Zaynab Yolqir.
Ayb bo‘ladi
Istanbul, 11-yanvar, 1964-yil.
Aziz do‘stim Zaynab!
Sen bilan to‘rt yil birga o‘qiganmiz. Seni sin-
fimizning eng saranjom-sarishta qizlaridan deb
bilardik. Shuning uchun seni ivirsiq deyishganini
eshitib, juda hayron bo'ldim. Uyda menga laqab
qo‘yib olishgan. Nuqul lapashang deyishadi. Ammo
buning tagida jon bor. Dasturxonga o‘tirsam, albatta
choy to‘kmasdan turmayman. Nechog‘liq urinmay,
baribir choyim to‘kilib ketaveradi.
Oying nuqul Metinga tilingni kesib olaman, deb
po‘pisa qilishini qaysi bir xatingdayam yozgan eding.
Hamma onalar shunaqa ekan. Mening oyim ham
Fato‘sh degan singlimni hamisha shunaqa qo‘rqitadi.
Singlim hali yosh, ikki yildan keyin maktabga boradi.
Bu narsa o ‘zimning ham boshimdan o‘tgan. Menga
ham oyim tilingni kesib olaman, deb dag‘dag‘a qilar-
di. Ammo tilim joyida turibdi.
Yaqinda Fato‘sh yomon bir qiliq ko‘rsatdi. Oyim
uni rosa urishdi, tilingni kesib olaman, deb po‘pisa
qildi. Lekin bu gal chindan ham Fato'shning tili uza-
yib qolgan ekan. Mana, eshit voqeani.
Dadamning qiziq odati bor — har ikki gapning
birida «ho‘v», «voy zang‘ar-ey!» degan bo‘lmag‘ur
so‘zlami ishlatib turadi. Fato‘sh bo‘lsa naq to‘tining
o‘zi, kimdan nimani eshitsa, darrov shuni qaytaradi.
U: «Ho‘v falonchi», «voy zang‘ar-ey!» deb chuldirab
qolsa, uydagilar o‘zlarida yo‘q suyunib ketishadi.
Keyin uni: «Namuncha tili shirin-a. Xuddi katta
odamga o‘xshab gapiradi-ya», deb erkalashadi.
Tunov kuni bir qo‘shni amakimiz biznikiga
chiquvdi. O'zi juda qiziqchi odam. Shunaqayam gapni
boplaydiki, eshitsang, qotib-qotib kulasan. Fato‘shni
aytmaysanmi, nuqul qiqir-qiqir kuladi. Aslida bo‘la-
yotgan gap-so‘z bilan ishi yo‘g‘u kim kulsa o‘shanga
qo‘shilib qiqirlaydi. Endi kulgining boisini aytib beray.
85
Qo'shni amaki ishlaydigan idoraga allaqaysi mam-
lakatdan bir mutaxassis kelgan ekan. 0 ‘zi nemismish.
0 ‘sha nemis bir kuni qo‘shnimizni to‘xtatib:
— Sizning yurtingizda «ho‘v» degan so‘z ko‘p ish-
latilarkan. Odamlar bir-birini shu so‘z bilan chaqi-
risharkan. Bu nima degani o‘zi, juda qiziqib qoldim.
Kimdan so'ramay, qoniqarli javob ololmadim, —
debdi.
Ko‘zoynakli qo‘shnimiz bu gapni eshitib, nima qi-
lishini bilmay qolibdi. Agar rostini aytadigan bo‘lsa,
ajnabiy odam ustimizdan kulib ketishi mumkin.
0 ‘ylab-o‘ylab oxiri bir yo‘l topibdi.
— Juda to‘g‘ri fahmlabsiz, janob,— debdi unga
qarab qo'shnimiz,— haqiqatan ham «ho‘v»ni ko‘p
ishlatamiz. Bizda taomil shunday. Dehqonlar ham,
ishchi va xizmatchilar ham shunga odatlangan. Uning
asl ma’nosi «muhtaram» demakdir. Bizlar bir-birimiz-
ga murojat qilganimizda ismning oldiga shu so‘zni
qo‘shib aytamiz.
Oradan besh-olti kun o‘tgan ekan, o‘sha idora
rahbarlarining katta majlisi chaqirilibdi. Kanon degan
odam bosh direktor ekan, majlisni o‘sha olib boribdi.
Nemis mutaxassisi shu yig‘inda nutq so‘zlabdi, majlis
ahlining ruhini ko‘tarish maqsadida gap orasida shu
yerda o‘rgangan bir-ikkita turkcha so‘zlami ham qis-
tirib o‘tibdi. Mehmon nutqining eng nozik joyiga kel
gan ekan, bosh direktorga qarab: «Ho‘v Kanonbey!»
deb yuboribdi. Hamma xijolatdan yerga qarabdi.
Nemis nutqining oxirigacha juda ko‘p marta
Kanonbeyni tilga olibdi. Har gal o‘zi bilgan o‘sha
«muhtaram» so‘zini qo'shib aytarmish. Kanonbeyning
bo‘ladigani bo‘libdi-yu, ammo tishini-tishiga qo‘yib
o'tiraveribdi. Odamlar piqir-piqir kulisharmish. Shu-
shu Kanonbey «ho‘v» degan laqabni orttirgan ekan.
Ko‘zoynakli qo‘shnimiz buni shunaqayam o‘xsha-
tib gapirib berdiki, kulaverib ichagimiz uzildi. Ayniq-
sa, Fato‘sh bir qop semirib ketdi.
Dadam boshqa bir qiziq voqeani gapirib berdi.
Ulaming fabrikasiga yangi asbob-uskunalar kelibdi.
86
Bularni o‘matish uchun Amerikadan mutaxassis
chaqirishibdi. Amerikalik bundoq razm solib qarasa,
fabrikadagi odamlar bir so‘zni juda ko‘p ish-
latisharmish. U hayron bo‘lib buning m a’nosini
dadamdan so‘rabdi. Dadam u nimani so‘raganini
bizga gapirib berdi. Anchayin bemaza so‘z. Maktab
bolalari ham ko‘p ishlatadi uni. Endi tushun-
gandirsan?
Dadam fabrikada bosh usta bo'lib ishlaydi, shu-
ning uchun ochig'ini aytishni o‘ziga ep ko‘rmabdi.
Qolaversa, ingliz tilida buning nima deyilishini ham
bilmas ekan. Shuning uchun dadam unga:
— Buning ma’nosi rahmat, ya’ni «tenkyu» dega-
ni, — deb tushuntiribdi.
Buni eshitib, amerikalik injener hayratdan yoqasi-
ni ushlabdi.
— Ana xolos, — debdi u qoyil qolib, — sizlar
g‘oyat sertakalluf xalq ekansiz. Biz bu borada xitoylar
bilan inglizlaming oldiga tushadigan xalq yo‘q, deb
o‘ylab yurardik. Chunki ular arzimagan narsaga ham
minnatdorchilik bildirishadi. Ammo sizlar ulardan
o‘tib ketibsiz. Men juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lgan-
man, lekin sizchalik sertakalluf, xushmuomala
odamlami hech qayerda ko‘rmaganman. Bundan
buyon men qaysi yurtga bormayin, hamma joyda
sizlami o‘mak qilib ko'rsataman, nozikta’b xalq
ekaningizni olamga yoyaman.
«Xayriyat, yolg‘on gapim yaxshilikka yararkan»,
deb dadam ich-ichidan suyunibdi.
Shu gap-so‘zning ertasi kuni injener ishga
chiqmabdi. To‘rt kungacha undan darak bo‘lmabdi.
Fabrikada ish tig‘iz, yangi uskunalarni tezroq
o‘matish kerak. Injenemi qidirmagan joylari qolmab-
di. Hech qayerdan daragi chiqmabdi. To‘rtinchi kuni
fabrikaga o‘zi kirib kelibdi. Sog‘ joyi qolmaganmish,
a’zoyi badani doka bilan chirmab tashlanganmish.
Mashinada avariyaga uchragan bo‘lsa kerak, deb
o‘ylashibdi. Keyin ma’lum bo'lishicha, gap boshqa
yoqda ekan.
Amerikalik injener fabrikadan chiqib, memonxo-
naga ketayotgan ekan. Yo‘lda mashinaga o‘tiribdi.
Odamlarda qiziq bir odat bor — eshitgan gapini hech
kim yuragida saqlab yurolmaydi, darrov birovga ayt-
gisi keladi. Injener ham shofyorga minnatdorchilik
bildirmoqchi bo‘libdi-da, pulni uzatayotib boya
ma’nosini chaqib oigan so'zini aytibdi. Shofyoming
ko‘zi olayib ketibdi. Amerikalik buni boshqacha tu-
shunib, yana o‘sha so‘zni qaytargan ekan, shofyor
bumiga qarab bir musht tushiribdi. Ikkovi yoqa
bo‘g‘ishib ketishibdi. Oxiri ularni zo‘rg‘a ajratib
qo‘yishibdi. Injener bularga ham minnatdorchilik bil-
diribdi. Yana boshi baloga qolibdi. Xaloyiq uni olo-
mon qilib ketibdi. Nihoyat, politsiyachi yetib kelib,
uni bir amallab ajratib olibdi. Sho'ring qurg‘ur ame
rikalik turkcha qilib politsiyachiga ham qulluq qilibdi.
Jamoat o‘rtasida politsiyachiga til tekkizish jino-
yat-ku! Oyog‘ini yerga tegizmay darhol politsiya
bo‘limiga olib borishibdi. Komissar ko‘radiki, bu
odam ajnabiy. Qo‘yib yuborilsin, deb buyuribdi.
Injener bu saxovati uchun komissarga turk tilida min
natdorchilik bildiradi... Xullas, u politsiyaning
qo‘lidan zo‘rg‘a qutilib, to‘g‘ri kasalxonaga borib
tushadi. Kasalxonada to‘rt kungacha o‘ziga kelmay
yotadi.
Juda alomat ish bo‘lgan ekan, toza kuldik.
Yaqinda dadam uyga mehmon keladi, deb qoldi.
Nozikroq mehmonlar ekan, oyim katta hozirlik
ko‘rdi. Er-xotin bo‘lib olti kishi kelishdi. Fato‘sh
mehmonlarga yoqib qoldi. Juda odobli, shirin so‘z qiz
ekan, deyishdi. Bola tarbiyasidan gap ochilib, ko‘p
maqtashdi. Dadam ham ularga qo‘shildi.
— Bizning xonim bolalarni ko‘chaga yolg‘iz
chiqarmaydi, afandilar. Shuning uchun ham tar-
biyalari joyida.
— Ha, ko‘cha bolani buzadi. Bolalar ko‘chada har
xil yomon gaplami eshitadi. Shuning uchun Fato‘shni
hecham ko'chaga chiqarmayman, — deb qo‘ydi oyim.
— Juda to‘g‘ri ish qilasiz, xonim afandim, — dedi
mehmon ayollardan biri oyimga qarab. — Ko‘cha
uyoqda tursin, hozir maktab ham bolalarni buzyapti.
Ko‘z tegmasin, qizchangiz g‘oyat odobli ekan, yaxshi
tarbiya beribsiz.
Bu maqtovlarni eshitib Fato‘sh shishib ketdi.
Butun bilgan narsalarini ishga solib, yana nimalarga
qodir ekanini mehmonlarga ko‘rsatib qo‘ymoqchi
bo‘ldi.
— Ho‘v dada!
Fato‘sh hamma kulib yuboradi, deb o‘ylagan edi.
0 ‘tirganlar sovuqqina kulgan bo‘ldi. Og‘ir jimlik
cho‘kdi. Dadam xijolatpazlikdan nima qilarini bilmay,
qiyin ahvolga tushib qoldi. Fato‘sh mehmonlar nega
sharaqlab kulmaganiga hayron bo‘ldi, yaxshi eshitish-
magan bo‘lsa kerak, degan xayolda qattiqroq baqirdi:
— Ho‘v dada! Sizga aytyapman!
Mana
men
nimalarni
bilaman,
deganday
mehmonlarga bir-bir qarab chiqdi. Dadam vaziyatni
yumshatish uchun muloyimgina qilib:
— Ha, oppoq qizim, nima deysiz? — deb so‘-
radi.
— Dada deyman! H o‘v dada!
— Ha, nima deysan?
Dadamning jahli chiqa boshladi, qoshlari chimi-
rildi.
Ammo Fato‘sh hayron — nega bular kulmaydi?
— Ho‘v dada! Sizga aytyapman!
Oyim iljaygan bo‘ldi. Lekin Fato‘shning ko‘ngli
to‘lmadi — u nima qilib bo‘lsayam mehmonlami
qoyil qoldirishi kerak. Birdan u amerikalik injener
dadamdan ma’nosini so‘ragan yaramas so‘zni aytib
yubordi. Fato‘sh yengib chiqdi. Hamma sharaqlab
kulib yubordi. Dadamning qattiq jahli chiqdi-yu, lekin
sezdirmadi. Fato'shga o'qrayib qaradi. Singlim talta-
yib ketib boyagi gapni yana ikki-uch marta takrorladi.
Oyim bildiki, uni yaxshilikcha tinchitib bo‘lmaydi.
Shuning uchun:
— Bas endi, jim bo‘lmasang tilingni kesib ola-
man, — deb qattiq jerkib berdi.
Kulishning o‘miga so'kish eshitgan Fato‘sh alami-
dan yig‘lab yubordi. Qani endi ovunsa! Oxiri oyim uni
yetaklab, xonasiga olib chiqib ketdi. Joyiga yotqizib,
keyin qaytib kirdi.
— Hechqisi yo‘q, xonim afandim, xafa bo‘l-
mang,— dedi mehmonlardan bin oyimni yupatib. —
Bu hali holva. Biznikilaming og‘zidan bodi kirib,
shodi chiqadi. Qizchangiz go‘dak hali, nima deganini
o‘zi ham bilmaydi.
— Bunaqa bema’ni gaplami kimdan eshitibdiykin,
hayronman, — dedi dadam o‘zini go‘llikka solib.
Dadamning yoniga oyim qo‘shildi:
— Mening ham boshim qotdi. Ko'chaga chiqmasa,
yomon bolalar bilan o‘ynamasa...
Fato‘sh buni qayerdan eshitganini chindan ham
bilishmasa kerak, deb o‘ylabman. Shuning uchun haq
gapni ayta qoldim:
— Qayerda bo‘lardi, uyda eshitadi-da, bunaqa
gaplarni.
Dadamning tepa sochi tik bo‘lib ketdi.
— Ho‘v zang'ar, bizning uyimizda hech kim
bunaqa demaydi-ku! — deb baqirib berdi. Hamma
kulib yubordi. Dadamning o‘ziyam noiloj iljayib
qo‘ydi.
Mehmonlar tarqalishgach, dadam meni yomon
koyib berdi.
— Men qaydan bilay. To‘g‘ri ko'ngilda so‘rayap-
sizlar, deb o‘ylabman, — dedim o'zimni oqlamoqchi
bo‘lib.
Xatim yana cho‘zilib ketdi, Zaynab. Bu gal
qisqaroq yozmoqchi edim, ilojini qilolmadim.
Yozgi kanikulda Istanbulga kelmoqchimisan?
Kelib qolsang, ko‘risharmiz. Senga havasim keladi —
Anqarani ham ko‘rding. Men bo‘lsam hali Istanbul-
dan chetga chiqqanim yo‘q.
Senga salomatlik tilagan holda xatimni tugataman.
|