Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Ahm ad Tarbay.
Atamanning tug‘ilgan kuni
Anqara, 25-dekabr, 1963-yil.
Ahmad!
14- va 22-dekabrda yozgan xatlaringni oldim. Katta 
rahmat. Yotib qolganim uchun xatlaringga vaqtida 
javob qaytarolmadim. Picha yotib oldim, shamollab 
qolibman. Baribir shundayam xat yozsam b o ‘lardi-yu, 
lekin uni qutiga kim tashlaydi? Oyim bilan opamga 
esa bergim kelmadi. Aksiga yurib M etin ham men 
bilan baravar og‘rib qoldi. Kecha oyoqqa turdim, 
bugundan maktabga qatnayapm an. 0 ‘qishdan keliboq 
javob yozishga o'tirgan edim, oyim sendan xat kel- 
ganini aytib qoldi. Konvertdagi adresni ilgariroq ko‘r- 
gan ekan, shuning uchun:
— A hm addan kelibdi. 0 ‘rtog‘ing oqibatli ekan. 
Seni esdan chiqarmay kelyapti, — dedi.
Xatingni o ‘qib bo‘lib, M etinning oldiga kirdim. 
Haliyam turgani yo‘q. Term om etm i qo ‘yib, isitmasini 
o ‘lchadim — 38,2.
Aslida ikkovimiz arzimagan narsa bilan shamollab 
qoldik. Sinfimizda A tam an degan bola bor, shuning 
tug‘ilgan kuniga borgan edik. 0 ‘sha yerdan kasal
I 64 I--------------------------------------------------------------------------------------


bo‘lib qaytdik. Bizdan tashqari yana uchta bola ham 
shamollab yotibdi.
Ota-onalar majlisida oyim Atamanning onasi bilan 
tanishib qolgan ekan, u: «Yaqinda o‘g‘limizning 
tug‘ilgan kuni bo‘ladi, bolalami olib albatta keling, 
kutamiz», deb aytibdi. Keyin uy adresimizni yozib 
olib, o‘zimiz mashinada olib ketamiz, debdi.
Oyim Metin ikkovimizni yuborishga rozilik bergan 
ekan, u: «Xo'jayin bilan o'zingiz ham keling. 
Kelmasangiz xafa bo‘lamiz», deb turib olibdi. Oyim 
noiloj va’da beribdi.
Buni eshitib, dadamning xunobi oshib ketdi. «Yosh 
bolaning tug‘ilgan kunida bizga nima bor?» — deb 
g‘ijinib turgan edi, oyim ularga boramiz deb va’da 
berib qo‘yganini aytdi. Xullas, hammamiz boradigan 
bo‘ldik. Atamanni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash 
uchun sovg‘a-salom oldik. Men kitob, Metin esa 
avtoruchka taqdim qiladigan bo‘ldi.
Peshindan keyin uyimizning oldida mashina to‘x- 
tadi. Bizni olib ketgani kelishibdi. Dadam Ataman­
ning otasi bilan mashinada tanishib oldi. Mashina 
o‘zlariniki ekan.
Birovning g‘iybatini qilyapti, deb mendan ranji- 
shing mumkin. Lekin men g‘iybat qilayotganim yo‘q. 
Ularning uyida nima ko‘rgan bo'lsam, shuni yoza- 
man.
Ular juda badavlat turisharkan. Shundoqqina sezi- 
lib turibdi. Bir payt oyim dadamga qarab: «Bularda 
pul ko‘p-u did yo‘q ekan. Manavi jihozlami ko‘r, 
sirayam bir-biriga mos emas-a!» deb pichirlaganini 
eshitib qoldim.
Atamanning dadasi har ikki gapning birida «kami- 
nangiz» yoki «hazratlari» deb turishga odatlangan 
ekan.
Uy ichi kengu, ammo mehmon ham ko‘p. Qola- 
versa, uzun-qisqa bo‘lib kelayotganlaming hali keti 
ko‘rinmaydi. 0 ‘n beshtaga yaqin bola yig‘ildi, lekin 
kattalarning soni o'ttizdan oshib ketdi. Bizga o‘xshab 
boshqa bolalar ham ota-onalari bilan kelishgan ekan.
--------------------------------------------------------- [ 6 5 ]
3 -1 8 5 9


— Bu nima, oyi, bugun o‘zi kimning tug‘ilgan ku­
ni — Atamannikimi yoki dadasinikimi? — hayron 
bo‘lib so'radi Metin.
Biror joyda Metinning og‘zidan nojo‘ya gap 
chiqquday bo‘lsa, oyim uni odatda sekingina chim- 
chilab qo‘yardi. Bu gal ham birovga bildirmay asta 
o‘ymalab oigan edi, Metin jimib qoldi.
— Uyimiz torlik qilib qoldi, aylanay, — dedi 
Atamanning onasi oyimga zorlanib. — Xudoga shu- 
kur, obro'yimiz joyida, hamma yo'qlab kelaveradi. 
Cha-qirmasak, keyin xafa bo‘lishadi. Odamning yuzi 
issiq bo‘larkan. Kelasi yil o‘g‘lonning tug‘ilgan kunini 
biron kattaroq restoranda o'tkazmasak bo'lmaydi. 
Xo‘jayinni ham ko‘ndirib qo‘ydim. Baraka topkur, 
bizning xo‘jayin hecham so‘zimni yerda qoldirmaydi, 
nima desam, shunga ko‘nadi.
Bu xotin erini xo‘jayin, Atamanni esa o‘g‘lon deb 
chaqirarkan.
— Bizning xo‘jayin shunaqa, hecham gapimni 
ikkita qilmaydilar. X o‘sh, sizniki qanaqa, durustmi?
Oyimning bu andishasiz gapga jahli chiqqanini 
yuzidan sezdim.
— Xo‘jayin deganingiz kim u?
Atamanning onasi iljayib qo‘ydi:
— Xo‘jayin deb erga aytiladi-da, ovsin. Xo‘sh, u 
kishiyam gapga ko'nadigan xilidanmilar?
— Uy ancha isib ketganga o'xshaydimi? — dedi 
oyim gapni boshqa yoqqa burib.
— Ha, o‘g‘lonning tug‘ilgan kuni sharafiga ko‘- 
mimi ayamay yoqdik. Batareyalar qizib ketdi shekil- 
li... Xo'jayinning o‘zlari yaxshi odamlar-u, ammo- 
lekin juda ko‘ngillari bo‘sh-da. 0 ‘g‘lonimiz sharafiga 
batareyalar qizib tursin, deb tayinladilar. Ha, ayt- 
moqchi, idoralarida ikki-uch sekretar qiz ishlaydi. 
Hech keragi yo‘q shuncha qizning. Erkak zoti shu­
naqa bo'larkan. Birini olib biriga ursin bulami.
— Qani, dadangizdan bir xabar olinglar-chi, nima 
qilyapti ekan, — deb oyim men bilan Metinni 
chiqarib yubordi.
[~66~1-------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Erkaklar katta zalda o‘tirishgan ekan. Stol to‘la har 
xil noz-nematlar. Atamanning otasi bilan gaplashib 
o‘tirgan dadam bizni ko‘riboq ensasi qotdi.
— Oyingning bir o‘zini tashlab kelibsanlar-da?!
Metin o‘ylab-netib o‘tirmadi:
— 0 ‘zlari shu yoqqa yubordilar-ku.
— Bular hazratlariga tegishlimi? — deb so‘radi 
Atamanning dadasi.
— Ha, shundoq.
— Umri bilan bergan bo‘lsin... Ha, nima deyotgan 
edim? Esimga tushdi... Shu men ziqna odamni yomon 
ko‘raman. Men sizga aytsam, xotin zoti ziqna 
bo‘larkan... Masalan, bizning xotinni olib ko‘raylik. 
Bozordan apelsin oladigan bo‘lsa, ikki xilini tanlaydi. 
Biri yaxshisi-yu, biri yomon. Eng pachoq, eng arzón 
apelsinni ataylab xizmatkorlarg oladi. Ularga shunisi 
ham bo‘laverarmish. Ho‘v xotin, bu bema’niligingni 
tashla, xizmatkor ham senga o‘xshagan odam, das- 
turxon hammaga bitta bo‘lishi kerak, deb kaminangiz 
toza nasihat qildi, bo‘lmadi. Xotin kishiga gap uqtirib 
bo‘lmas ekan. Bu ishing odamgarchilikdan emas, 
desam ham tushunmaydi. H o‘v xotin, sen apelsindan 
o‘n qurush' yulib qoladigan bo‘lsang, ro‘zg‘orga ikki 
yuz liralik zarar keltirishing mumkin. Chunki shu ar- 
zimagan narsa bilan xizmatkorning nafsoniyati og‘riy- 
di, oxiri u idish-tovoq yuvayotganida ikki yuz lira tu- 
radigan chinni laganni paq etib tashlab yuboradi-da, 
qo‘limdan tushib ketdi, deb bahona qiladi. Ming 
marta aytdim bu gapni. Qani buning fahmi yetsa...
— Bor, oyingning oldiga jo ‘nalaring! — haydab 
berdi dadam bizni.
Hammamiz toza zerikdik. Bolalarning qiy-chuvi 
joniga tegdi shekilli, mehmon ayollardan biri:
— Bola-chaqa bilan bir joyga hecham borish kerak 
emas... Quloqni qoqib, qo‘lga berishadi, — dedi 
yonidagi juvonga engashib.
Dadam:
1 Qurush — mayda pul. Bir lira yuz qurushdan iborat. 
(Tarj.)


— Ketaylik endi, bas, — deb shipshigan edi, oyim 
ko‘nmadi.
— Birpas o‘tiraylik... Darrov ketsak ayb bo‘ladi.
— Kaminangiz yo'qsil bolalarga qo‘ldan kelgancha 
yordam berib keladi, — dedi u dadamga qarab. — Har 
bayramda quruq qo‘ymayman... Buni qarang, shuni 
ham yozib chiqishibdi-ya...
Yosh bolalami bir joyga to‘plashdi. Atamanga 
taqdim etilgan sovg'a-salomalami stolga terib qo'yish- 
di. Xona dimiqib ketgan ekan, derazani ochib yubo- 
rishdi. Metin ikkimiz rosa terlagan ekanmiz, derazaga 
yaqinroq kelib turdik. Birpasda tumov bo‘ldik. Zotil- 
jam shu yerdan boshlandi.
Dadam mezbonlardan ketishga ruxsat so‘ragan edi, 
Atamanning otasi javob bermadi.
— Bu qanaqasi? Ovqat pishsin, bir-ikki qadahdan 
otaylik, keyin ketarsizlar.
Dadam zarur ishi borligini aytib, uzr so‘radi.
Ko‘chaga chiqdik.
— Ayb menda, kechirasan,— dedi oyim dadam- 
ning xunobi oshganini ko‘rib.— Bunaqa bo‘lishini 
bilmovdim. Oyisi hadeb chaqiraverganidan keyin va’- 
da berib qo‘ygan edim. Nima qilay gapini qaytarol- 
madim...
Ertasi kuni isitmam o'ttiz to‘qqizga chiqdi.
Xatingda Hikmatning holi keyin nima kechdi, deb 
so‘ragan ekansan. Hikmat bir haftadan beri maktabda 
ko‘rinmaydi. Bechoraga nima bo‘ldiykin, bilmayman. 
Birortamiz ham uyini bilmas ekanmiz. Uning boshiga 
tushgan kulfat menga qattiq ta’sir qildi. Shunga ko'ra 
bu haqda xatning oxirida yozyapman.
Menga o‘xshab sen ham kechikib javob yozmas- 
san, deb umid qilaman.

Download 2,74 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish