Boshlanishi chakki emas
Zaynab!
Yangi yil bilan tabriklab yozgan xatingni olganim-
ga ko‘p bo‘ldi. Rahmat.
Yangi yilni biz katta amakimlamikida kutib oldik.
Uylari juda keng. Hamma amakilarim shu yerga
yig‘ilishdi.
Men har kuni erla yotishga o‘rganib qolganim
uchun yangi yil kechasi uzoq o‘tirolmadim. Soat o‘n
ikkidan keyin ko‘zim yumilib ketaverdi.
Radio eshitib
o‘tirib uxlab qolibman.
Ertasi kuni odatdagidek o‘tdi. Biror yangilik
bo‘lgani yo‘q. Lekin shuni bilib qo‘yki, yangi yilning
birinchi kuni siznikida ro‘y bergan voqea bizning uyda
tez-tez bo‘lib turadi. Dadam ko‘chada
pul sarflagan
kuni uyda juda qurumsoq bo‘lib qoladi.
Ba’zi kunlari u ko‘chadan to‘yib keladi. Shu-
naqa paytlarda suv ichayotganimni ko‘rib qolsa, dar-
rov:
— Qaynagan suvni isrof qilma. Stakanga o‘zing
ichadiganingni quy, tagida qolmasin, — deb tanbeh
beradi.
Holbuki, stakanning
tagida bir-ikki qultum suv
qolgan bo‘ladi. Dadam isrofdan qo‘rqqani uchun qol-
gan suvni guldonga to‘kadi. Shunday kezlarda dadam
o‘z hisobiga oshna-og‘aynilarini yaxshilab mehmon
qilganini bilib olaman.
— Shuncha pastani uvol qilib nima qilasan?!
0 ‘zingga loyig‘ini olsang bo‘lmaydimi?— deb o‘da-
g‘aylaydi dadam tish yuvayotgan bo‘lsam. Bilamanki,
u kecha yana ziyofatga tushibdi.
Ba’zan dadam biror o‘rog‘liq
narsa olib kelganida
sabrim chidamay kanopini uzmoqchi bo‘laman.
Shunda u:
— Shoshma, kanopni sekin yechib ol. Biror joyga
olib qo‘y, kuningga yaraydi, — deb qoladi. Yana bi
lamanki, dadamning bugun ham ko‘chada
sarfi katta
bo‘lgan.
--------------------------------------------------------- 1 77 |
Dadamning qiziq odati bor — og‘aynilari bilan
biror yerda o‘tirib qolsa, nuqul pulni o‘zi to‘lagisi
keladi. Buni necha marta o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan-
man. «Cho‘ntakni kovlamang, qo'ying, xafa bo‘la-
man... Mana menda bon>, deb turib oladi.
Ammo ertasiga uyda tamoman o‘zgarib qoladi.
—
Eski gazetalami yirtmasdan olib qo‘yinglar.
Biron narsaga yarab qoladi.
Qolaversa, yig‘ib yursan-
giz keyin sotishingiz ham mumkin. Juda bo‘lmasa
pechkaga yoqsangiz, uyni isitadi.
«Toma-toma ko‘l bo‘lur» degan maqol sizlarniki-
da ko‘p ishlatilar ekan. Bizning uyimizda « 0 ‘zing-
da bo‘lsa, kuningga yarar»
degani tildan tushmay
keladi.
Shunisi ham borki, ko‘cha-ko‘yda pulini sovurib
kelmagan kunlari dadamning qo‘li ochiq bo‘ladi.
Yangi
yil kechasidayam, ertasigayam shunaqa bo‘ldi.
Dadam yangi yilda menga akvarel bo‘yoq olib berdi-
lar Fevralda ikki haftaga kanikulga chiqamiz. Shunda
mazza qilib surat chizaman.
Yangi yilda butun uy
ichingiz bilan hammangizga
baxt-saodat tilayman.