Ahm ad Tarbay.
Vatanparvar bo‘linglar
Anqara, 14-yanvar, 1964-yil.
Ahmad qardosh!
Kanikulda Istanbulga borish-bormasligimni so‘ra-
gan ekarsan. Dadamga otpuska tegmaydi. Yangi joyga
ishga kelganiga hali bir yil to‘lgani yo‘q. Shuning
uchun u oyim ikkovimizni yolg‘iz yubormoqchi. Agar
boradigan bo‘lsak, Istanbulda bir oy turamiz. Lekin
hali aniq emas. Dadamni yolg‘iz tashlab ketishga
oyimning uncha ko‘ngli yo‘q. Bizsiz qiynalib qolishi
mumkin. Mabodo borsak, xolamnikida to‘xtaymiz.
Seni o‘zim topib olaman.
Yaqinda men yomon bir ish qilib qo‘ydim. Gapirib
bermasam bo‘lmaydi. Hozircha bundan faqat Metin-
ning xabari bor. Sababi — u ham menga sherik
bo‘lgan. Sen simi bilgan uchinchi odamsan.
0 ‘tgan yakshanba kuni buvamlarning uyiga
mehmonga borgan edik. Ancha olisda turishadi.
Buvam qarib qolganlar, shuning uchun yuqori qavat-
ga chiqolmaydilar. Uylari ham ikkinchi qavatda, ijara-
da turishadi. Aslida ularga birinchi qavat munosib edi-
yu, lekin o‘zlari bopi topilmadi. Hozirgi turgan kvar-
tiraga o‘n sakkiz zinani bosib chiqishadi. Men o‘zim
sanagan emasman-u, lekin buvam har ikki gapning
birida: «Yana o‘n sakkiz chog‘ zina bosdim. Dam ola-
ola, zo‘rg‘a ko'tarildim», deydi. Nega zinadan gapir-
ganimni keyin bilasan. Yaxshiyamki, buvam eng
balanddagi kvartirada turmaydi. Aks holda, o‘sha kuni
hamma gazetalar falon joyda katta baxtsiz hodisa ro‘y
berdi, deb yozib chiqqan bo‘lardi...
Opamning dugonalari kelishi kerak ekan, shuning
uchun u uyda qoldi. Dadam, oyim, Metin va men
avtobusga tushib, buvamlamikiga bordik. Buvam tay-
yorgarlik ko‘rib qo‘ygan ekan, bizni yaxshilab ziyofat
qildi. Ovqatdan keyin buvam bilan dadam ro'para
o‘tirib olib, qahvaxo‘rlikni boshlab yuborishdi. Men
ularning qahva ustida gaplashib o‘tirishlarini yoqtira-
91
man. Shuning uchun yonlaridan jilmadim. Xonada
uchovimiz qoldik. Gazeta o‘qiyotgan bo‘lib o'tiraver-
dim. Ikki qulog‘im ularda. Ba’zan boshimni ko‘tarib,
sekin qarab ham qo‘yaman.
Buvam siyosatga qiziqadigan odam. Dadam bilan
ikkovlari yolg'iz qolishsa, nuqul shundan bahs qilisha-
di. Buvamning yana bir odati bor — ovqatdan keyin
uni mudroq bosadi. 0 ‘zi qahva ichib o ‘tirgan
bo‘lsayam, ko‘zi yumilib ketaveradi. Bunday paytlar-
da u dadamdan siyosat bobida bir nimani so‘ragan
bo‘ladi. Dadam bilganicha gapirib berayotganida
buvamning ko‘zi ilinadi. Buni ko‘rib, dadam jim
bo‘ladi. Ammo joyidan jilmay o‘tiraveradi. Buvam
ning boshi shilq etib tushadi yoki yonboshiga
qiyshayadi. Ba’zan esa bemalol orqasiga yastanib
oladi. Sal o‘tmay xurragidan o‘zi cho‘chib ketadi.
— X o ‘-o‘-sh... Keyin nima bo‘ldi?
Shunaqada dadam o‘midan turib ketgan bo'lsa,
qattiq ranjiydi, meni behurmat qildi, deb ko‘ngli ozor
topadi. Shuning uchun buvam o‘tirganida dadam
uning oldidan bir qadam ham jilmasligi shart.
Mabodo pinakka ketishdan oldin o‘zi gapirayotgan
bo‘lsa, ko‘zini ochar-ochmas:
— X o‘sh, nima deb turgan edim? — deya so‘rab
qoladi.
Dadam bunday kezlarda hushyor bo‘lishi, gap qa-
yerda chala qolganini aytib berishi lozim. Agar qittay
yanglishib qolsa, buvam darhol:
— Y o‘q, yo‘q, buni gapiruvdim... Xo‘sh, nima
deyayotgan edim? — deb qoladi.
Ba’zan gap qayerda chala qolganini bilmay ikkov
lari tortishib qolishadi. Men hamisha ulaming gap-
so‘zlarini huzur qilib eshitaman.
— X o‘-o‘-sh, keyin nima bo‘ldi?
Dadam kelgan joyidan ulab ketadi. Bir lahza
o‘tmay, yana buvamning kallasi qiyshayib qoladi.
Katta tanaffus bir soatga yaqin davom etadi. Buvam
ning o‘zlari buni mizg‘ib olish, deb ataydilar.
92
— Sen bemalol gapiraver, ko‘zim yumuq bo‘lgani
bilan qulog'im ochiq, — deb ora-sira gap tashlab ham
qo‘yadilar.
Mana, hozir ham miriqib qahva ichib o‘tiri-
shibdi.
— Xo‘sh, olamda nima gaplar bor? Mamlakatda
ahvol qalay? — so‘rab qoldi buvam.
Dadam endi gapini boshlagan ham ediki, buvam
pishillab qoldi. Kallasi shilq etib bir tomonga qiyshay-
di. Shu ondayoq seskanib uyg‘onib ketdi, ko‘zi ket-
ganini sezdirmaslik uchun:
— Juda soz... Bunday vaziyatda nemislar nima
qilarkin? Xo‘sh, nima deb o‘ylaysan? — deb qo‘ydi.
Nemisning nima aloqasi bor bunga — hayron
bo‘ldim. Lekin savolga javob berish kerak. Dadam
nemisni ham tirkab ketdi.
— Ha, endi nemislar ilgarigidan ancha taraqqiy
etgan. Chunki ular...
Shu joyga kelganida xonada xurrak eshitildi.
Dadam gapini chala qoldirib, qo‘liga gazeta oldi.
Buvam yana ko‘zini ochdi.
— Amerikaliklaming munosabati qalay?
0 ‘zimni arang bosib o‘tiribman. Sal bo‘sh
qo'ysam, kulib yuboraman. Dadam jiddiy javob berdi:
— Amerikaliklar dunyoga hukmron bo‘laman
deydi. Amerika armiyasi...
Ba’zan buvam odamning yetti uxlab tushiga kir-
magan savollami berib qoladi:
— Rim papasi nima deydi? Qani, gapiraver...
— Rim papasimi? Papa nima ham derdi... 0 ‘sha
ilgarigi...
Buvam mizg‘ib bo‘ldi shekilli, harholda mavzu
o‘zgarib qoldi. Endi uning o‘zi gapga tushib ketdi.
Buvam Turkiyani rivojlantirish uchun nimalar qilish
kerakligi haqida gapirdi. Buning uchun asosan qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini chetga sotish lozim ekan. U
yana ko‘p gaplami aytdi. Oxiri xunobi oshdi.
93
— Chig‘anoq nima degan gap? Chetga chig‘anoq
sotish bilan yurtni obod qilib bo‘larmidi? Axir bu
chig‘anoq...
Dadam yana gazeta o‘qishga majbur bo‘ldi. Saldan
keyin buvam ko‘zini ochdi.
— Ha, nima deyayotgan edim?
— Chig‘anoqdan gapirayotgan edingiz.
— Qanaqa chig‘anoq?
— 0 ‘zimizning chiqanoq-da. Chetga sotyapmiz-
ku, o‘sha.
— Ha, to‘g‘ri, esimga tushdi. Chig'anoq... Chetga
chig‘anoq chiqarish bilan ish bitmaydi. Biz sifati o‘tkir
tamaki, paxta, bodom sotishimiz lozim... Innaykeyin,
g‘alla ham... Axir yurtimiz g‘allaga, tamakiga, bodom-
ga kon-ku. Bodomchilik...
Kallalari yana qiyshayib qoldi.
— Qayerda to‘xtab qoluvdim? — so‘radi buvam
anchadan keyin o‘ziga kelib.
— Bodomchilik masalasida.
— Ha, toLg‘ri. Bodom masalasida...
Shu payt eshik taqillab qoldi. Borib ochdim.
Kiyim-boshi durustgina keksaroq bir kishi buvamni
so‘radi. Uyga boshlab olib kirdim. Buvam mehmonga
peshvoz chiqdi.
— E, kelsinlar, afandim, kelsinlar... Qayoqdan kun
chiqdi o‘zi!
Mehmon qo‘limga bir quti berdi. Ustida ipi bor
qutini buvimga eltib berdim. Qayoqdandir Metin yetib
keldi. Birgalashib qutini ochdik. Ichi to‘la kashtan
yong‘og‘i ekan. Shakar sepilgan kashtanni biram
yaxshi ko‘ramanki...
Ostonadayoq bu kishi ko‘zimga issiq ko‘rindi-yu,
lekin qayerda ko‘rganimni darrov eslayolmadim. Uyga
kirib, birpas gaplariga quloq solib o‘tirdim. Shunda bu
odamni birdan ovozidan tanib qoldim. Kim ekan,
aytaymi? 0 ‘tgan yili Respublika bayrami arafasida
maktabimizga bir jumalist kelgan edi, esingdami?
Nevarasi ham bor ekan, bizda ikkinchi sinfda
o'qirkan. Respublika haqida gapirib bergan edi.
I~94~1---------------------------------------------------------
0 ‘ziyam zo‘r jurnalist ekan. Endi esingga tushdimi?
Uning aytgan gaplari hali-hali qulog‘imda. «Bolajon-
larim, sizlar chinakam vatanparvar bo‘lib yetishinglar.
Ona yurtingizni jondan ortiq sevinglar. Uni juda
yaxshi bilib olinglar. Katta bo‘lganingizda Anatoliya
qishloqlarini birma-bir kezib chiqing. 0 ‘z ko‘zingiz
bilan ko‘ring bu joylarni. Uzoq va yo‘qsil qishloqlarga
borib ishlanglar.
Respublikaning kelajagi sizlarning
qo‘lingizda, o‘g‘il-qizlarim!» — deb nasihat qilgan edi.
Ayniqsa, uning bir gapi hecham esimdan chiqmaydi.
«Jabrdiyda Anatoliyaga ma’rifat nurini olib borishin-
giz kerak!» degan edi. 0 ‘shanda hammamiz buni
eshitib, qattiq ta’sirlangan edik.
— Men sizni taniyman, afandim,— dedim o ‘zimni
tutolmay. — 0 ‘tgan yili bizning maktabimizga kelgan
edingiz. Sizni Istanbulda ko‘ruvdim.
— Ha, shundaymi... Nevaram o‘sha yerda o ‘qiydi.
Shirinsuxan mehmonning gaplarini yana eshitgim
keldi. Chetroqqa borib o‘tirdim. Keyin nima bo‘ldi
degin? Butun orzu-umidlarim puchga chiqdi. Mana,
Ahmad, gapga quloq sol.
Bir o‘g‘li bor ekan, o‘zi o‘qituvchi emish. Sha-
harda katta bo‘lgani uchun qishloq havosi unga to‘g‘ri
kelmasmish. Qolaversa, uy-joyli ekan. Xotini ameri-
kalikmish. Yosh xotini bilan Anatoliya qishloqlarida
tentirab yursa, ayb bo‘larmish. Katta idoralarda bir-
ikkita oshna-og‘aynisi bor ekan, shularning yordami
bilan o‘g‘lini Istanbulda olib qolibdi. Maktabda
o‘qituvchilik qilayotgan ekan. Ammo bu maktab
o‘g‘liga uzoqlik qilayotganmish. Mashinada bir soat
yurish kerak ekan. 0 ‘g‘li shu vajdan qiynalib qolibdi.
Uyga yaqinroq joyda uch-to‘rtta maktab ham bor
ekan. 0 ‘g‘lini shulardan biriga joylashtirib qo‘yish
maqsadida Anqaraga kelgan ekan. Buvamning yaqin
oshnasi shu sohada ishlarkan. Buvam o‘shanga bir
og‘iz gap aytsa, boyoqishning ishi to‘g‘ri bo'lib ketar-
kan.
Gapini eshitib, qonim qaynab ketdi. Odobsizlik
bo‘lsa ham shartta betiga aytdim.
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------H E
— Afandim, bu ahvolda jabrdiyda Anatoliyaga
ma’rifat nurini kim olib boradi?
U gapimga tushunmadi yoki o‘zini tushunmagan-
likka oldi.
— Nima dedingiz, qizim?
Buvam o‘shqirib berdi.
— Bor, ishingni qil! Qahva olib kel!
Qahva keltirib, xonadan chiqib ketdim.
Vannaxonaga kirsam, kir yuvishayotgan ekan.
Sekingina ikki bo‘lak sovun oldim. Tog‘orada qaynoq
suv turgan ekan, sovunni shunga tashladim. Birpasda
sovun erib ketdi. Tog'orani ko‘tarib koridorga
chiqdim. Lattani tog‘oraga tiqib, hamma zinalami
birma-bir artib chiqdim. 0 ‘zimga qulay bo‘lishligi
uchun ishni birinchi qavatdan boshladim. Bundoq
qarasam, Metin yuqorida turgan ekan.
— Ha, nima qilyapsan? — dedi u hayron bo‘lib.
— Damingni chiqarma, keyin ko‘rasan.
Boshqa odam toyib ketmasin, degan maqsadda
tepaga chiqib qarab turdik.
Mehmon o‘midan turdi. Metin ikkovimiz ichkari
kirdik. Buvam bilan dadam uni eshikkacha kuzatib
qo‘yishdi. Qo‘l berib xayrlashishdi.
— Xo‘p, xayr, afandim.
— Yaxshi boring, beyafandim.
— Biror xizmatlari bo‘lsa, hamisha tayyormiz,
afandim...
Gapi bo‘g‘zida qoldi. Chap qo‘li yuqoriga ko ‘ tari -
lib, qattiq chayqalib ketdi. Buvam bilan dadam ichkari
kirib ketishdi.
— Uydan chiqib, nega o‘ynoqlab ketdi u? — dedi
buvam dadamga qarab.
Darhol javob berdim:
— Ishi o‘ngidan kelgani uchun xursand bo‘lib ket-
gandir-da, buva.
Metin ikkovimiz yugurib balkonga chiqdik. Bun
doq qarasak, binoning eshigi oldida ikkita oyoq
cho‘zilib yotibdi. Mashinasi shu yerda ekan, shofÿori
96
yugurib keldi. Shofyor zo‘r jurnalistni arang turg‘izdi,
keyin qo‘ltig‘idan olib, mashinaga o‘tqazib qo‘ydi.
Metin o‘sha kuni rosa yayrab kuldi. Undan ko‘ng-
lim to‘q, hech kimga aytmaydi. Ammo o‘zimni vahm
bosdi — bechoraning boshi yorilsa nima bo‘lardi?
Harholda omadi bor ekan, mayib bo'lgani yo‘q.
Anchadan keyin uyga qaytib kirdim. Dadamning
qo‘lida gazeta.
— Ha, gap nimada edi? — ko‘zini ochdi buvam.
— Chalasi qolmovdi. Gapni tugatgan edingiz.
— Ha, darvoqe... X o‘sh, atom urushi bo‘larmikin?
Dadam bir nimalar haqida gapirdi, keyin boyagi
mehmonning kimligini so‘radi.
— So‘rab nima qilasan uni, o‘g‘lim. Har qanday
vaziyatda ham oyog‘ini to‘rt qilib yuradiganlardan...
— Buva, iltimosi nima bo'ladi, o‘rtog‘ingizga aytib
qo‘yasizmi?
— Odamning yuzi issiq bo‘ladi, qizim. Va’da berib
qo‘ydim, endi bajarish kerak.
Buvam kursiga bemalol suyanib oldi. Bu gal fikrga
toldi chamamda. Dadam oyoq uchida yurib, tashqari
chiqib ketdi.
Sen oldingi xatingda gapim ko‘payib ketdi, degan
ekansan. Meniki senikidan oshib tushdi. Mana,
ko‘rdingmi?!
Senga va hamma o‘rtoqlaringga salomlar yo‘llay-
man. Hammangizga muvaffaqiyat tilab:
|