yomnikka joylaydi. Shu vajdan
dadam uni ustabuzar-
mon deb chaqiradi. Aslida esa Metinning qo‘li qichib
turishiga sabab uning texnikaga bo‘lgan zo‘r ishti-
yoqidir...
Qo‘shnilarimizdan birining Nurton degan qizi bor.
Mana buni antiqa desa bo‘ladi. Nurton bir o‘tirishda
besh kishining ovqatini pok-pokiza tushirib qo‘yadi.
Shundayam onasining ko‘ngli to‘lmaydi.
— Bolaginamga ko‘z tegdi, ishtahasining mazasi
yo‘q, — deb zorlanadi. Keyin unga xilma-xil shar-
bat, vitamin, baliq moyi tiqishtiradi. Baq-baqaloq
qiz bo‘lgan. Otasiyam uning xuddi o‘zi — xo‘ppase-
miz.
Odatda ular biror joyga borishadigan bo‘lsa, Nur-
tonni biznikiga tashlab ketishadi. Metin ham shunday.
Dadam bilan oyim kinoga
ketgan kuni ularnikiga
chiqishga majbur. Uyda uni qoldirib bo‘lmaydi:
binoyidek ishlab turgan priyomnik yoki xolodilnik bir-
pasda rasvoyi jahon bo‘ladi. Men ham unga bas kelol-
mayman, ko‘ngilbo‘shlik qilib qo‘yaman. Axir kas-
tryulning qopqog‘iga soat ulayman, necha minutda
ovqat tayyor bo‘larkin, ko‘ramiz,
deb tursa qandoq
qilib yo‘q deyman?! Mana shuning uchun ham uyda-
gilar kinoga boradigan bo'lishsa Metin ikkovimiz
Nur-tonlamikiga chiqamiz.
Tunov kuniyam Nurtonlaming uyida edik. Men
Metin bilan Nurtonga ertak o‘qib berayotgan edim.
Bir mahal Nurton suv ichib kelaman, deb chiqib
ketdi. Darrov iziga qaytdi.
— Oyim bilan dadam urishayotgan ekan.
Yuring-
lar, tomosha qilamiz, — deb qoldi Nurton.
— Qayerdan bilding?
— Ha, o‘zim bilaman-da... Suv ichgani ketayo-
tuvdim, oyim ko‘rib qoldilar. Darrov dadamga qarab:
«Jonginam», dedi. Dadam ham: «Sevgan yorim, asa-
lim», deb javob berdilar. Ikkovlari janjallashib turish-
gan bo‘lsa meni ko'rishlari bilan nuqul shunaqa de-
yishadi. Bir-birlariga
shirin gap qilishmasa, mening
tarbiyam buzilarkan. Boshqa paytlari bir-birlarining
---------------------------------------------------------------------------------------------- Ü 2 3 l
otini aytib chaqirishadi. Qani, yuringlar, tomosha qi-
lamiz.
— Biz endi uyga chiqaylik.
Hademay kinodan qay-
tib qolishadi, — dedim bunga ko‘nmay. Nurtonning
ota-onasi bilan xayrlashgani qo'shni xonaga chiqdik.
Ammo shu yerdayoq pushaymon bo‘ldim. Bilganim-
da buyoqqa kirmasdim. Endi vaqt o‘tdi, orqaga qaytib
bo‘lmaydi.
Dastlab poldagi ko‘zaga ko‘zim tushdi.
Chil-chil
sinib yotibdi. Nurtonning oyisi yoqavayron, sochlari
to‘zg‘igan. Dadasining esa yuz-ko‘zi timalgan.
— Ko‘zani supurib ol, azizim, — dedi Nurtonning
dadasi muloyimlik bilan.
Oyisi orqasiga o‘girilib qaragan edi, bizni ko‘rdi.
Keyin qiziga tanbeh berdi:
—
Eshikni taqillatib kirgin, deb aytaman-ku senga.
Namuncha quloqsiz bo‘lmasang. — So‘ng eridan
so‘radi: — Qahva olib kelaymi, jonginam?
— Mayli, azizim, mayli... Ammo juda shirin qilib
yubormang, asalim.
Nurtonning dadasi o‘tirgan joyda ayol kishining
shippagi yotibdi.
— Oyi, Zaynab opamlar ketishmoqchi, — dedi
Nurton.
— Yomon yiqilganga o ‘xshayman, haliyam
og‘riyapti, — dedi dadasi yuzini burishtirib.
Uyga chiqdik. Metin o‘miga kirib yotdi. Men
xatga o‘tirdim. Ana, dadamning yo‘tali eshitildi.
Kinodan qaytishibdi.
X o‘p, ko‘rishguncha xayr. Sog‘ bo‘l, Ahmad.