Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Ahm ad Tarbay.
Toma-toma sel bo‘lur
Qardoshim Ahmad!
Tunov kuni xatingni, undan bir kun oldin esa 
yangi yil tabrigingni oldim. Har ikkisi uchun ko‘p rah- 
mat. Yangi yildan bir kun oldin men ham senga tabrik
n n --------------------------------------


xati yuborgan edim. Harholda borib yetgan bo‘lsa 
kerak. Lekin sen tabrikni juda boplabsan. Rasmlaring 
biram chiroyli chiqibdiki. Mening esimga ham kel- 
movdi bu narsa. Kelganidayam baribir senchalik 
chizolmasdim. Rasmlaringni sinfdagi bolalarga ko‘r- 
satdim. Hamma qoyil qoldi.
Yangi yilning birinchi kuni bizning uyda yangi yil 
kechasidan ham zavqli bo‘ldi... Boshidan gapirib 
bersam ham arziydi.
Dadam bilan oyim reja bilan, tejab-tergab ro‘zg‘or 
qiladigan odamlar. Ammo bu ziqnalik emas. Ular- 
ning maqsadi — ko‘rpaga qarab oyoq uzatish. Shu- 
ning uchun har narsani avaylash, ortiqcha chiqimga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak, deb bizga nasihat qilishadi. 
Mabodo stolda avtoruchkam qolib ketguday bo‘lsa, 
dadam:
— Avtoruchkani ochiq tashlab ketma, siyohi qurib 
qoladi. Yerga tushsa, perosi sinadi. Keyin yangisini 
olishga to‘g‘ri keladi. Chiqim ko‘payadi. Odam degan 
har narsada tejog‘li bo‘lishi kerak, — deb qulog‘imga 
quyadi.
Ukam daftaming bir tomoniga yozib, ikkinchisini 
bo‘sh qoldirsa yoki bir-ikki betini tashlab ketsa, o‘sha 
kuni oyimdan rosa gap eshitadi.
— Bunaqa zararkunanda bo‘lma, o‘g‘lim. Axir 
toma-toma ko‘l bo‘lur, degan gap bor. Har kuni bir 
betdan qoldirib ketaversang, bir yilda qalin bir daftar 
bo‘ladi-ya. Shunday oppoq daftami tashlagani qandoq 
ko‘zing qiyadi?
Metin juda ko‘p qalam yo‘qotadi.
— Qalam sotib olaverish jonimga tegdi, nuqul 
yo‘qotganing yo‘qotgan-a, — deb nolib qoladi oyim.
To‘g‘ri, tejog‘liq ish — bejog‘liq, degan gap bor. 
Ammo haddan oshib ketsa ham bo‘lmas ekan. 
Ayniqsa buvimning gapi jonimdan o‘tib ketadi. Ikki 
gapning birida u kishi:
— Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir 
kunlik, deganlar, otin qizim. Toma-toma ko‘l bo‘lur, 
deyishadi axir, — deb nasihat o‘qiydilar.
------------------------------------------------ QE


Bir kuni buvamiz ukam ikkovimizga pul yig‘adigan 
quticha olib keldilar.
— Shu narsa esingizda bo‘lsinki, oz-ozdan ko‘p 
bo‘ladi. Ota-bobolarimiz toma-toma ko‘l bo‘lur, deb 
aytishgan. Qani, toma-toma nima bo'larkan?
Buvamning odati shu: nuqul bir nima desa, darrov 
qaytarib so‘raydi.
— Ko‘l bo‘larkan, buva.
— Ha, barakalla, gap degan bundoq bo‘pti.
Shu maqolni eshitsam ko‘nglim ayniydigan bo‘lib 
qoldi. Xudoning bergan kuni uni ming martalab tak- 
rorlashadi.
Yangi yil kechasi dadam bilan oyim kazinoga bo- 
radigan bo‘lishdi. Ilgarilari yangi yilni hammamiz 
uyda birga kutib olardik, bu yil sal boshqacharoq 
bo‘ldi.
Dadamning o‘rtoqlari kazinodan ilgariroq joy olib 
qo‘yishgan ekan, kechga yaqin ketishdi. Lekin dadam 
an’anani buzmadi. Hammamiz bir dasturxonda o‘tirib 
ovqat qildik, rosa o‘ynab-kuldik. Ular anchadan keyin 
turishdi. Kazinoga opamni ham olib ketishdi. Biz 
buvamlar bilan qoldik. Bilgan o‘yinlarimizni o‘ynadik. 
Loto ham o‘ynadik. Ammo buvam hecham yutolma- 
di. 0 ‘yin paytida mudrab o‘tirgani unga xalal berdi 
chamamda.
Yarim kechaga yaqin o‘ringa kirib yotdik.
Bir payt uyg'onib qarasam, uy jimjit. Tiq etgan 
ovoz yo‘q. Haliyam kelishmapti-da, deb o‘yladim. 
Anchagacha ko'zimni ochib yotdim. Qorong‘ida 
Metinning sharpasi ko‘rindi.
— Bularga nima bo'lgan o‘zi? — dedi u oldimga 
kelib.
— Ha, nima qipti?
— Buyoqqa yur, ko‘rasan.
0 ‘mimdan turib, narigi xonaga chiqdim. Buvam 
bilan buvim ketib qolishgan ekan. Bundoq qarasam, 
opam divanda ust kiyimi bilan cho‘zilib yotibdi. 
Bo‘ynida rang-barang qog‘oz tasmalar. Yerdagi gilam-
74


da ag‘anab yotgan dadam yuziga maska taqib olibdi. 
Qog‘oz shapkani boshiga emas, oyog‘iga kiyibdi. 
Faqatgina oyim joyiga borib yotgan ekan. Ammo ki- 
yimlari sochilib yotibdi. Bir poy paypog‘ini koridorda, 
ikkinchisini yonida ko‘rdim.
Oyimning ustini yopib qo‘ydim. Opamni arang 
turg‘azib, joyiga yotqizdik. Lekin dadamni uyg‘otib 
bo‘lmadi.
Vaqt peshindan og‘ib qolgan edi, ular sal g‘imirlab 
qolishdi. Eng awal oyim o‘ziga keldi. Keyin u da­
damni uyg‘otdi. Oxiri opam o‘rnidan turdi. Bo‘ynida- 
gi maijoni yo‘qmish. Hech qayerdan topolmadi. Ke- 
chasi biror yerda yo‘qotganga o‘xshaydi.
Gap-so‘zdan bildimki, kazinoda oyim bilan dadam 
omadlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lishibdi. Talay pul 
yutqazishibdi.
— Oyning oxirigacha nima yeymiz endi? — 
tashvishlanib so‘radi oyim.
— Idoradan qarz so‘rayman, boshqa iloj yo‘q, — 
javob berdi dadam.
Saldan keyin buvam bilan buvim kirib kelishdi.
— Qalay, yangi yilni yaxshi kutib oldinglarmi? — 
ko‘ngil so‘radi buvim.
— Ta’zirimni yedim, endi hecham unaqa joylarga 
bormayman.
Oyim gapini tugatib, Metin ikkovimizni bir chek- 
kaga imlab chaqirdi.
— Qancha pullaring bor, menga berib turinglar, 
ertaga qaytib beraman.
Yig‘ib yurgan pulimizni keltirib berdik.
Shu orada eshik taqillab qoldi. Qo'shnimizning 
qizi Nurton ekan. Qo'lida bir parcha qog‘oz. 
Dadamga ekan. Xatni olib, uyga kirdim. Dadasi yo- 
zibdi. Shu satrlarga ko‘zim tushdi: «Do‘stim, kechagi 
voqea o‘zingga ma’lum. Yonimda sariq chaqa ham 
qolmabdi. Uyga qandoq kelganimni bilmayman. Har 
qalay, sizlar olib kelgan bo‘lsangiz kerak. Puldan 
qalaysan? Yuz lira kerak. Rahmat».
75


Xatni dadamga uzatdim. Dadam xatni o‘qigach, 
oyim bilan shivirlashib oldi. Mazmuni, ular pulimiz 
yo'qligini bildirgilari kelmadi. Bu gal opamning 
qutichasi ish berdi. Dadam bilan oyim ko‘zimizni 
shamg‘alat qilib opamga bir nima deyishdi. Keyin 
opam olib kelgan qutichani ochib, ichidan chiqqan 
bor pulni Metindan berib yuborishdi.
Metin dars qilmoqchi bo'lgan edi, yana qalamini 
topolmadi. Y o‘qotib qo‘yganga o‘xshaydi. Buni 
eshitib, oyim ko‘pirib ketdi:
— Qanaqa ovsar bolasan o‘zi! Nuqul qalam yo‘qot- 
ganing yo‘qotgan-a? Bundoq avaylab tutsang bo‘l- 
maydimi! Hadeb senga qalam olib beraveramanmi?
Buvamning nasihati boshlandi.
— Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir 
kunlik, o‘g‘lim. Xo‘sh, saqlamasang nima?
Bir kunlik, buva!
— Ha, barakallo! Toma-toma ko‘l bo‘lur. Nima 
bo‘lur?
Metindan oldin men javob berdim.
— Hech narsa. Ko‘l bo‘lmaydi.
— Nega endi? Nimaga ko‘l bo‘lmas ekan?
— Bolmaydi, buvajon.
— Iya, nega bo‘lmas ekan? — qovog‘ini uyub 
so‘radi buvam.
— Chunki ko‘l bo‘lishi uchun o‘sha joy sal 
chuqurroq bo‘lishi kerak. Agar suv turmaydigan tep- 
tekis joy bo‘lsa...
— Ha, nima bo‘larkan?
— Suv sharillab oqib ketadi. Sel bo‘ladi...
Buvam menga bir xo‘mrayib qo‘ydi.
Uyimizda yangi yil shunday boshlandi. Endi oyim
bilan dadam yangi yilni boshqa joyda kutib olmaydi- 
gan bo‘lishdi.
Xo‘sh, seniki qalay bo‘ldi?
Yangi yilda senga baxt-saodat, o‘qishingda muvaf- 
faqiyatlar tilayman.

Download 2,74 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish