Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Ahm ad Tarbay.
Labbay, jonim!
Anqara, 3-fevral, 1964-yil.
Ahmad!
30-yanvarda yuborgan xatingni oldim. Katta rah- 
mat. Naq kanikul boshlangan kuni qo'limga tegdi. 
Kulaverib, ko‘zimda yosh qolmadi.
Bizning oilada aqlda tanho bo‘ladi, deb dastlab 
opamga rosa umid bog‘lab yurishdi. Ammo shirin 
orzular sarob bo'lib chiqqanidan keyin uydagilar 
qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urishdi. Kattasidan chiqmagan, 
kichigidan chiqadimi, degan andisha bilan Metin 
ikkovimizdan butunlay umidlarini uzishdi.
Opam baland dorga osilib yurgan paytlar hali-hali 
esimda. Men u mahalda juda yosh edim, o‘qishga 
bormasdim. Dadam har kuni ishdan qaytgach, opam 
bilan fransuzchadan mashq qilardi. Opamning fran- 
suzcha bir she’m i hecham yodlolmay, ikki-uch hafta- 
gacha qiynalib yurganlari shundoq esimda turibdi. 
Men ularning oldida o‘tirardim. She’r qayta-qayta 
o‘qilaverganidan menga yod bo‘lib ketgan edi. Mana, 
oradan qancha yil o‘tdi, lekin o‘sha she’r hamon 
qulog‘imda jaranglaydi. M a’nosini bilmasam ham, 
so'zlari dilimga jo bo'lib ketgan. Bu she’m i yodlatish 
uchun dadam rosa ter to‘kkan edi. Dadamning 
mehnati zoye ketgani yo‘q — mendan bo‘Iak uni oyim 
bilan oqsoch xotin ham binoyidek yodlab olishdi.
Dadamning bir o‘rtog‘i bo‘lardi. Yevropada o‘qi- 
gan ekan. 0 ‘sha odam bir kuni dadamga:
1
120
1
------------------------------------------------------------------------


— Chet tilni o‘rganish uchun alohida qobiliyat 
kerak. Fransuz tilini o‘rgataman deb bolani bekorga 
qiynama, qo‘y bu ishni, — deb maslahat beribdi. — 
Men Parijda bo‘lganman. Binobarin, parijda ming yil 
tursayam fransuzchani o‘rganolmagan odamlami ko‘p 
ko‘rganman. Ularning umri qahvaxonada o‘tardi. 
Oqibatda ular fransuzchani emas, balki ofitsiantlar 
turkchani o‘rganib olishardi. Ayrim kishilarda chet 
tilga layoqat bo‘lmaydi, lekin ular o‘z tillarini bosh- 
qalarga o'rgatishga usta bo‘ladilar. Ehtimol, sening 
qizing ham shular jumlasidandir... Har qanday bolada 
biror narsaga qobiliyat bo‘ladi. Lekin u bolaning ich- 
ichida yashirinib yotadi. Shunga ko‘ra bolada yashi- 
rinib yotgan mana shu haqiqiy qobiliyatni seza bilish, 
uni yuzaga chiqarish, qolaversa, har tomonlama 
kamol toptirish kerak bo'ladi.
Shu gapdan keyin dadam opamdagi ichki qobili­
yatni yuzaga chiqarish maqsadida uyga o‘qituvchi yol- 
lab, unga skripkadan dars uyushtirib berdi. Ammo 
opamdagi yashirin qobiliyatning skripkaga sirayam 
aloqasi yo‘q ekan.
— Bu qizning qulog‘i juda og‘ir ekan, — debdi bir 
kuni o‘qituvchi. — Hatto meniyam ishdan chiqarib 
qo‘ydi. Unga dars bera boshlaganimdan buyon «do»ni 
«si»dan ajratolmay qoldim. Eshikning g‘ijirlashi 
menga skripka chalgandek bo‘lib tuyulyapti.
Chindan ham opam ovozni yaxshi ajratolmaydi. 
Oshxonada stakan sinsa, birov keldimi, deb eshikka 
yuguradi. Maktabda o‘qib yurganidayoq muallimi 
unga:
— Hamma ashula aytayotganida sen tek tur, qizim. 
Boshqalami ham yanglishtirib yuboryapsan, — deb 
aytgan ekan.
Shundan keyin opamni rassomlikka o‘qitmoqchi 
bo‘lishdi. Bundan ham biror naf chiqmadi. Endi nav- 
bat raqsga keldi. Ammo raqs darslarining opamga foy- 
dasi katta bo‘ldi. U ilgarilari uyda har narsaga qoqilib 
yurar, og‘ir chamadon ko‘targan odamday nuqul 
o‘zini stol-stullarga urib olardi. Raqs mashg‘ulotlari-


dan keyin u gavdasini ko‘tarib, orqa-o‘ngiga qarab 
yuradigan bo‘lib qoldi.
Oyim bilan dadam nechog'liq harakat qilishmasin, 
opamdagi yashirin iste’dodini hecham yuzaga chiqarib 
bo'lmadi.
— Ha, mayli, qizimizning iste’dodi bir kunmas-bir 
kun o‘zi lop etib chiqib qolar. Oldin o‘qishini bitirsin- 
chi, — deyishdi ular oxiri kutaverishdan charchab.
Opam bir sinfda ikki yil o‘qishni o‘ziga odat qilib 
oigan edi, negadir litseyga borganda shuniyam eplol- 
madi. Litseyning ikkinchi sinfida ketma-ket uch yil 
o‘tirib qoldi. Darhol kovushini to‘g‘rilab qo‘yishdi.
— Qizimning o ‘qishga havasi yo‘q, xuddi ro‘zg‘or 
ishlariga tug'ilganga o‘xshaydi, — dedi shunda oyim.
Har qalay opamning shu sohadagi qobiliyatini 
sinab ko‘rishmagan edi. Ammo sinov muddati ko‘pga 
cho‘zilmadi — opam oshxonadan ham quvildi. Saba- 
bi — opam oshxonaga birrov kirib chiqquday bo‘lsa, 
hammayoq alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketardi. Biror narsani 
qo'ygan joydan topib bo‘lmay qoldi. Hatto qozon- 
kastryullar ham g‘oyib bo‘lib qolar, ikki-uch kundan 
keyin esa kutilmagan joydan chiqardi.
Opamni vrachga ko‘rsatishdi.
— Boladan iste’dod izlab, enka-tenkasini chiqarib 
qo‘yibsizlar. Ovsar bo‘lib qolibdi. Endi uni tinch 
qo'yinglar, o‘ziga kelsin, — deb maslahat beribdi.
Ana shundan keyin opamni o‘z holiga tashlab 
qo‘yishdi. Boyoqish ancha o‘ziga kelib qoldi.
Ammo Metin ikkovimiz opamning kasriga qoldik. 
Dadam bilan oyim opam bilan ko‘p ovora bo‘lib 
charchashgan ekan, bizga sira e’tibor bermay qo'yish- 
di. Men-ku, mayli-ya, ammo Metinga jabr bo‘ldi. 
Chunki Metin texnikaga juda qiziqadi. Uyda nima 
bo'lsa hammasiga uning qo‘li tekkan. Radiopriyom- 
nik, kir yuvish mashinasi, dadamning soqol oladigan 
asbobi, xolodilnik, pilesos, gaz plitasi va hokazolar 
Metinni ko‘rsa qaltirab turadi, deyman. Ukam soat- 
ning biror murvatini olib kastryulga o‘matadi yoki 
tikuv mashinasining ichidagi lash-lushini radiopri-

Download 2,74 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish