Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Ahm ad Tarbay.
Noittifoq maktab va oila
Anqara, 24-yanvar, 1964-yil.
D o ‘stim Ahmad!
Hozirgina 20-yanvarda yozgan xatingni oldim. Ke- 
cha ukol qildirgan edim, shuning uchun bugun 
o‘qishga bormadim. Xatingni o‘qib, qattiq kulib 
yuborgan ekanman, oyim:
— Bekordan bekorga nega kulasan, qizim? — deb 
hayron bo‘ldi.
Sendan xat kelganini aytdim.
HÖ2


— Nima deb yozibdi o‘rtog‘ing?
Yozganlaringni oyimga ham o‘qib berdim. Rosa
miriqib kuldi...
Senga men «Maktab va oila ittifoqi»ning bir majli- 
sini gapirib bermoqchi bo‘lib yurgan edim. Mana, 
bugun shunga imkon tug‘ildi, vaqt juda bemalol. Ukol 
sal og‘rib, isitma chiqarib turibdi-yu, lekin chidasa 
bo‘ladi.
Yaqinda maktabda ota-onalar majlisi bo‘ldi. 0 ‘zi 
har oyda bir marta o‘tkazib turiladi. Beshinchi sinfdan 
besh bola navbatchilik qiladigan bo‘ldik. Uchta qiz va 
ikkita o‘g‘il bola. 0 ‘sha kuni majlisda bo‘lgan hamma 
gaplarni o ‘z qulog'im bilan eshitdim. Juda g‘alati 
gaplar bo‘ldi. Senga shularni aytib bermoqchiman.
Navbatchilarning ishi majlis tugaganidan keyin 
mehmonlarga choy, limonad, pecheniy ulashib chi- 
qishdan iborat. Shuning uchun bizni ichkari qo‘yish- 
madi. Koridorga chiqib turdik. Zal ota-onalar bilan 
liq to‘lgani uchun dimiqib ketdi, axiyri eshikning 
ikkala tavaqasini lang ochib yuborishdi. Koridorda 
turib, hamma gaplarni eshitib oldik.
Direktor janoblari majlisda birinchi bo‘lib nutq 
so‘zladi. U nutqni muloyim ohangda boshlagan 
bo‘lsa, keyin o‘dag‘aylashga o‘tdi. Gapning asosiy 
mazmuni shu bo‘ldi: ota-onalar farzandlarini o‘z holi- 
ga tashlab qo‘yishgan, natijada, hamma og‘irlik mak- 
tabga tushyapti. Shuni unutmaslik kerakki, maktab 
aslida oilaning o‘zidan boshlanadi. Ota-ona uyda 
bolani tergab turishi, vaqtida dars qildirishi, maktabga 
kelib, uning o‘qishidan, yurish-turishidan xabar olib 
turishi lozim.
Zalda pichir-pichir gaplar o ‘ralashib qoldi. 
Direktor maktab ishlariga sho‘ng‘ib ketgani uchun 
o‘ziga vaqti qolmayotganidan nolib gapirdi.
— 0 ‘g‘lim litseyning birinchi sinfida o‘qiydi. Shu 
maktab ishlaridan bo‘shab litseyga borolmayman. 
0 ‘g‘limning o‘qishlari qanaqa, bilmayman. Bir kelib 
keting, deb ko‘p xat yuborishdi, ammo vaqt qani 
bunga... Ishim boshimdan oshib yotgan bo‘lsa...
--------------------------------------------------------- 1 103 I


«Maktab va oila ittifoqi»ning raisi qilib bir ayol 
saylangan. Direktordan keyin u ota-onalarga so‘z 
berdi. 0 ‘tirganlardan bin minbarga chiqdi. Bu odam 
o‘quvchilar ona tillarini yaxshi bilmaydilar, deb 
shikoyat qildi.
— Bu qandoq gap, afandim, o‘g‘limga nima uchun 
ona tilini yomon o‘qitishadi?
Bu kishining tili biram g‘alati ekanki... Gaplari 
poyma-poy, hecham tushunib bo‘lmaydi. Bir jumla- 
ning o‘zida uchala zamon fe’li ketma-ket keladi. Gapi 
qayerda boshlanib, qayerda tugaganini bilolmaysan.
— Aslo mumkin bo‘lmaydi, afandim. Fransuz tili 
bo‘lganida go‘rga erdi, nega bo‘sh saboq olishini bil- 
masdim. Balki to‘g‘ri bo‘lajak bu. Ammo-lekin ona 
tilidan yomon o‘qidi, mumkin emas. Adolatsizlik 
bo‘ladi... Innaykeyin, mening o‘g‘lim boshqa millat 
farzandi bo‘ldi, turkcha bilmay qolajak. U mening 
o‘g‘lim, binobarin, turk farzandi, shundoq ekan, 
turkcha bilgan shart... Nega u ona tilini bilmayajak? 
Tilni g‘oyat zo‘r o‘qitadi, demaganmishman... Lekin 
har qanday turk bolasi kerak kamida o‘rta tilni biladi. 
0 ‘g‘lim gapiradi, turkcha tushunganman, uni onasi 
tushundi, o‘rtoqlari tushunajak, demak, o‘qituvchisi 
ham tushungan kerak, albatta. Tildan kamida o‘rta 
baho olgan kerak.
— Kechirasiz, gapingizga tushunolmadim, — 
luqma tashladi sinf o'qituvchisi. — 0 ‘g‘lingiz turk 
bo‘lgani va turk tili unga ona tili bo‘lgani uchun bu 
fandan kamida o‘rta baho olish kerak, demoqchimi- 
siz?
— Ha, to‘g‘ri, shuni gapir. 0 ‘g‘limning gapiga 
hamma tushundi, o‘qituvchisi ham tushungan lo- 
zim...
— Demak, o‘g‘lingizning gapiga tushunar ekansiz-
da?
— Ha, albatta.
— 0 ‘g‘lingiz ham sizni tushunadimi?
— Tushundi bo‘lishi kerak.
104


Zalda g‘ala-g‘ovur boshlandi. Direktor uni tin- 
chitib, joyiga o‘tqazib qo‘ydi.
Otalardan yana bin so‘zga chiqdi. U goh paytlari 
o‘g‘li ayrim narsalami so‘rab qolganida javob berol- 
may qiynalishini gapirdi.
— Uning so‘ragan narsasini men nega bilmayman, 
afandim? Nima uchun bilmaslik kerak?
Shunga ham xunob bo‘ladimi, deb turgan edim, 
sababi boshqa yoqda ekan.
— Men bilmagan narsani yosh bola qandoq tushu- 
nishi mumkin? Mutlaqo o‘zlashtirolmaydi. Asli o‘zim 
litseyni bitirganman. Boshlang‘ich maktabda o ‘qiydi- 
gan 
0
‘g‘limning savoliga ba’zan javob berolmay qola- 
man-a. Shu to‘g‘rimi axir. Farzandlarimiz go‘dak 
hali, programmani sal yengilroq tuzish kerak. Miya- 
sini achitishning nima keragi bor?!
Boshqa bir juvon unga qarshi gapirdi. Bu juvon 
o‘quvchilaming bilimi sayoz bo‘lib ketayotganidan, 
ular ko‘p narsani bilmasligidan shikoyat qildi.
— Qizimdan nimani so‘ramay, hecham durustroq 
javob ololmayman. Hayronman, bizning zamonamiz- 
da o'quv programmalari juda keng bo'lardi. Mana 
bitta misol. Tunov kuni ikkovimiz oshxonaga kirdik. 
Bir kishi tishini kavlab o‘tirgan ekan, qizim o‘shani 
ko‘rsatib: «Oyi, bu kishi nega kavsh qaytaryapti?» deb 
so‘rab qolsa bo‘ladimi! Iltimos qilaman, to'rtinchi sinf 
o‘quvchisi odamzod sut emizuvchilar toifasiga kir- 
masligini bilib qo‘ysin.
Direktor o‘quv programmasini maktabda emas, 
balki Maorif ministrligida tuzilishini, shuning uchun 
bu masala bevosita ministrlikka taalluqli ekanini aytib, 
uni tinchitmoqchi bo‘ldi. Lekin juvon ham bo‘sh kel- 
madi.
— Bir narsa bo‘lsa, nuqul hukumatni ro‘kach qi- 
lamiz. Odamzod sut emizuvchilarga kirmaydi, deb 
aytib qo‘yish na hukumatning va na ministrlikning 
ishi bo‘lmasa kerak, albatta.
Hammalari bir-birini kuldirish uchun ataylab may-


navozchilik qilayotgandek tuyuldi menga. Lekin vajo- 
hatlari g‘oyat jiddiy edi.
Sinfimizda Murod degan bir bola bor. Mabodo 
o‘qituvchi uni chaqirib qolsa:
— Kimga aytyapsiz? — deb bo‘zrayadi.
— Kimga bo'lardi, senga-da!
— Mengami, afandim?
— Ha, senga aytyapman.
— Rostdan mengami, afandim?
0 ‘qituvchi uning ismini aytib chaqirsayam yoki 
sinfda ikkovidan boshqa odam bo‘lmasayam Murod 
nuqul anqovsirab turaveradi. Buni ko‘rib o‘qituvchi 
jig‘ibiyron bo‘ladi.
— R o ‘paramda turgan senmisan axir? Senga 
bo‘lmay, kimga aytyapman, Murod!
Murod shunda ham orqa-oldiga qarab alanglaydi. 
Bir kuni orqasiga o'girilib, qup-quruq devorga qarab 
shunaqayam tikildiki... 0 ‘ziyam rosa kulishdik.
Bir kishi o‘rnidan turdi. Keyin bilsak, u Murod- 
ning otasi ekan.
— Ruxsat etsangiz, men ham ikki og‘iz gapirsam.
— Marhamat, afandim, eshitamiz, — dedi raislik 
qilayotgan xonim.
— Menga aytyapsizmi? — hayron bo‘lib so‘radi 
Murodning otasi.
— Ha, sizga. Gapiraman deyapsiz-ku.
— Kim? Menmi?
— Ha, siz.
— Men-a?
— Shundoq, afandim. Marhamat, so‘z sizga.
Murodga o‘xshab u kishiyam qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi:
— Men gapiraymi?
Zaldan turib allakim: «Yo‘q, siz emas, men!» deb 
luqma tashlagan edi, gur etib kulgi ko‘tarildi.
Murodning otasi nutqini boshlab yubordi. U mak- 
tabda bolalarga koptok o‘ynatmaslik kerak, o‘g‘lim 
koptokka berilib darslaridan qolib ketyapti, dedi.
— 0 ‘g‘lingiz qaysi sinfda o‘qiydi? — luqma tash- 
ladi direktor.
QÔ6]
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


— Kim, mening o‘g‘limmi?
— Ha, sizning o‘g‘lingiz.
Murodning otasi picha o‘ylanib turgach:
— Shu maktabda o'qiydi, — deb javob berdi.
— X o‘sh, sinfi bormi? Nechanchi?
— Nima nechanchi?
— Kimdir yana: «Oyoq kiyimingizni so‘rayaptilar. 
Razmerini ayting!» deb qichqirgan edi, zal sharaqlab 
kulib yubordi.
Boyoqish o‘g‘li nechanchi sinfda o'qishiniyam bil­
mas ekan. Murodning ism-familiyasini aytgandan 
keyingina ma’lum bo‘ldi.
Yana bir notiq so‘zga chiqib, bir quloch va’zxonlik 
qildi. Shunaqayam gapni chaynab gapirarkanki, o‘tir- 
ganlarning toza ensasi qotdi.
— Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy 
etishi mumkin, janoblar, — deb boshladi u nutqini.
Asalarichilik bilan ota-onalar majlisi o‘rtasida qan- 
day aloqa bo‘lishi mumkinligini tushunolmaganimiz 
tufayli kulgidan o‘zimizni arang tiyib turibmiz.
U asalarichilikka oid juda ko‘p kitob o‘qib 
chiqqanini aytib, asalari qanday bo‘lishini tushuntirib 
berdi:
— Asalari, odatda, kichkina bo‘ladi. Qanotlari ham 
bor. Doim uchib yuradi. 0 ‘zi asal qiladi. Kishi orga- 
nizmiga asalning foydasi katta. G ‘oyat foydali narsa. 
Asalni nonushtada yoki ovqatdan keyin iste’mol qilish 
mumkin. Murabbosi ham lazzatli bo‘ladi. Aslida asal 
ikki xil bo'ladi...
Notiq og‘zidan bol tomib, asalarichilik xususida 
rosa ma’ruza qilib bo‘lgach, bevosita arilarga o‘tdi.
— Men sizga aytsam, arilar ikki xil bo'ladi — 
qovoqari va asalari.
Zalda g‘ala-g‘ovur boshlandi. Direktoming sabri 
tugadi.
— X o‘sh, asalarining kimga keragi bor?
— Asalarimi? Axir undan asal olinadi.
— Yaxshi, asalning nima keragi bor?


— Nega keragi bo'lmasin? Asal hamma narsaga 
kerak.
— X o‘p, maktabga asalning ni ma aloqasi bor?
— Ruxsat etsinlar, buyog‘ini endi aytaman. Hozir 
bir janob farzandlarimizning oigan bilimidan biror naf 
bo‘lsin, turmushda foydasi tegsin, deb gapirdi. Juda 
to‘g‘ri taklif. Men o‘g‘limdan qiyos qilaman. 0 ‘g‘lim 
uch burchak burchaklarining yig‘indisi bir yuz sakson 
gradus bo‘lishini biladi-yu, lekin asalari haqida mut- 
laqo tasawuri yo‘q. Xo‘sh, o‘sha burchaklar yig‘indisi 
yuz sakson gradus bo‘ladimi yoki besh mingmi — 
buning kimga keragi bor? Qancha bo‘lsa bo‘laversin. 
Mana, o‘zlaringiz ayting-chi, shuncha yil yashab, 
qaysi birimizga kerak bo‘lib qoldi bu narsa? Birov biz- 
dan uch burchakni so'radimi? Aslo yo‘q. Shundoq 
ekan, har xil bema’ni narsalar bilan o‘g‘il-qizlari- 
mizning miyasini achitishmasin. Ularga foydali narsa- 
lami, masalan, aytaylik, asalarichilikni o‘qitishsin. 
Turkiya faqat asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi 
mumkin. Zotan, asalari qo‘y bilan sigirdan farq qila- 
di. Sigir sut beradi-ku, lekin unga yem-xashak kerak. 
Asalari bo‘lsa sizdan hech nimani talab qilmagan 
holda mo‘l-ko‘l bol beradi.
— Taklifingiz juda to‘g‘ri, janob, — dedi bir kishi 
o‘midan turib. — Ammo shahar sharoitida asalarichi­
likni rivojlantirib bo‘lmaydi. Nega desangiz, shahar- 
ning havosi yomon, chang-to‘zon, tutun serob. 
Asalari bunga qandoq chidaydi? Qolaversa, asalaridan 
sharoitga qarab asal olish mumkin. Shahar ichida u 
asal emas, qatron berishi mumkin. Shundoq, afandim. 
Endi mening boshqa bir taklifim bor. Asalarichilik 
bilan boshni qotirgandan ko‘ra, tovuqlarga e’tibor 
bergan ma’qul. Tovuq yaxshi narsa. Farzandlarimiz 
tovuq boqish hunarini yaxshilab egallab olishsa 
bormi...
Direktor uning gapini bo‘ldi.
— Men yana qaytarib aytaman, afandim. Mak- 
tabda asalarichilikni yo'lga qo‘yish, tovuq yoki sigir-
108


buzoq boqish bizga bog‘liq emas. Dars programmalari 
Maorif ministrligida tasdiqlanadi. Qolaversa, bu yer 
qishloq xo‘jalik maktabi emas.
— Mavzudan ancha chetga chiqib ketgan ko'rina- 
miz,— dedi po‘rim bir ayol o‘rnidan turib.— «Maktab 
va oila ittifoqi»ning a’zosi sifatida mening bir taklifim 
bor. Maktabda qashshoq bolalar ham o‘qiydi. Shular- 
ga yordam berish kerak. Xo‘sh, nima qilamiz? Lote- 
reya o‘ynab pul to‘playmizmi yoki o‘tgan yildagidek 
ularga bir kecha uyushtirib beramizmi?
Uzoq tortishuvlardan keyin yo‘qsil bolalarga bir 
kecha uyushtirib berishga qaror qilishdi. Shu yeming 
o‘zidayoq ota-onalardan xayr-ehson puli yig‘ib olindi.
Majlis tugab, hamma o‘qituvchilami o‘rab oldi. 
Har kim o'qituvchidan o‘z farzandini surishtira ketdi. 
Biz, navbatchilar zalga kirib, mehmonlaming oldiga 
choy, limonad, pecheniy qo‘yib chiqdik.
Ochig‘ini aytsam, shu kuni rosa xumordan 
chiqdim. Qani endi shunaqa majlislar tez-tez bo‘lib 
tursa. Sizlarda ham majlis bo‘lib qolsa, bir ilojini qilib 
albatta kir. Gaplami eshit.
Majlisga oyim borgan edi. Uyga qaytgach, oyim- 
dan: «Siz ham nimaga so‘zga chiqmadingiz?» — deb 
so‘radim.
— Navbat tegdimi o‘zi menga? Hammasi og‘ziga 
kelganini vaysaydi.
— Aytadigan gapingiz bormidi?
— Nega bo‘lmas ekan? Nima, menda lab-dahan 
yo‘qmi?! Biror nimani topib gapirardim. Gal berish- 
masa nima qilay?
Mana, Ahmad, xatim yana cho‘zilib ketdi. Seniki 
holva ekan.
Minega aytib qo‘y, haligacha undan javob olganim 
yo‘q. Senga muvaffaqiyat tilab:

Download 2,74 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish