Ahm ad Tarbay.
Ivirsiq qiz
Aziz sifndoshim Ahmad!
Awalambor senga Hikmatdan gapiray. Hikmat
darsga qatnay boshladi. Ota-onasi yana yarashib oli-
shibdi. Boyoqish juda xursand bundan.
Senga yana bir yangilik aytmoqchiman. Menga
yozgan hamma xatlaringni yig‘ib kelayotgan edim,
ammo har yer-har yerda tartibsiz sochilib yotardi.
Kecha hammasini tartibga soldim. Yozgan kunlaring-
ga qarab oldinma-keyin qilib chiqdm. Yaxshi bo'ldi.
Bu narsa sira xayolimda yo‘q edi, bir gap bilan shu
ishni qildim. Mana, eshit, bir boshdan gapirib bera-
man.
Uyda hammasi meni palapartish ish qilasan, narsa-
laring doim ivirsib yotadi, deb koyishadi. Holbuki
men qo‘ygan narsasini topolmay yuradigan, besarish-
ta odamni yomon ko‘raman. Demak, yomon ko‘rgan
odamim o‘zim ekanman-da.
Yakshanba kuni erta bilan uy daftarimni topolmay
xunob bo‘lgan edim, oyimdan rosa gap eshitib ol-
dim.
— Nimaga bunaqa merovsan-a, qizim? Doim bir
nimang yo‘qolib qoladi-ya... Es-hushingni yig‘ib yur-
sang bo lmaydimi?!
Oyimning yoniga dadam qo‘shildi. Buvam bilan
buvim kelgan edi, ular ham palapartishligimni yuzim-
ga solishdi. Opamga-ku xudo berdi — kelgan joyidan
u ilib ketdi. Hammalari meni talab ketishdi. Jonimga
ora kirgan birgina Metin bo‘ldi.
— Bu uyda odam o‘zini ham yo‘qotib qo‘yishi
hech gap emas, — dedi u meni yupatib.
Hammalari menga yopishganiga rosa xo‘rligim
keldi. Alamdan nima qilishimni bilmay xonamga
kirib, bir chekkadan yig‘ishtirishga tushdim. Stol usti-
ni, kitob javonlarini tartibga soldim, buyumlami joy-
joyiga qo‘yib chiqdim. Narsalarimni yig‘ishtirayotib,
uydan labga surtadigan pomada, har xil otkritka, bir
poy paypoq topib oldim. Hammasini ulaming oldiga
olib chiqdim. Haliyam mening g'iybatimni qilib
o‘tirishgan ekan.
— Manavi paypoq kimniki? Tortmadan chiqdi, —
deb paypoqni irg‘itdim.
— Iya, kecha qidirib yurgan eding-ku buni, — dedi
oyim dadamga qarab.
— Xo‘sh, pomada kimga qarashli?
— Qayerda ekan? Qidirmagan joyim qolmadi.
— Allakim stolimga qo‘yib ketibdi.
— Kecha o‘sha yerda unutgan ekanman-da, — deb
kuldi oyim.
Otkritkaga navbat keldi.
— Bu kimniki bo‘ldi?
Opam lavlagidek qizarib ketdi.
— Qayerdan topding?
— Kimdir kitoblarimning ichiga yashirib qo‘yibdi.
Orqasidagi yozuvini o‘qiganim yo‘q.
Endi o‘tirib dars qilay degan edim, ruchkamni
qo‘ygan joyimdan topolmadim. Hammayoqni qarab
chiqdim, yo‘q.
— Yana nima yo‘qotding? — zarda bilan so‘radi
oyim.
— Ruchkamni ko‘rmadingizmi?
— Ruchka oshi ichasanmi o‘zi? Nuqul ruchka yo‘qot-
ganing yo‘qotgan-a, qizim...
Oyim diydiyosini boshlab yubordi.
— Hoy qiz, bu merovliging qachon qoladi-a? —
dedi buvim oyimning yoniga qo‘shilib.
— Palapartish bo‘lma, hamma narsang saranjom
bo‘lsin, qo‘ygan joyingni bilib yur, deb ming marta
aytaman senga. Bu quloqqa gap kiradimi o‘zi?
Dadamdan eshitgan gapim bu.
Meni kalaka qilish uchun opamga bahona topildi.
— Ma, menikida yozib tur. Ko‘zingga qara, tag‘in
buniyam yo‘qotib yurma!
Opam ruchkani olib berish uchun ichkari kirib
ketdi. Birpasdan keyin uning:
— Kim oldi ruchkamni? Hozirgina shu yerda edi-
ya, — degan ovozi keldi.
Buvim boshimni silab, yotig'i bilan nasihat qildi:
— Endi o‘zingga qarab yurgin, Zaynab qizim.
Bo'ying cho‘zilib qoldi. Hademay biror uyning bekasi
bo‘lasan. Qalam-daftar yo‘qotib yursang endi uyat
bo‘ladi. Qiz bola degan saranjom-sarishtali bo‘lishi
kerak.
— Avlodimizda merov yo‘q edi, hayronman, bu
kimga tortdiykin, — deb luqma tashladi oyim.
Har kuni bo'ladigan gap shu. Eshitaverib qulog‘im
pishib ketgan.
Men bulaming ichida eng ko‘p buvamdan hayiqib
turaman. 0 ‘zi iste’foga chiqqan polkovnik, juda bad-
jahl odam. Oyim hali-hali buvamning yuziga tik
80
qarayolmaydi. Hatto dadam ham uning oldida ancha
muloyim bo‘lib qoladi.
— Hayotda kimki rejali bo'lsa, o‘sha yutadi.
Buvamning odatini senga gapirib bergan edim.
Aytgan gapini darrov qaytarib so‘raydi.
— X o‘sh, kim yutarkan?
— Rejali odam, buva, — deb javob berdim.
— Barakallo... Har narsa ma’lum bir joyda turishi
kerak. Qayerda turishi kerak ekan?
— M a’lum bir joyda.
— Barakallo. Toki kerak bo‘lib qolganida topish
oson bo‘lsin. Xo‘sh, nima ekan?
— Toki kerak bo‘lib qolganida topish oson bo‘lsin.
Buvamning har bir gapni qaytarib so‘rash odati
armiyadan qolgan ekan. Dadam shunday degan.
— Juda to‘g‘ri gap bu, — buvamga yuzlanib dedi
dadam. — Men ham shundayman. Qaysi cho‘ntakda
nima borligini ko‘zimni yumib aytib beraman.
Yonimda nimaiki olib yursam, hammasining joyi
aniq. Shunga odatlanganman. Ro‘molchami, zaji-
galkami, hamyonmi — hammasining o‘z joyi bor.
— Ofarin, xuddi shunday bo‘lishi kerak, — dedi
buvam uning gapini ma’qullab.
Dadam sarishtaligini Metin bilan menga bir
ko'rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
Dadam o'rnidan turib, ko‘zini chirt yumib oldi.
— Ko'ringlar, ko‘zimni yumdim. Hozir qayerda
nima turishini aytib beraman. Nimchamning chap
cho‘ntagida zajigalka bo‘lishi kerak. Mana, olaman!
Dadam cho‘ntakka qo‘lini solib, zajigalkani ol-
moqchi bo‘ldi-yu, lekin topolmadi. Rosa qidirgani
bilan zajigalka chiqmadi.
— Qiziq... Qayoqda qoldiykin-a...
Zajigalka topilmagach, dadam beburd bo‘lmaslik
uchun boshqasiga o‘tdi.
— Masalan, avtoruchka deylik. Qayerda turishini
yoddan bilaman. Hamisha kostyumning ichki cho‘n-
tagida, chap tomonda turadi. Ishonmasangiz, mana,
ko‘rib qo‘yinglar.
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------m o
Cho‘ntakdan avtoruchkaning o‘miga termometr
chiqdi.
Dadam, «mana, aytmadimmi!» deb ko‘zini ochib
qaragan edi, termometmi ko‘rib o‘ziyam rosa hayron
bo'ldi. Noiloj iljaygan bo'ldi.
— Tunov kuni Metinning isitmasini o'lchagan
edim. Shoshilinchda cho‘ntakka solib ketavergan
ekanman-da... Ha, mayli. Unisi bo'lmasa, bunisi. Yon
daftarim
hamisha
chap
tomonda
turadi.
Ishonmasangiz, mana, ko‘rib qo‘yinglar.
Dadam ko‘zini yumib, daftarchani qidira ketdi.
— Chap cho‘ntagim qani o‘zi, oyisi?
— Bu kostyumni usta ag‘darib bergan edi-ku... Chap
cho‘ntak o ‘ng tomonga o‘tib qolgan bo‘lishi ke
rak.
Yon daftarcha oyim aytgan joydan ham chiqmadi.
Dadam o‘ng cho‘ntagidan bir g‘altak oldi.
— Dadangizning yon daftarchasi qayerda turishini
endi bilib oldingizmi, bolalar? — dedi buvam kesa-
tib.
Bizning o‘rnimizga javobni oyim berdi:
— Esim qursin... Kecha ertalab kostyumni tikib
qo'yuvdim. Astari so‘kilgan ekan. Cho‘ntakda ipi
qolib ketibdi, bilmabman.
Dadam juda o‘sal bo‘ldi, xunobi oshdi. Biror nima
bilan o‘zini oqlamoqchi bo‘lib yana cho‘ntaklarini
kovlashtirayotgan edi, buvam:
— Ha, namuncha kovlashtirasan, tuya yo‘qotding-
mi? — dep piching qildi.
Buvam qotib-qotib kuldi. Bir payt uni yo‘tal
tutdi.
— Paltoda ro'molcha bor edi, olib beringlar. 0 ‘ng
tomondagi cho‘ntakda, — deb buyurdi buvam qattiq
yo'talarkan.
Yugurib borib paltoni qaradim. Ro'molcha ko‘rin-
madi.
— Aytgan joyingizda yo‘q-ku, buva!
— Bo‘lmagan gap... Qani buyoqqa olib kel-chi pal-
toni... Qirq yildan beri shu yerda turadi ro‘mol-
cham...
Paltoni keltirib berdim. Buvam ro'molchani topol-
magach:
— Birov olganga o‘xshaydi, — deb xo‘mraydi.
Oyim yugurib borib narigi xonadan yangi ro‘-
molcha olib chiqdi, buvamga sezdirmay uni sekingina
paltoning o‘ng cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
— Xah, turgan ekan-ku! Shu yerda bo‘lishi kerak
deb aytmadimmi sizga!
Yo‘tal tindi. Buvam yon-verini timirskilab, yana
nimanidir qidirishga tushdi. Topolmagach, darg‘azab
bo‘ldi:
— Sigaretim qani? Hozirgina cho‘ntagimda turuv-
di. Kim oldi o‘zi? Darhol topib beringlar!
Buvamizni ortiqcha xunob qilmaslik uchun
sigaretni izlay ketdik. Shu orada uyga mehmonlar
keldi. Er-xotin qo‘shnilar ekan. Yelib-yugurganimizni
ko‘rib, ular ham ishga tushib ketishdi. Hamma zir
yugurib, buvamning sigaretini qidiryapti-yu, u bo‘lsa
dam-badam:
— Obbo lapashanglar-ey! Tezroq bo‘lsalaring-chi,
namuncha imillaysanlar-a! — deb zarda qiladi.
— Hozircha shundan chekib tura qoling, — dedi
mehmon sigaretini tutib.
Gapirib baloga qoldi. Buvamning qoni qaynab
ketdi.
— Hozir o‘zimnikini topib berasanlar! — deb uyni
boshiga ko‘tardi.
Metin ichkaridan bir juft paypoq ko‘tarib chiqdi.
— Kimniki bu?
— Voy, qayerdan topding? Qidirmagan joyim qol-
movdi-ku? — hayron bo‘ldi oyim.
— Buvamning sigaretini qidirib yursam, xolodil-
nikning ustidan chiqib qoldi.
G ‘ir etib do‘kondan boshqa sigaret olib kelish ham
mumkin edi-ku, ammo buvamga ichidagidan ko‘ra
uning metall qutisi muhimroq edi. Bir tomondan,
qidirganimiz yaxshi bo‘ldi. Sigaret bahonasi bilan
o‘zimiz yo‘qotib yurgan ko‘p narsalarni topib oldik.
Mehmonga kelgan xonimning tagidan bir parcha
qog‘oz chiqdi.
— lya, radioning qog‘ozi-ku, — deb yubordi
dadam. — Bir oydan buyon topolmay yuruvdim.
Dadam qidirgan avtoruchka tarelkalarning orasi-
dan chiqdi. Kimdir yanglishib pichoqni axlat idishiga
tashlab yuboribdi.
Xullas, ancha-muncha narsalarni topib, ega-egasi-
ga qaytarib berdik.
— E-e, buni qaranglar, kimdir sigaretni tagimga
qo‘yib ketibdi-ya! Qaysi bir g‘irromning ishi bu! —
deb qoldi bir payt buvam.
Bundoq qarasak, buvam tushmagur bizni rosa
ovora qilib qo‘yib, sigaretini o‘zi bemalol tagiga bosib
o‘tirgan ekan.
Hech kim indamadi.
Xullas, o‘sha kuni eshitgan gaplarim menga alam
qildi. Zarda ustida xonani yig‘ishtirib chiqdim.
Chindan ham uyga ancha qaramay qo‘ygan ekanman.
Endi ivirsiq qiz degan nomdan qutulmoqchiman.
Sendan oigan xatlarim ham to‘zg‘ib yotgan ekan,
ancha tartibga solib qo‘ydim. Hammasini papkaga
joyladim.
Eski sinfdoshlar ichida faqat sen menga muntazam
xat yozib turibsan. Mine ham onda-sonda yozib tura-
di. Damir bilan Yashardan bir marta xat oldim.
Hammalariga javob yozib yubordim.
Tez-tez xat yozib tur. Kelishdikmi?
Senga muvafffaqiyatlar tilab qoluvchi:
|