiniga
ishonmadim, hazil bo‘lsa kerak, deb yuraverdim.
Chunki dadam xo‘jayinini juda yomon ko‘radi, buni
bilaman. Qayerda shu odamdan gap ochilib qolguday
bo'lsa, dadamning qoni qaynab ketadi, go‘riga g‘isht
qalab, rosa avra-astarini ag‘darib so‘kadi.
— Bu odamning bizda nima ishi bor, nega kela
di? — hayron bo‘lib oyimdan so‘radim.
— Bu nima deganing? Dadangning xo‘jayini u
axir.
— Dadam uni yomon ko‘radi-ku?!
— Dadang yomon ko‘rsa, dadangni u yaxshi
ko‘radi.
— Nima uchun?
— Chunki dadang hozir fabrikada obro'li, kasaba
soyuz vakili.
Fabrika ishchilari dadamni bundan bir oy oldin
kasaba soyuz komitetiga o‘zlaridan vakil qilib saylash-
ganini eshitgan edim. Xo‘jayin shuning uchun kel-
moqchi bo'lgan ekan-da, deb qo‘ydim ichimda.
Dadamning xo‘jayinini ilgari hecham ko‘rmagan-
man. Qanaqa odam ekan, deb ichimga g‘ulg‘ula tush-
di. Devday bahaybat bir odam bo‘lsa kerak, degan
xayolda yurdim.
Uyimizda tayyorgarlik ishlari zo‘rayib ketdi. Bir
kuni dadam ishdan kela solib, devor oqlashga tush-
di. Devomi oqlab turib ham xo‘jayinini bo‘ral at ib
so‘kyapti.
— Nega devorlami oqlayapsiz, dada? Xo‘jayinning
kelishigami?
— Xo'jayining nimasi?— Dadam qo‘lidagi cho‘t-
kani zarda bilan chelakka tiqdi.— Devomi uning
125
uchun oqlayotganim yo‘q. Ko‘rmaysanmi, hammayoq
kir bo‘lib ketibdi.
Oyim qo‘ni-qo‘shnidan likopcha, stakan, dastur-
xon topib chiqdi. Shanba kuni esa erta bilan oshxo-
naga kirib olib, pishiriq bilan ovora bo‘ldi.
Yakshanba kuni dadam juda erta turdi. Dam olish
kunlari bemalol uxlardi, shuning uchun hayron bo‘l-
dim.
— Mehmon shunaqa erta keladimi, dada?
— Mehmon kelarkan, deb barvaqt turganim yo‘q,
o‘g‘lim.
Nonushtadan keyin dadam derazaning oldiga
o‘tirib oldi. Ikki ko‘zi ko'chada. Dam-badam o‘mi-
dan turib ketadi-da:
— Bu xumpar qayoqda qoldiykin? — deb g‘ijinib
qo‘yadi.
Oyim dasturxonni tuzab qo‘ydi. Shundoq bo‘l-
sayam oshxona bilan uyga zir yugurib, kam-ko‘stini
qidirdi. Dadam fig‘oni oshib uyda gir aylanib yurgan
edi, birdan ko‘cha tomondan mashinaning signali
eshitildi.
— Ana, keldi! Yuguringlar! Eshikni ochinglar!
Nimaga qaqqayasanlar?! Tezroq bo‘lsalaring-chi! —
bo‘kirib berdi dadam. 0 ‘zi esa boshini derazadan
chiqarib, ko‘chaga mo'raladi. Dadamning ovozidan
qo‘rqib ketgan oyim jonholatda eshikka qarab yugur-
di. Ochib qarasaki, hech kim yo‘q.
Oyim ikki kundan beri Fato'shning qulog‘iga gap
quyadi. Mehmonning oldida uni qil-u buni qilma,
degan mazmunda. Oyimning odob darslariyam nuqul
men bor paytda o‘tadi. Buning bir chekkasi menga
ham tegishli bo‘lsa kerak-da.
Mana, Fato‘sh yasanib oigan. Oyim menga sekin
ko‘z qirini tashlab qo‘ydi-da, yana nasihatga o‘tdi.
— Mehmon borida odob saqlab o‘tirgin, oppoq
qizim. Birovning oldida og'izga qo‘l tiqib bo‘lmaydi.
Innaykeyin, yerga tushgan narsani og‘zingga solma.
Ha, qulog‘ingda bo‘lsin. Yo‘talmoqchi bo‘lsang,
og‘zingga qo‘lingni tut. Yana shuni bilib qo‘yki, meh-
126
monning oldida nonni butunlay ushlama, keragini
ushatib ol. Xo‘pmi, do‘mbog‘im? Yana men senga
aytsam, birov seni chaqirib qolsa, «ha» deb o ‘tirma-
gin. Uyat bo‘ladi. «Ha» degan so‘zni zinhor og‘zing-
ga olma.
— Bo‘lmasa nima deyishim kerak?
— Begona odamning oldida «ha» desa, ayb bo‘ladi.
Labbay, deb javob berish kerak.
Oyim har zamon-har zamonda menga ko‘z qirini
tashlab qo‘yadi. Bundan uncha ko‘ngli toMmadi
shekilli, shart etib menga o‘girildi.
— Mehmonga bir nima demoqchi bo‘lsang, oldin
«afandim» degin, o‘g‘lim. Gaping tugagandan keyin
ham «afandim» deb qo‘shib qo‘y. Xo‘pmi?
Derazaning tagida xo‘jayinini oq qilib o ‘tirgan
dadam birdanga: «Ana, keldi!» deb qichqirganicha
eshikka otildi. Oynadan mo‘ralab qaragan edim, eshi-
gimizning oldida turgan yaltiroq mashinaga ko‘zim
tushdi. Usti qizil rangga bo‘yalgan ekan.
Sal o‘tmay dadamning:
— Buyursinlar, afandim... Rosa bizni muntazir
qildingiz-da, taqsir... Qani, qani, ichkariga marhamat
qilsinlar, afandim... Qadamlariga hasanot, — degan
ovozi keldi.
Koridorga chiqdim. Dadam mehmonni yechin-
tirib, palto bilan shlyapasini qoziqqa ilib qo‘ydi.
Bundoq qarasam, dadamning xo'jayini sirayam men
o‘ylagan devga o‘xshamas ekan. Kichkinagina, xush-
tabiat odam ekan. Dadam bu kishini nega yoqtirmay
yurganiga, hozir bo'lsa atrofida bunchalik aylanib-
o‘rgilishiga tushunolmay hayron bo‘ldim.
Fato‘sh mehmonning qo‘lidan o‘pib salomlashdi.
Men u bilan qo‘l berib so‘rashgan edim, dadam:
— Amakingning qo‘lini o'pmaysanmi, o‘g‘lim, —
deb qoldi. Noiloj o‘pishga majbur bo‘ldim.
Dadam xo‘jayini bilan gapga tushib ketishdi.
Saldan keyin oyim ulami dasturxonga taklif qildi.
— Yo‘q, ovora bo‘lmang, ovqatga turmayman, —
deb mehmon uzr so‘radi.
Ana, xolos. Oyim shuni deb necha kundan beri
tipirchilab yurgan bo‘lsa-yu, bu kishi ketaman deb
turib olsa! Lekin dadam bo‘sh kelmadi — xo'jayinini
bilagidan tortib, zo‘rg‘a dasturxonga o‘tqazdi.
Dadam bilan oyim tipirchilab turgani uchun men
ham o‘zimni yo'qotib qo‘ydim. Yuragim po‘killab ura
boshladi. Bir payt dadam stoldagi stakanlarga suv
quyib uzat, deb buyurgan edi, qo‘limdagi grafinni das
turxonga to‘kib yubordim. Dadam:
— Kap-katta yigit bo‘lib qolgan bo'lsang ham,
haligacha suv quyishni bilmaysan-a, — deb koyib
berdi. Latta bilan stolni artmoqchi bo‘lib, o‘ziyam
salat to‘la laganchani ag'darib yubordi.
— Kechirasiz, kostyumga tegmadimi? — mehmon-
dan so‘radi oyim shoshma-pisha uning oldiga kelib.
Tarki odat — amrimahol, degandek Fato‘sh yana
sho‘rvasini to‘kib yubordi. Oyim uni urishib bergan
edi, bechora:
— Axir, o‘zingiz turtib yubordingiz-ku, — deb
uwos tortdi.
— Bularingga ovqatni boshqa joyga suzib ber, deb
aytdim-ku senga, — jerkib tashladi dadam.
— Yum og‘zingni, mehmonning oldida yig‘lasa
ayb bo‘ladi.
Oyim buni sekin gapirgan bo'lsayam, hammamiz
eshitdik. Fato‘sh mehmon oldida yig‘lab bo'lmasligini
tushunib, darrov jim bo‘ldi-yu, ammo anchagacha
o‘pkasini bosolmay hiqillab o‘tirdi.
Oyim hammaning tarelkasiga go‘sht solib bermoq-
chi bo‘ldi. Mehmon ham tarelkasini tutdi. Ammo o‘zi
dadamga o‘girilib, nimanidir tushuntirayotgan edi.
Oyim katta qoshiqdagi bir bo‘lak go‘shtni endi sola-
man deganida u tarelkani toprib oldi. G o ‘sht shalop
etib stoldagi murabboga tushdi.
— Voy sho‘rim, nima qilib qo'ydim! — chinqirib
yubordi oyim.
Hammamiz esankirab qolganimizdan stol ayqash-
uyqash bo‘lib ketdi.
Dadam boyadan beri tuzning o‘miga ovqatiga
128
qalampir sepib o‘tirgan ekan, birdan buni payqab
qolib, fïg‘oni oshdi:
— Tuzliq qani? Qirg‘in keldimi unga?!
Azbaroyi gangib qolganidan oyim tuzliqning
o‘rniga dadamga gorchitsaning uzatib yubordi. Darhol
stoldan tuzni olib berdim. Dadam tuzliqni olib qattiq
silkitib yuborgan edi, qopqog‘i bilan ichidagi hamma
tuzi oshga tushdi.
Bora-bora oyim gapidan ham adashib qoldi. Bir payt
u hech narsadan hech narsa yo‘q, mehmonga qarab:
— Qalay yuribsiz, afandim?— deb qolsa bo‘ladimi!
— Labbay, xonim? — hayron bo‘ldi mehmon.
Oyim sal o‘ziga keldi.
— Ovqatni aytyapman, afandim? Yoqdimi sizga?
— Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, juda shirin bo‘pti.
To‘satdan Fato'sh:
— Oyi, tomog‘imga bir nima tiqilib qoldi, — deb
yubordi.
Oyim bir qo‘li bilan uni orqasiga urib, ikkinchisi-
da suv uzatdi.
Dadam bizga pichoq o‘ng qo‘lda, vilka esa chap
qo‘lda turishi kerak, deb tayinlab qo‘ygan edi. Lekin
nechog‘lik harakat qilmay, hecham uddasidan chiqol-
madim. Oxiri o‘zimga o‘ng‘ayini qildim — vilkani
o‘ng qo‘lga olib, ovqatimni yeyaverdim. Dadam o‘zi
aytganday qilib pichoqni o‘ng, vilkani esa chap qo‘lda
tutgan holda tarelkasidagi go‘shtni kesmoqchi bo‘ldi.
G o‘sht pichoqdan qochdi shekilli, bir sakrab stoldagi
apelsinlaming ustiga chiqib oldi. Lekin haliyam o‘zim
durust ekanman — ovqat paytida ko‘pam xijolat
bo'lganim yo‘q. Dasturxondan turayotib, bu mash-
mashaning tugaganiga xursand bo'lganimdan chuqur
uh tortib qo‘ydim.
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o‘tirgan edi,
to‘satdan menga o‘girilib:
— Nechanchi sinfda o‘qiysan, jiyan? — deb so‘rab
qoldi.
— Afandim, beshinchida o‘qiyman, afandim, —
deb tutilmay javob berdim.
-------------------------------------------------- 1 129 I
5-1859
«Afandim» so'zini tirkab, oyim bilan dadamni rozi
qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab qo'ydim.
Jilmayib o‘tirishgan ekan.
— Xo‘sh, necha yoshdasan?
— Afandim, o‘n birga chiqdim, afandim.
— Katta bo‘lganda kim bo'lmoqchisan?
— Afandim, yozuvchi bo‘laman, afandim.
— Barakallo...
Oyimning labi qimirlagandek bo‘ldi. Rahmat
aytish esimdan chiqibdi, shuni shipshitayotganini pay-
qadim. Mehmon dadamga bir nima deb turgan edi,
shartta gaplarini bo‘ldim.
— Afandim, rahmat, afandim.
Mehmon o‘rinsiz tashakkuming sababini tushu-
nolmadi. Biroz o‘ylanib turganch: «Arzimaydi», deb
qo‘ydi.
Fato‘shning antiqa ishlari haqida senga oldin ham
yozgan edim. 0 ‘sha kuni u yana hunar ko‘rsatdi.
Ovqatdan keyin oyim dasturxonni yig‘ishtirib ola-
yotgan edi, bir dona banan yerga tushib ketdi. Fato‘sh
darrov uni yerdan olib stolga qo‘ydi.
— Yerga tushgan narsani hozir yeb bo‘lmaydi-a,
oyi? — dedi u oyimga qarab. — Mehmon ketgandan
keyin o‘zim yeyman.
Fato‘shning bema’ni gapini eshittirmaslik uchunmi
yoki uning tilini tiyib qo‘ymoqchi bo‘libmi, harholda
dadam ikki-uch marta qattiq yo‘talib qo‘ydi.
— Mehmonning oldida yo‘talganda og‘izga qo‘l
tutib turish kerak, dada, — dedi Fato‘sh yana bila-
g‘onlik qilib.
— Ha, Fato‘sh! Nima deyapsan o‘zing? — arang
jilmaydi dadam.
Singlim yana aql o‘rgatdi.
— Uyga mehmon kelganda «ha» deb bo'lmaydi,
dada. Ayb bo‘ladi.
Mehmon o'midan turdi. Dadam bilan oyim uni
mashinasigacha kuzatib chiqishdi. U jo ‘nab ketgach,
uyga qaytib kirishdi.
— Uh, meni sharmanda qildilaring! — dedi dadam
xunobi oshib.
— Men senlarga tayinlab aytgan edim-ku, axir!—
unga qo‘shildi oyim.
Fato‘sh hayron bo‘ldi.
— Axir men mehmonning oldida nonni butunicha
yemadim-ku?
0 ‘sha kuni kechgacha o‘zimizni qo‘yarga joy
topolmay yurdik.
Zaynab, xat bilan senga bir rasm ham yuboryap-
man. Butun sinf bilan tushganmiz. Sendan keyin kel-
gan yangi o‘qituvchi ham shu yerda bor.
Senga katta muvafFaqiyatlar tilayman.
|