Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

A hm ad Tarbay.
Sakkiz qizning otasi
Anqara, 10-dekabr, 1963-yil.
Ahmad!
7-dekabrda yozgan xatingni oldim. 0 ‘qituvchingiz 
juda alamli voqeani gapirib bergan ekan. D irektordan 
kaltak yeb, yerda cho‘zilib yotgan nogiron bola 
ham on ko‘z o ‘ngimda turibdi. Biram yuragim ezilib 
ketdiki...
Sinfimizda H ikm at degan bir qiz bor. Shu dugo- 
nam yaqinda menga bir gap aytgan edi, senga yozay- 
mi, yo‘qmi, deb rosa ikkilandim. Oxiri uning aytgan- 
larini xatga solishga qaror qildim. Sababi shuki, H ik­
m at bu gapni sinfda hech kim bilmasin degan edi. 
Men ham hozirgacha birovga aytganim y o ‘q, sir 
saqlab yuribman. Sen H ikm atni tanim aysan, bino- 
barin, uning sirini senga aytgan bilan so‘zim dan qayt- 
gan bo ‘lmayman. Shundaymi?
M en bu bilan dugonamning g‘iybatini qilm oqchi 
emasman. Masala ancha jiddiyroq, meni juda o ‘ylan- 
tirib qo ‘ydi. Bu haqda sening fikringni ham bil- 
moqchim an.
Maktabga yangi kelgan kunlarim Hikmatga uncha 
e’tibor bermagan ekanm an. Beozorgina yuradigan, 
kamgap qiz edi. Oldiniga m en uni o ‘g‘il bola deb yur- 
gan edim. K o‘rgan odam uni chindan ham o ‘g ‘il bola 
deydi. 0 ‘g‘il bolalarga o ‘xshab kiyinib yuradi, sochlari 
ham kalta qilib qirqilgan. Juda nimjon. Tanaffus pay- 
tida qizlarga ham, o ‘g‘il bolalarga ham qo ‘shilmaydi, 
ancha odamovi. Kimligini otiga qarab ham bilib 
b o ‘lmaydi. Hikmat degan ism o ‘g‘il bolalardayam, 
qizlardayam bor.
ID


Bir kuni fizkultura darsi ketayotgan edi. 0 ‘qituvchi 
bolalam i ikki to ‘pga bo‘ldi — qizlar bir tom onda, 
o ‘g‘il bolalar boshqa tom onda. Hikmat qizlar to ‘dasi- 
ga borib turdi. Oldiniga tushunolmay hayron b o ‘ldim. 
Shundagina uning qiz bola ekanini bildim. Juda qi- 
ziqib qoldim.
Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan 
holda keldi. Sababini so‘rasam, aytmadi. Juda qista- 
ganim dan keyin oxiri:
— Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir 
oz yengil tortgim keladi, — dedi. — Ammo ham m a- 
ning og'ziga tushishdan qo‘rqaman.
M en hech kimga aytm aslikka so ‘z berdim . 
Shundan keyingina u butun dardini to ‘kib soldi.
O tadan ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz 
bola emish.
H ikm atni b a’zan maktabga o ‘zidan kattaroq bir 
bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo ‘lsa kerak, deb 
o ‘ylab yurardim.
— Bo‘lmasa u bola senga kirn boMadi? — deb 
so‘radim.
— O pam -ku u. Kiyimini ko‘rib hamma uni o ‘g‘il 
bola deydi.
H am m a opalari shunaqa kiyinib yurisharkan. 
Sababini so‘radim.
— D adam ning ra’yi shu.
— X o‘sh, nima qipti? Shunga ham xafa b o ‘lasan- 
mi?
Gapiga qaraganda, otasi o ‘g ‘il ko‘rishni orzu 
qilarkan. T o ‘ng‘ichiga qiz tug‘ilganda rosa ko‘ngli 
o ‘ksib yuribdi. Ha, mayli, keyingisi o ‘g ‘il b o ‘lar, deb 
o ‘zini ovutibdi. H atto irim qilib, chaqaloq tug‘ilmas- 
danoq ismini o ‘ylab q o ‘yibdi. Tanlagan ismi o ‘g‘il 
bolaniki ekan. G o ‘yo bola ismga qarab tug‘iladigan- 
dek... Uning yana omadi kelmaptimi yoki aksiga olib- 
mi, xullas, ikkinchisiga ham qiz ko‘ribdi. Ota necha 
haftagacha kar-soqov b o ‘lib yuribdi. Tanish-bilishlari 
uni yupatib, «hali yoshsan, yana ko ‘p farzand 
ko‘rasan», deydigan bo‘lsa, «bular ham qiz bo‘lsa
52


nima qilaman», deb ich-ichidan kuyunarmish. Yana 
farzand ko ‘radigan boMishibdi. Uchalasi ham ketm a- 
ket qiz b o ‘lmas axir. Ota shu umid bilan yana o ‘g‘il 
bolaning ismini m oijallab qo‘yibdi. 0 ‘ziga ishonib 
yuborganidan xotinini tug‘ruqxonaga jo ‘natishi bilan 
oshna-og‘aynilarini uyga chaqirib, ziyofat qilib berib- 
di. Ziyofat ayni qizib turganida tug'uruqxonaga tele- 
fon qilgan ekan, yana qiz ko‘rganini aytishibdi. Buni 
eshitib hushi boshidan uchibdi. Lekin nom usi zo‘rlik 
qilib, mehm onlarga buni bildirmabdi. H am m aga o ‘g ‘il 
ko‘rdim, deb e ’ion qilibdi. Xotini bilan qizlariga 
po‘pisa qilib, birovga gullab q o ‘ymasliklarini qattiq 
tayinlabdi.
0 ‘g‘iltalab ota o ‘ylab-o‘ylab oxiri xotinidan ajra- 
lishga qaror qilibdi. U o ‘g‘il tug‘maydigan xilidan 
ekan, degan fikrda xotinini qo ‘yib, boshqasiga uyla- 
nibdi. Taqdim ing taqozosini qaraki, yangi kelinchak 
bir yo‘la egizak qiz tug‘ib beribdi... Oldingi xotini 
boshqa kishiga turm ushga chiqib ketgan ekan, arslon- 
day o ‘g‘il ko‘ribdi. «Ahmoq ekanm an, xotinim ning 
endi o ‘g‘il tug‘adigan payti kelganda qo‘yib yuborib, 
chakki ish qilgan ekanman», deb boyoqishning ichi- 
dan rosa qirindi o ‘tibdi.
0 ‘g‘il dog‘ida kuyib yurgan ota beshta qiz ko‘rga- 
niga nom us qilibdi. Endi nima degan odam bo'ldim , 
oshna-og‘aynimning yuziga qandoq qaraym an, degan 
andisha bilan boshini olib, boshqa yurtlarga ketibdi. 
Oradan ancha vaqt o ‘tgandan keyin uyiga qaytib, 
ikkinchi xotinini ham taloq qilibdi.
H ikm at bu tafsilotlarni boshqalardan eshitgan 
ekan, m enga ham shu eshitganlarini gapirib berdi.
0 ‘g ‘il k o ‘rishni niyat qilib oigan bu odam endi bir 
beva xotinga uylanibdi. Beva uchta o ‘g‘il ko ‘rgan 
ekan, shuning uchun o ‘g‘il tu g ‘ishning q o n u n - 
qoidasini bilsa kerak, deb o'ylabdi.
K arnay-sum ay bilan to ‘y qilishibdi. Er yana bir 
ismni tanlab, orzu-um id bilan xotinini tug‘uruqxona- 
ga kuzatib q o ‘yibdi. Bu gai ham oshna-og‘aynilariga 
katta o 'tirish qilib beribdi. D am -badam dasturxon


tepasidan turib, tug‘uruqxonaga telefon qoqarmish. 
Xullas, yarim kechaga borganda natija m a’lum 
b o ‘libdi. Qovoq-tum shug‘i osilibdi-yu, lekin simi boy 
bermabdi. M ehmonlar:
— H a, qalay, o ‘g‘ilmi, holva? — deb so‘rashgan 
ekan:
— Erkakning xo‘roziga xo‘roz m unosib-da, ha! — 
debdi kerilib. Ammo boyoqishning ichiga chiroq 
yoqsa yorimasdi o ‘shanda.
Dugonam Hikmat shu zaylda dunyoga kelgan ekan.
Oltinchisiga ham qiz ko‘rgan sho'rlik ota noiloj 
keyingisidan umid qilishga majbur bo‘libdi. Peshonasi 
sho‘r ekanm i, yana umidi puchga chiqibdi — qiz 
ko‘rishibdi. Shundan keyin ancha vaqt xotini tug‘may 
yuribdi. Eri endi b o ‘ldi, q o ‘yaman, deb yurganida 
xotini yana og‘iroyoq bo ‘libdi.
— Yana qiz tug‘adigan bo ‘lsang, o ‘shanaqasi 
ketaver. uyga qaytib kelma! — deb po ‘pisa qilibdi eri 
uni tug‘uruqxonaga eltib.
H ikmatning onasi ham: «Ilohim o ‘g ‘il bo ‘lsin», 
deb ko‘p zorlanibdi-yu, am m o duosi ijobat bo ‘lmab- 
di. Yana qizmish. Bunisiga Suad degan ismni tanlab 
qo ‘yishgan ekan. Suad b o ls a Suad-da! 0 ‘g‘il bola- 
gayam, qiz bolagayam bo'laveradi bu ism.
Hikm atning onasi tug‘uruqxonaning bosh hamshi- 
rasiga yig‘lam oqdan beri bo ‘lib ahvolini tushuntiribdi. 
M abodo erim telefon qilib qolsa, qizligini aytmang, 
deb yalinibdi.
— Suyunchini cho'zavering, o ‘g‘illik bo'ldingiz, — 
debdi bosh ham shira ham otani qutlab.
Boshi osmonga yetgan ota o ‘pkasini qo ‘ltiqlab 
tug‘uruqxonaga yuguribdi.
— Q ani, qani, azam at o ‘g‘limni bir ko‘ray! — deb 
turib oigan ekan, yo‘rgaklangan chaqaloqni ko‘rsa- 
tishibdi.
— U c h oygacha uyimiz to'yxonaga o ‘xshab to ‘lib 
turdi, — hikoyasini davom ettirdi Hikmat. — D adam
hamisha chaqaloqni «valiahdim», «shahzodam» deb
54


chaqirardi. Shahzodaning onasi — malikaga kuniga 
har xil sovg‘a-salom lar kelardi. Biz ham erkin nafas 
ola boshladik. Qiz bo ‘lib tug‘ilganimizni dadam endi 
yuzimizga solmasdi. Dadamiz Suadni yalang'och 
holda ko‘rib qolmasin, deb ham m am iz o ‘lib-tirilardik. 
Dadam kelguncha oyim chaqaloqni yuvib-tarab, tagi- 
ni almashtirib qo ‘yardi. D adam bor paytlarida Suadni 
cho‘miltirmasdik! Bir kunm as-bir kun sir oshkor bo ‘- 
lishi aniq edi-ku, lekin biz o ‘sha m ash’u m kunni 
qo ‘ldan kelgancha nariroq surishga harakat qilardik. 
Ungacha dadamiz ancha hovuridan tushib qolar deb 
o ‘ylardik.
D adam shirakayf bo ‘lib kelgan kunlari «ham m ala- 
ring o ‘g‘limdan aylanib-o‘rgillaring», deb qolardi. 
Keyin shahzodani bir cho‘m iltiram an, deb oyog'ini 
tirab turib olar, oyim esa, qo‘ying hozir o ‘zi sal 
shamollab turibdi, deb uni zo‘rg‘a shashtidan qay- 
tarardi. Eh, bundan ikki kun oldin uyimizda qiyomat 
qoyim bo'ldi... H am m am iz uxlab yotgan edik, birdan 
shovqin ko‘tarildi. Uyg'onib ketdik. D adam ovozining 
boricha baqirar, oyim esa h o ‘ng -h o ‘ng yig‘lardi. 
Kechasi dadam nima bo ‘lib ham Suad o ‘g ‘il bola 
emasligini bilib qolibdi. Rosa to ‘polon qildi. C haqa­
loqni oyog‘idan dast ko‘tarib olgancha, hadeb: «Meni 
aldabsanlar... 0 ‘g‘illaring shumi hali», deb b o ‘kiradi. 
Suad bechora big‘-big‘ yig‘laydi.
Oxiri dadam chaqaloqni oyimga qarab irg‘itib 
yubordi.
— 
Y o‘qollaring ko‘zimdan! M eni rosa chuv tushi- 
ribsanlar... Esiz-esiz ketgan pullarim... Jo ‘nalaring 
uyimdan!
D adam bizni uydan haydab chiqardi. Q o ‘shni- 
miznikida tunni o ‘tkazdik.
H ikm at ho'ngrab yig‘lab yubordi. Dadasi bilan 
oyisi endi ajralisharmish.
K etm a-ket sakkizta qiz ko'rgan odamga oldiniga 
kuldim, keyin Hikmatga qo'shilib m en ham yig‘lab 
oldim.
55


0 ‘sha kuni m aktabdan qaytgach, oyimni so‘roqqa 
tutdim.
— Oyi, opam tug‘ilganida dadam xursand bo ‘lgan- 
milar?
— Ha, albatta.
— M en tug‘ilganimda-chi? Undayammi?
Oyim jerkib berdi:
— K o‘p vaysama! Bor, ishingni qil!
M en oyimni o ‘z holiga qo'ymadim.
— Ayta qoling, oyijon, dadam meni eshitib xafa 
bo'lganlarm i — yo‘qmi?
— Bunisi o ‘g‘il bo ‘ladi, deb o ‘ylagan edi.
— M etin tug‘ilganida rosa suyungan bo‘lsalar ke- 
rak-a?
— Ha, o ‘zini qo'yarga joy topolmay qolgan. 0 ‘r- 
toqlarini chaqirib, katta o ‘tirish qilib bergan.
— Bordi-yu, M etinning o ‘rniga yana qiz ko‘rga- 
ningizda nima bo ‘lardi, oyi?
— Qaydam.
— Dadam o ‘g‘il bo ‘lsin, deb turib olarmidilar?
— Kim biladi deysan... Ehtimol shundaydir. — Xo‘sh, 
nam uncha surishtirib qolding buni?
— 0 ‘zim, shundoq.
Tom og‘imga 
b ir 
nim a 
qadalganday 
b o ‘ldi. 
Tashqariga chiqib ketdim.
Hikm atning boshidan o ‘tgan voqea meni juda 
o ‘ylantirib qo‘ydi. 0 ‘shandan beri bir fikr menga 
tinchlik bermaydi — xo‘sh, baxtsiz odam qiz bola 
b o ‘lib tu g ‘iladi-yu, peshonasi yarqiragani o ‘g ‘il 
b o ‘libmi?
Bu xususda sen nim a fikrdasan? Shuni bilm oqchi- 
man.
Oyim boyadan beri: «Yot endi, kech bo ‘ldi», deb 
qo‘ymayapti. Vaqt ham allamahal bo ‘lib qoldi, Mayli, 
yotsam yota qolay. Ertaga m aktabdan qaytishda xatni 
qutiga tashlayman.
Omon bo ‘l, d o ‘stim Ahmad.

Download 2,74 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish