Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Zaynab Yolqir.


Zukkolar musobaqasi
Istanbul, 30-yanvar, 1964-yil.
Zaynab!
Xatingni oldim. Sen hikoya qilib bergan majlis 
xuddi kinolentaga o'xshab ko‘z o'ngimda jonlanib 
ketdi. Dadam ota-onalar majlisiga hecham bormaydi. 
Ba’zi kunlari ishi ko‘payib ketsa, yarim kechada qay- 
tadi. Dadam faqat yakshanba kuni biz bilan birga 
bo‘ladi. Butun ro‘zg‘or tashvishi onamning yelkasida. 
Majlisga borishga, ochig‘i, qo‘li tegmaydi.
Senga aytadigan bir xushxabarim bor — zukkolar 
musobaqasida uloqni bizning donishmand ilib ketdi.
Gapimga tushunmagan bo'lsang kerak. Donish­
mand kim, bilasanmi? Singlim Fato‘sh. 0 ‘tgan yak­
shanba kuni oltita zukko bola o‘zaro musobaqa 
o‘tkazishdi. To‘g‘rirog‘i, ularni bir-biriga kattalar 
cho‘qishtirdi. Shu musobaqada birinchi o ‘rinni 
o‘zimizning Fato‘sh oldi. Haloli ham shu.
Mening ikkita amakim bor. Katta amakim bir 
o‘g‘il-u bir qiz, kichigi esa bir o‘g‘il ko‘rgan. 0 ‘sha 
yakshanba kuni amakimlar uy ichi bilan biznikiga ke- 
lishdi. Dadam bir injener o‘rtog‘ini ham chaqirgan 
ekan. Keyin qo‘shnimiz chiqdi. Bular ham arzan- 
dalarini olib kelishibdi. Xullas, uyimizda olti bola jam 
bo‘ldi.
Katta amakimning qiziq bir odati bor: kimni 
ko‘rsa, shunga o‘g‘il-qizini maqtaydi, juda miyasi 
o‘tkir, balo bola bo‘lishgan, deb keriladi. Har gal 
ulaming yangi-yangi qilmishlarini gapirib beradi.
— 
Tunov kuni kichigi nima hunar ko‘rsatdi deng? 
Og‘zim ochilib qolibdi. Xudo haqqi, birov eshitsa 
ishonmaydi.
Katta amakim nuqul gapni shundan boshlaydi. 
Kenjatoyning qilgan ishi shu bo‘ptiki, amakim 
kechqurun uyga kelishi bilan yugurib borib shippagini 
olib kelibdi.
1 1 0


— Mushtday bolaning shunga aqli yetganiga hay- 
ronman. Tavba, deb yoqamni ushlayman. Shippak 
kiyishimni bilganini qarang... Voy farosatingdan o‘rgi- 
lay-ey... G ‘uj-g‘uj miya ekan buning boshi.
Shippakka farosati yetgan bu zukko bola necha 
yoshda, bilasanmi?
H o‘kizday bo‘lib qolgan, Fato'shdan bir yosh 
katta.
Injener gapni ilib ketdi.
— Shu zamonning bolalari juda o‘tkir bo‘lib ket- 
gan. Bizning qizcha ham shunday. Hali yettiga 
to‘lgani yo‘g‘u fransuzchani bidirlab gapiradi.
— Yopiray! Alomat-ku!
— Balli, juda alomat qiz! Fransuzchani qotirib 
tashlaydi.
Katta amakim gap oqimini yana o‘g‘liga burdi:
— Kenjamiz juda o‘tkir bo‘lgan-da, ko‘z teg- 
masin. Opasini bosib tushadi. Opasiyam lekin chakki 
emas. Ikkoviyam baloyi azim... Qaysi kuniyam uyga 
kechroq qaytgan edim, oyisi o‘g‘ilchadan nolib gapir- 
di. Hech so‘zimga kirmayapti, katta bo‘lib kuchim 
yetmay qoldi, ko‘chadan beri kelmaydi, o‘zing cha- 
qirib kelmasang bo‘lmaydi, deb qoldi. Borsam, ko‘- 
cha changitib koptok o‘ynayotgan ekan. Terlab ketib- 
di, hammayog‘i chang-to‘zon. Uyga kir, desam una- 
maydi. Z o ‘rlab olib ketmoqchi bo‘ldim. Yaqinroq 
borgan edim, biram tiraqaylab qochdiki... Quvib 
yetolmadim. Bir qarich bolaning shunchalik tez 
chopishini ko‘rib hayron qoldim. Toza antiqa chiqdi- 
da bu o‘g‘il.
— Mening qizimni aytmaysizmi... Shunaqayam 
aqlli bo‘lganki...
Qo‘shnimiz endi qizini ta’riflamoqchi bo‘lib tur- 
gan edi, katta amakim fursatni qo‘ldan chiqargisi kel- 
madi.
— Kechirasiz, gapingizni oldim... Keyin orqasidan 
rosa yugurdim. Yetolmadim. «Uyga yur, bo‘lmasa
1 1 1


kaltak yeysan», deb oxiri dag‘dag‘a qilishga majbur 
bo‘ldim. «Nima, siz oyimmisiz, meni tuqqanmisiz? 
Ishingiz bo‘lmasin», desa bo‘ladimi! Bu xumpaming 
gapidagi mantiqqa qarang! 0 ‘zi zo‘r-da, zo‘r... Katta 
odamning aqliga kelmaydi bu gap...
Amakim gap orasida o‘qtin-o‘qtin o‘g‘ilchasiga 
qarab, mamnun jilmayib qo'yadi. Buni ko‘rib, boshqa 
mehmonlar ham noiloj kulgan bo‘ladi.
— Umri bilan bergan bo'lsin. Qoyil, o‘g‘ilchangiz 
juda aqlli bola ekan, — dedi injener.
Buni eshitib amakim yana erib ketdi.
— Nimasini aytasiz, afandim. Shaytonga dars 
beradi bu xumpar. Hatto uyda kim qaysi ishga qodir 
ekanini ham biladi...
Bu bola menga qarindosh. 0 ‘zi mendan bir yarim 
yosh kichik. Durust bola. Ammo uning dadasiga 
ma’qul tushgan qiliqlari o‘taketgan tarbiyasizlikning 
o‘zi. Men shundoq deb o‘ylayman.
Gapi chala qolgan qo‘shnimiz kelgan joyidan 
boshlab yubordi.
— Qizchamiz hozirdanoq rassom bo‘lib qolgan. 
Chizgan rasmlarini ko'rsangiz, havasingiz keladi. Juda 
antiqa.
— Qizimning qo‘li gui, ishqilib yomon ko'zdan 
asrasin, — qo'shib qo‘ydi onasi.
Navbat kichik amakimga tegdi.
— Shu zamonning bolalari juda o‘tkir bo‘lib 
ketyapti-da. Hammasi bir-biridan o'taman deydi. Shu 
bizning o‘g‘ilcha deng...
Bilsak, amakimning o‘g‘ilchasi juda xushovoz 
ekan.
— Bizning Fato‘shimiz raqqosa bo‘ladiganga 
o'xshaydi, — dedi dadam ham gapga qo'shilib. — 
Tvist degan bir o‘yin bor ekan. Shuni biram boplab 
tashlaydiki, asti qo‘yaverasiz.
— Qizimni yallachi qilmayman, keragi yo‘q, — 
e’tiroz qildi oyim.
112


— Xomlik qilma, xotin. Raqqosa boshqa, yallachi 
boshqa. Farqi bor. Qizimiz yallachi emas, raqqosa 
bo‘ladi.
— Baribir begonaning oldida yechinib o‘ynaydi- 
da, xohlamayman buni!
Shu gaplami eshitib o'tirib, miyamga g‘alati bir 
fikr keldi. Aytaylik, o‘tirganlardan biri yana o‘g‘ilcha- 
sini maqtab ketadi. « 0 ‘g‘lim tushmagur endi yigirma- 
ga chiqdi. Tunov kuni onasini emib o'tirganida menga 
qarab: «Dada, menga xotin olib bering!» deb qolsa 
bo‘ladimi. Yo tavba! Shu yoshda bolaning tili chiq- 
qanini ko‘rganmisiz?! Voy zamonangdan o ‘rgilay 
shunqorlar-ey!» Buni eshitib, hamma yoqa ushlaydi. 
Shu narsaning bo‘lishi mumkinmi? Albatta mumkin. 
Boyagi gaplami aytgan odamlarning shunga aqli yet- 
masmidi?
Qaysi bir kuni qo‘shnimiz yangi gap topib keldi. 
Bir yarim yashar bolasi atak-chechak qilayotgan 
emish. Oyimga shuni quvona-quvona gapirdi. Men 
hayron bo'ldim. Nima, bir yarim yashar bola yurmas- 
dan uchishi kerak ekanmi?
Yosh bola nima hunar ko‘rsatsa, hammasiga 
ajablanaverishar ekan-da. Qiziq, go‘dakning tili 
chiqqanigayam hayron bo‘lishadi. Bola degan odamga 
o'xshab gapirmay, bo‘riga o‘xshab uvillashi kerak 
ekanmi?! Tavba.
Miyasi butun bolalar birpasda uyimizni boshga 
ko‘tarib, to‘s-to‘polonini chiqarib yuborishdi.
Boyagi injeneming Toriq degan o‘g‘li bor. Kap- 
katta bola, o‘rta maktabning ikkinchi sinfida o‘qiydi. 
Injener shu o‘g‘lidan gap ochdi.
— Yoshligida Toirq juda ajoyib bola edi. 
Nimagadir keyin o‘zgarib qoldi.
— Qani, qani, nimasi ajoyib edi? — qiziqib so‘radi 
kichik amakim.
Injeneming o‘g‘li ham shu yerda. Otasi gapiryapti- 
yu, men unga razm solaman: turqi sovuq, so'tak bir 
bola, xolos.
----------------------- tun


Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uch-to‘rt 
marta ovozi eshitilgan bo‘lsayam, Toriq miq etmay 
o‘tiraverdi. Oxiri derazani ochib o‘shqirdi:
— Ha! Nima deysan?
Ota-onalar o‘z farzandlari nimalarga qodir ekanini 
bir ko‘rsatib qo‘yishmoqchi edi. Hamma shu fursatni 
sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta amakining sabri 
chidamadi. U besh yashar qizini imlab chaqirdi.
— Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib berchi. 
Maza qilib bir eshitsin.
Qizcha jilpanglab, noz qildi.
— E-e...
— Bo‘la qol, oppoq qizim.
— Aytgim kelmayapti.
— Aka-singilning muzikaga juda ixlosi baland, — 
qistirib o‘tdi kelin oyim. — Kuyni darrov ilib olisha- 
di. Pianino chalganda qo‘llari biram kelishib turadiki. 
Pianino bo‘lganda o‘g‘lim boshlab menzurka chalib 
berardi-ya.
— Menzurka emas, mazurka, xonim, — dedi 
amakim uni tuzatmoqchi bo‘lib.
— Menzurkami, manzurkami — hammasi bir go‘r 
emasmi... Yoshligimda men ham muzika shaydosi 
edim, ikkovi menga tortgan.
Qizlarini yana qistab ketishdi.
— Bo‘l endi, qizim. Aytmasang hay olib bermay- 
man.
— Obermasangiz obermang.
Navbat poraga keldi.
— Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman.
— Nimani aytay?
— «Beyo‘g‘lining qizlari»ni.
Amakim tunuka choynakni olib, qopqog'ini tiqil- 
latdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat, chiyilla- 
gan bir ovoz eshitildi. Qo'shiq boshlandi.

Download 2,74 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish